Microsoft Word imomi a'zam buyuk imomimiz lotin ziyouz com doc



Download 448,17 Kb.
Pdf ko'rish
bet24/56
Sana01.02.2022
Hajmi448,17 Kb.
#424632
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   56
Bog'liq
Alouddin Mansur. Imomi A\'zam - buyuk imomimiz

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
20
savolga javob berdik. Chunki ahli davlat kishilarimiz qo‘llaridan kelgan ehsonlarini kimga berish 
kerakligini har doim ham bilavermaydilar. Ayrim hollarda, xato tarzda, ahli ilmlargagina yedirib-
kiydirishim kerak, deb o‘ylaydilar. 
Agar ahli ilmlar — domlalar, imomlar, qori akalar kambag‘al kishilar, jamg‘armalari boylik 
chegarasiga yetmagan kishilar bo‘lsalar, ularga zakot berish juda savobli ish va qabul qilgan zakotlari 
ularga haloldir. Ammo o‘sha ahli ilmlar o‘zlari boy, zakot berishga qodir odamlar bo‘lsalar, u holda 
zakot olishni to‘xtatishlari kerak, chunki endi ular qabul qilgan zakot harom bo‘ladi. 
Demak, takror aytamizki, zakot kambag‘allarga, ular ahli ilmmi yoki ahli ilm emasmi, bundan qat’i 
nazar kambag‘allarga berilishi kerak. 
— 
Ustoz, zakot haqidagi suhbatimiz mukammal bo‘lishi uchun, uni kimlarga bermaslik kerak, 
degan savolga ham batafsil javob qilsangiz...
— Birinchidan, boylar birovlarning zakotini olmasliklari kerakligi aniq gap, chunki ular o‘zlari 
zakot beruvchilardir. Ikkinchidan, zakotni g‘ayridinlarga berib bo‘lmaydi, ya’ni boshqa dindagilarga
kofirlarga, dinsizlarga boylar zakotidan berishlari mumkin emas. 
Uchinchidan, zakotni o‘zimizning aslimiz bo‘lgan ota-bobolarimizga va o‘zimizning naslimiz 
bo‘lgan farzandlarimizga ham bersak bo‘lmaydi. Chunki boy bo‘lgan kishilar ota-onalari va 
farzandlariga zakotdan tashqari ham yaxshiliklar qilishlari kerak. Bu ularning zimmasidagi burchdir. 
Boshka qarindoshlarga esa zakot bersa bo‘laveradi. " 
Qolaversa, avvalo zakotni o‘z qarindoshlarimiz (ota-ona va farzandlarimiz bundan mustasno) 
orasidagi faqirlar, miskinlarga berishimiz durust. Chunki hazrati Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: 
"Bir miskinga sadaqa berish bir sadaqa bo‘lib, savobga ega bo‘ladi, ammo qarindosh-uruqqa berilgan 
sadaqadan ikkita savob hosil bo‘ladi", deydilar. 
— 
Agar qarindoshlarimiz zakot oluvchilar bo‘lmasa yoxud ulardan ortsa-chi?
— 
U holda qarindosh bo‘lmagan musulmon birodarlarimiz orasidan faqir-miskinlarni izlashimiz 
kerak. Mana shu tartibga rioya qilinsa, ya’ni hozirgi qiyinchilik davrida har kim o‘z qarindosh-
urug‘ini, musulmon birodarlaryni qo‘llasa bugungi tarang vaziyat ancha yumshagan bo‘lar edi. 
Darvoqe, er o‘z xotiniga hamda xotin o‘z eriga zakot bersa bo‘lmaydi. Chunki xotinning nafaqasi 
erning zimmasidagi bevosita mas’uliyatdir. Zakot berish tartibini sharhlar ekanlar, ulamolarimiz 
zakotni o‘z mahallangiz, o‘z qishlog‘ingizga bering, o‘z qishlog‘ingizda kambag‘allar turib, zakotni 
o‘zga yurtga olib borib berish karohiyatli, makruh ishdir, deydilar. Lekin shu yerda ham istisno bor: 
o‘zga qishloqda kambag‘al qarindoshingiz bo‘lsa, unga zakot bersa bo‘laveradi. 
Shunday qilib, zakot ibodati shariatimizning insonparvar shariat ekanligiga, uning musulmonlar 
o‘rtasidagi birlikni ta’minlaydigan shariat ekanligiga dalolat bo‘ladigan ibodat ekan. 
Kezi kelganda yana bir jihatni aytib qo‘yishimiz lozim. Zakot bergan odam zakot olgan odamga 
minnat qilib, mening sadaqotim bilan yashab yuribsan, degan ta’nalarga o‘tsa, u qilgan ibodatini 
behuda ketkizgan bo‘ladi. Balki Olloh bergan molu davlatning bir qismini Olloh yo‘lida zakot qilib 
bergan kishi zakotni Ollohga bergan bo‘ladi. Ya’ni, Olloh buyurgan ishni qilgan bo‘ladi. Demak, 
Sizdan bir kambag‘al birodaringiz zakotingizni olsa, buning uchun Siz unga minnatdorchilik 
bildirishingiz lozim. "Mening Olloh oldidagi bir ibodatimni ado qilib olishimga sen sababchi bo‘lding, 
shuning uchun senga rahmat", deyishingiz kerak. O‘z navbatida, qo‘li qisqa birodarlarimiz zakot 
olishdan iymanishlari kerak emaski, ular bir badavlat birodariga Xudo buyurgan ishni ado qilib olish 
uchun sababchi bo‘lmoqdalar. 
Ammo boy-badavlat bo‘laturib, ota-bobolarimiz aytganlaridek, "qo‘lning kiri" bo‘lgan pulga 
suyanib qolib, baxillik qilib, kambag‘allarga zakot ulashmagan kishilar haqida Qur’oni Karimda: 


Alouddin Mansur. Imomi A’zam — buyuk imomimiz 

Download 448,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish