Microsoft Word isajon sulton boqiy darbadar lotin ziyouz com doc



Download 220,42 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/51
Sana11.03.2022
Hajmi220,42 Kb.
#489576
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51
Bog'liq
Isajon Sulton. Boqiy darbadar (roman)

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
6
Dedi: 
– Unda siz Iblisning yaratilish va gunoh qilishining tarixini bilasiz. Qanchalar badbaxt bo‘lmasin, 
Iblisning borligi inson bolasi uchun yaxshidir. Olovning mavjudligi temirning toblanishi uchun lozim 
bo‘lgani kabi. Chunki olovda toblangan temir yanada mustahkam va ishonchli bo‘ladi. 
Dedilar: 
– Iblis alayhilla’na Parvardigorimizning sinovi ekanini yaxshi bilamiz. Sening qismatingdan 
hikmat nima? 
Dedi: 
Qanchalar uzoq umr berilsa-da, bu olamdagi hamma narsa kun kelib sovurilib, yo‘q bo‘lib 
ketishining tirik guvohi bo‘lishim mening hikmatimdir. 
 
(Aytadilarki, u ana shunday deb yolg‘on gapirardi. Yolg‘oniga o‘zi ham ishonmasa-da, Tangriga 
yaqinroq bir bandaning shafoatidan umidvor edi. Biroq, ko‘p yillik bu umidvorligining sahrodagi shu 
qum zarralari kabi sovurilib ketishini ham yaxshi bilardi). 
Badaviylar dedilar: 
– Sen bizning qismatimizni o‘zingnikiga tenglashtirmagin. Bizning qismatimiz – shu sahroda 
yashab, Parvardigorga ibodat qilish va ajalimiz yetganida, jonimizni O‘ziga topshirishdir. Sen esa – 
To‘g‘ri Yo‘lni bilgan odamga qo‘l ko‘targan hamda jazoingni shu dunyoning o‘zida olgan odamsan. 
Narsalarning yaratilishi haqidagi hikmatlaring aslida keraksiz, chunki ajal qay ko‘rinishda bo‘lmasin, 
albatta yetib keladi. O‘limning qaerda va qay tarzda yetishining ko‘pam ahamiyati yo‘q – 
imonimizning but bo‘lishi biz uchun kifoya. Shu bois o‘zingni ilmli va hatto, Payg‘ambarlarga 
beriladigan hikmat egasi qilib ko‘rsatmagin. Turgin va ravona bo‘lgin! 
Hamma joyda u ana shunday quvg‘inga duchor bo‘lar edi. 
U ibodat qilar edi, ammo ibodatining qabul bo‘lmasligini ham bilar edi.
Cho‘llarni to‘zg‘itgan shamol tepaga ko‘tarilib esa boshlaganida uni ko‘rish mumkin edi – bunga 
shu yerda qo‘y boqib yurgan cho‘ponlar, qurtu qushlar va o‘t-o‘lanlar guvoh bo‘ldilar.
Shamolda uzilib tushgan bir shox-shabba ham uni ko‘rgan bo‘lishi ehtimoldan xoli emas. 
Dengizlar uzra suzgan bulutlar uning iztiroblardan xabardor esalar, ne ajab? 
Tog‘larning etagidan boshlanib, vodiylar bo‘ylab bir necha kunlab esadigan, dengiz yuzasidan to 
qit’alarning etaklarigacha sho‘r havolarni qanotlarida olib keladigan yoki sahrolarni yallig‘lantirib-
eritib, qaynoq haroratga ko‘madigan samum shamollari ham uni ko‘rganiga shubha yo‘q. 
Aytadilarki, u yana bir necha yuz yil Tangri Taoloning boshqa bir bilimli va barhayot bandasini
 
– 
Xizr alayhissalomni izlab dunyo kezgan. Shu bois uni yana Qizil dengiz sohillarida ko‘rishgan. Muso 
alayhissalomning savatidagi baliq dengizga tushib suzib ketgan joyda yillab o‘tirgan.
U holda, Xizr alayhissalom olamda bunday badbaxt yashayotganidan albatta xabar topgandir? 
Lekin ro‘para kelganlarmi-yo‘qmi – hech kim bilmaydi. 


Isajon Sulton. Boqiy darbadar (roman) 

Download 220,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish