Microsoft Word iqbol mirzo ziyouz com doc



Download 405,69 Kb.
Pdf ko'rish
bet91/123
Sana31.12.2021
Hajmi405,69 Kb.
#247238
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   123
Bog'liq
Sizni kuylayman iqbol mirzo ziyouz com1

www.ziyouz.com kutubxonasi 
107
KELINCHAK 
 
O‘rik shoxlariga qo‘ngan qormikan, 
Qo‘llaring xinomi yo gulgun chechak? 
Hanuz masrurmisan, baxtiyormisan, 
Bag‘dod bog‘larida qolgan kelinchak? 
 
Kimni aziz tutib ketding, azizam, 
Kimning haroridan gullading, o‘sding? 
Bir lahza ko‘zimni ko‘rayin desam, 
Kipriklaring bilan ko‘zingni to‘sding. 
 
Boshingda daryodek mavjlangan ro‘mol... 
Shamol qulog‘idan tortar barglarni... 
Shamol, uchirolmay dilgirdir shamol – 
Ro‘molingga qo‘ngan kapalaklarni. 
 
Olam bir alamdir, sim-siyoh cheti
Alam bir olamdir endi, sevarim. 
O‘rik gullaridek sochilib ketdi 
Kaftimdagi bir juft sitoralarim. 
 
Meni chorlayverdi yovvoyi kenglik
Jayronlar ko‘zidan ko‘zim qamashdi. 
Senga gullagan bog‘ yarashganidek 
Menga sargardonlik gashti yarashti. 
 
O‘rik shoxlarini bukkan qormikan... 
Qo‘llaring xinomi yo gulgun chechak. 
Seni ko‘rgim kelar, omon bormisan, 
Mening tushlarimda qolgan kelinchak... 
 
1992 
 
SEVMADING 
 
Sevmading sen, dilitoshim, 
Dilimga cho‘kdi qo‘rg‘oshin. 
Ko‘zimdan toshdi ko‘zyoshim, 
G‘amkash buloq sevmish mani. 
 
Sevmading san, etolmasdan 
Sanga termuldim olisdan. 
Haddan ziyoda yolg‘izman, 
Netay, tuproq sevmish mani. 
 
Sevmading san. Ay, yuragim! 
Xazon tushgan may – yuragim. 


Sizni kuylayman (she’rlar to’plami). Iqbol Mirzo 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
108
Qandoq ovutay, yuragim, 
Keksa yaproq sevmish mani. 
 
Sevmading san, atirgulim, 
Sevgi asli nadir, gulim? 
U singan ignadir, gulim, 
Singan chaqmoq sevmish mani. 
 
Sevmading san! Sevmading san! 
Har odimda xatar bergan, 
Har yutimda zahar bergan, 
Suyganiga dardlar bergan
Tangri ko‘proq sevmish mani... 
 
1993 
 
TILAK 
 
Qirq kun qora sel kelsin, 
Yuvib ketsin yer yuzin. 
Ikki jon omon qolsin – 
Yolg‘iz sen bilan o‘zim. 
 
Tig‘ o‘ynatsin qahraton, 
Dunyo muzlasin zim-zim. 
Bizlar qolaylik omon
Yolg‘iz sen bilan o‘zim. 
 
O‘t tushsin bu jahonga, 
Yonsin baliq, kuysin qum. 
Tegmasin ikki jonga – 
Yolg‘iz sen bilan o‘zim. 
 
Dardim o‘zimga ayon, 
So‘nayotir yulduzim. 
Qochib boraylik qayon 
Yolg‘iz sen bilan o‘zim? 
 
Ayt, yana nima deyin? 
Bundan boshqa yo‘q so‘zim. 
Nahot shunchalar qiyin... 
... Yolg‘iz sen bilan o‘zim. 
 
1994 
 
 
 
 


Sizni kuylayman (she’rlar to’plami). Iqbol Mirzo 
 
 

Download 405,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish