Microsoft Word imomi a'zam buyuk imomimiz lotin ziyouz com doc



Download 448,17 Kb.
Pdf ko'rish
bet22/56
Sana01.02.2022
Hajmi448,17 Kb.
#424632
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   56
Bog'liq
Alouddin Mansur. Imomi A\'zam - buyuk imomimiz

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
18
Kumushi borlar uchun esa boylik chegarasi 200 tanga (600 gramm) kumush bilan belgilanadi. 
Qur’on nozil bo‘lgan davrlarda iqtisodiy munosabatlar asosan ol-tin - kumush bilan bo‘lgani uchun 
boylik chegarasi oltin-kumush miqdori bilan belgilangan edi. Bugun esa muomala asosida oltin turgan 
pullar borki, demak, 85 gramm oltin yoki 600 gramm kumush sotib olishga yetadigan pulga ega 
bo‘lsak boy hisoblanamiz va zimmamizga zakot to‘lash mas’uliyati yuklanadi. Shu o‘rinda imomimiz 
Imomi A’zam rahmatullohi alayhning bir masalasini eslab o‘tishimiz joiz. "Anfaulil-faqir", deydilar u 
kishi, ya’ni, agar 85 gramm oltindan ko‘ra 600 gramm kumush arzonroq bo‘lsa-yu, Sizning 
jamg‘armangiz oltinga emas, kumushgagina yetadigan bo‘lsa, Siz shunda ham o‘zingizni boy 
hisoblang-da, tezroq zakot berishning harakatiga kirishing. Ko‘proq pulli bo‘lishni kutib o‘tirmay, 
boylik chegarasining eng quyi bosqichiga yetish bilanoq zakot berish kambag‘allarga foydali, deganlar. 
Boylik chegarasi eng quyi bosqichining pul bilan o‘lchanadigan bugungi qiymati taxminan 85 gramm 
oltin bo‘lishini aytsak, o‘quvchiga yanada tushu-narliroq bo‘lar. 600 gramm kumush esa balki 
arzonroqdir. 
Zakotning uchinchi turi tasarrufdagi yer maydonidan topib olingan kon yoki xazinadan beriladigan 
zakotdir. Bu zakotni berish tartibi quyidagicha: yer egasi topib olgan koni yoki xazinasi umumiy 
qiymatining beshdan bir qismini kambag‘allarga zakot qilib beradi. Bu farz. Qirqdan biri yoki 
yigirmadan biri emas — beshdan biri farz qilingan. 
Navbatdagi zakot turi tijorat mollaridan beriladigan zakotdir. 
Xo‘sh, tijoratning boylik darajasini qanday o‘lchaymiz? Uning qo‘lida 85 gramm oltin qiymatiga 
teng naqd Pul bo‘lmasa-da, shu qiymatga yarasha sotish uchun olib qo‘ygan moli bo‘lsa, zakotni o‘sha 
moldan to‘lashi farz qilingan. Bu holatda zakot molning qirqdan bir qismi miqdorida kambag‘allarga 
beriladi. 
Endi avvalda chala qolgan chorvadorlarning zakot to‘lash tartibiga qaytamiz. Chorvador o‘zining 
mol-qo‘yini yilning yarmidan ko‘proq muddatda o‘z yonidan pul sarflab, semirtirib sotaman deb 
boqqan bo‘lsa, bu mol-qo‘ylar ham pul hisobida turgan bo‘ladi. Demak, mol-qo‘y egasi zakotni mol-
qo‘yning sanog‘idan emas, balki ularning pul hisobidagi qiymatidan (qirqdan bir) beradi. Ya’ni, bu 
holatda chorva mollari tijorat mollariga aylanib qolgan bo‘ladi. 
Va nihoyat, dehqonchilik mahsulotlaridan to‘lanadigan zakot. Bu zakotni shariatimiz hukmi bilan 
ota-bobolarimiz "ushr" deb atab kelganlar. Ushr arabcha so‘z bo‘lib, o‘ndan biri deganidir. Hazrati 
Rasululloh arpa, bug‘doy, xurmo va mayiz kabi to‘rtta narsaning o‘ndan birini zakot qilib berishni 
buyurganlar. Boshqa ekinlardan ham (sabzi-piyozdan tortib qovun-tarvuzgacha) imomimiz Imomi 
A’zam rahmatullohi alayhning ko‘rsatmalariga binoan, hosilning o‘ndan biri kambag‘allarga zakot 
qilib beriladi. 
Biz zakot berilishi lozim bo‘lgan narsalar va ularning chegaralari haqida gapirdik. Shu o‘rinda yana 
bir narsaga e’tibor bermog‘imiz lozim. 
Zakot kishining doimiy ehtiyojidan tashqari bo‘lgan narsalardangina beriladi. Ya’ni kiyimlar, 
farzandlar uchun olib qo‘yilgan kiyimlar, yashaydigan hovli-joy, ot-ulov (mashina)dan zakot 
berilmaydi. Bular hojati asliya — asl ehtiyoj mollaridir va shuning uchun shariatimiz bulardan zakot 
berishni talab qilmaydi. Zakot yuqorida sanab o‘tilganlardangina farzdir. 
— 
Zakot kimlarga beriladi yoki, aniqrog‘i, zakotni kimlar qabul qilsa to‘g‘ri bo‘ladi?
— Zakot, albatta, kambag‘allarga beriladi. Kambag‘al deb esa biz suhbatimizda aytib o‘tgan boylik 
chegarasiga yetmaganlarga aytilady. Lekin ayni zakot — sadaqotlarni kimga berish kerak ekanligini 
Ollohning O‘zi ko‘rsatib bergan. Qur’oni Karimda sakkiz sinfdagi yoki sakkiz qatlam — toifadagi 
kishilarning zakot olishi aytilgan. Sadaqalar, zakotlar: 
1. Faqirlarga; 
2. Miskinlarga; 
3. Zakot yig‘uvchi kishilarga; 


Alouddin Mansur. Imomi A’zam — buyuk imomimiz 

Download 448,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish