Ijodiy diktant . Ijodiy diktant o‘rganilgan qoidalarni o‘zlashtirish va yozuvda o‘rinli qo‘llash
malakalarini mustahkamlash bilan birga o‘quvchilar og‘zaki va yozma nutqining rivojlanishiga
ijobiy ta’sir qiladi, ularda ijodkorlik kabi zaruriy malakalrni shakllantirishda muhim o‘rin tutadi.
Diktantning bu turidan 1-4 – sinflarda keng foydalaniladi. Buning uchun quyidagicha
tayyorgarlik ishlari olib boriladi:
1. Berilgan so‘zlardagi tushirib qoldirilgan tovushlarni aytish va shu tovushni ifodalovchi harfni
tanlab so‘zni yozish: Masalan, m.na (mana), bo.o (bobo)
2. Brilgan gapdagi nuqtalar o‘rniga gapning mazmuniga mos so‘z topib aytish va yozish:
O‘quv qurollarini … (yaxshi) saqlayman.
3. Berilgan so‘zlardan gap tuzish va uni o‘qituvchi ko‘rsatmasi bilan yozish: Erta, bu, keldi,
yil, bahor (Bu yil bahor erta keldi.)
4. Berilgan savollarga mustaqil javob topish va uni yozish: O‘quvchi nima qiladi?
(O‘quvchi o‘qiydi, yozadi va dam oladi.)
Tekshirish diktanti dasturning biror bo‘limi o‘rganilib, xilma-xil ta’limiy mashqlar
bilan mustahkamlangach, ular o‘quvchilar tomonidan qay darajada o‘zlashtirilganligini sinash
maqsadida o‘tkaziladi.
Matn sinf o‘quvchilarining saviyasiga mos, sintaktik tuzilishi me’yorlashgan,
o‘rganilgan imlo qoidalari asosidagi so‘zlar va tinish belgilari ko‘poq bo‘lishi lozim. Unda
o‘rganilmagan qoida asosida yoziladigan va imlosi qiyin so‘zlar bo‘lmasligi kerak.
Ba’zan diktant uchun terma gaplardan ham foydalanish mumkin. Diktant matnidagi
so‘zlar soni quyidagicha bo‘lishi mumkin:
Sinflar
I
II
III
IV
O‘quv
yili
boshida
25 - 30
45 – 55
65 – 70
O‘quv yili
oxirida
15
35 – 45
55 – 65
75 – 80
O‘quv yili oxirida o‘tkaziladigan diktantdagi so‘zlar soni keyingi o‘quv yili boshida
o‘tkaziladigan diktantdagi so‘zlar soniga teng keladi va asta-sekin ortib boradi.
O‘qituvchi mavzuga aloqador matnni bir necha kun oldin tanlaydi.Matnda shu sinf
o‘quvchilari uchun imlosi qiyin so‘z bo‘lsa, (yaxshisi matnda o‘rganilmagan so‘zlar bo‘lmagani
ma’qul), shu so‘zlarning ma’nosi, talaffuzi va yozilishi diktant yozganga qadar bo‘ladigan ona
tili darslarida tushuntirilishi va mashqlar bilan mustahkamlanishi lozim. Shuning uchun imlosi
qiyin so‘zni qatnashtirib gap tuzish, so‘zning talaffuzi va yozilishini tushuntirish, imlosi qiyin
so‘z qatnashgan gapni grammatik tahlil qilish, shu so‘zni bo‘g‘in ko‘chirish qoidalariga ko‘ra
qismlarga ajratish kabi mashq turlaridan foydalanish mumkin.
O‘quvchilar tekshirish diktanti yozishlari haqida 2-3 kun oldin, o‘tilganlarni takrorlash
darsida ogohlantiriladi, tinish belgilariga oid qoidalarni o‘qish lozimligi ta’kidlanadi. Ba’zan
o‘quvchilarni oldindan ogohlantirmasdan ham tekshirish diktanti o‘tkazish mumkin. Bu ularni
ziyraklikka, darslarga muntzam tayyorgarlik ko‘rib yurishga undaydi va odatlantirib boradi.
Bunda esa matnga alohida e’tibor berish lozim. Unda imlosi qiyin so‘zlar bo‘lmasligi, agar
shunday so‘zlar uchrasa, uni o‘qituvchi yozuv taxtasiga yozib berishi talab etiladi. Biroq ular
soni ikki-uchtadan oshmasligi kerak.
Tekshirish diktanti quyidaicha amalga oshiriladi: O‘quvchilarning darsga hozirligi
ko‘zdan kechirilgach, o‘qituvchi o‘quvchilar diqqat-e’tiborini jalb qilgan holda, diktant matnini
shoshmasdan bir bora o‘qib beradi. Matndagi gaplarning ohangiga rioya qilib o‘qish, tinish
belgilarini to‘g‘ri qo‘yishga , matnning mazmuni va tarbiyaviy ahamiyatini bolalar ongiga
singdirishga yordam beradi.Ba’zan ovozni baland yoki pasaytirib, hatto shivirlab o‘qib berish
ham mumkin.Bu o‘quvchilarga biroz bo‘lsa-da, yordam beradi.
O‘qituvchi matndagi ma’nosi yoki imlosi qiyin so‘zlarni yozuv taxtasiga yozib, talaffuzi
va imlosini qisqa izohlaydi. Keyin o‘qituvchi yozuv taxtasiga, o‘quvchilar esa o‘z daftarlariga
sana,ish turi (tekshirish diktanti) va sarlavhani tartib bilan,har birini xat- boshidan
yozadilar.Shundan so‘ng matn aytib turiladi. O‘qituvchi sodda yig‘iq gaplarni butunicha, sodda
yoyiq gaplarni so‘z birikmasiga va qo‘shma gaplarni sodda gaplarga bo‘lib aytib turadi.Shuni
ta’kidlash zarurki, so‘zni bo‘g‘inlab yoki so‘zma-so‘z aytish yaramaydi. Har bir gap yoki so‘z
birikmasi ko‘pi bilan uch marta takrorlanishi lozim. Aytish sur’ati shu sinf o‘quvchilarining
gaplarni yozib ulgurishlarini hisobga olgan holda bo‘lishi kerak.
Tekshirish diktanti yozib bo‘lingach, o‘quvchilar diqqatini jalb etib, o‘qituvchi matnni
sekinroq sur’at bilan yana bir marta o‘qib turadi.O‘quvchi o‘z xatosini topsa, uni to‘g‘rilashga
yoki tushirib qoldirgan so‘zni yozishga imkon beradi. O‘quvchilar o‘z yozuvlarini mustaqil
ravishda tekshirishlari uchun matn o‘qib bo‘lingach, biroz vaqt (2-3 daqiqa) beriladi. Bu vaqt
ichida o‘quvchilar o‘z ishlarini tekshiradilar,xatolarini topadilar, to‘g‘rilaydilar.O‘qituvchi esa
o‘quvchilarning har birini diqqat bilan kuzatib, ularning e’tiborini diktant matnidan boshqa
narsalarga bo‘linmasligiga ahamiyat beradi.
O‘quvchilar o‘rtoqlari ishini ko‘rishga , u yoki bu so‘zni ular qanday yozganlarini
bilishga qiziqadilar,ba’zan o‘rtog‘i ishini ko‘rib,o‘zining to‘g‘ri yozgan so‘zini o‘zgartirish
hollari ham uchraydi. O‘qituvchi buning oldini olish uchun o‘quvchilarni ziyraklik bilan kuzatib
turishi , ularning bunday ishlarga chalg‘ishiga yo‘l qo‘ymasligi lozim.
O‘quvchilar imlo va tinish belgilarga oid qoidalarni qay darajada o‘zlashtirganliklarini,
ulardan amaliy foydalana olishlarini ,ko‘nikmalarini sinash bilan birga grammatik mavzularni
ongli o‘zlashtirishlarini tekshirish maqsadida grammatik topshiriqli tekshirish diktanti ham
o‘tkaziladi.
Grammatik topshiriq darsdan oldin yozuv taxtasiga yozib, parda bilan to‘sib qo‘yiladi
(ko‘chma yozuv taxtasi yoki katta qog‘ozga yozib foydalansa ham bo‘ladi). O‘quvchilar
tekshirish diktanti matnini yozib bo‘lgach, o‘rganilgan mavzular yuzasidan berilgan grammatik
topshiriqlarni bajaradilar (grammatik topshiriqni o‘quvchilar daftarlariga yozmaydilar).
Grammatik topshiriqlar quyidagi mazmunda bo‘lishi mumkin: bir gapda qatnashgan so‘zlardagi
unli yoki undosh harflarning tagiga chizish; berilgan so‘zlarni bo‘g‘in ko‘chirish qoidasiga ko‘ra
bo‘laklarga ajratib, chiziqcha bilan yozish; talaffuzida va yozilishida farq qilgan undoshlarni
aniqlab tagiga chizish; talaffuzda tushib qoladigan undoshlarni tagiga chizish; gaplarning (gaplar
aniq ko‘rsatiladi) ega va kesimini aniqlab, eganing tagiga bir, kesimning tagiga ikki to‘g‘i chiziq
chizish; bir gapdagi so‘zlarning o‘zak va qo‘shimchalarini aniqlab, chiziqlar bilan belgilab
(o‘zak – ish, so‘z yasovchi qo‘shimcha – ish+la; so‘z o‘gartiruvchi qo‘shimcha – ish+dan kabi)
ko‘rsatiladi, sifatlarni aniqlab, tagiga to‘lqinli chiziq chizish, matndagi bo‘lishsiz fe’llarning
tagiga ikki to‘g‘ri chiziq chizish, matndagi biror so‘zga (so‘z aniq ko‘rsatiladi) o‘zakdosh so‘zlar
tanlash; ikki yoki uch gapdagi (gaplar aniq ko‘rsatiladi) ega, kesim va ikkinchi darajali
bo‘laklarni aniqlab, eganing tagiga bir, kesimning tagiga ikki to‘g‘ri chiziq, ikkinchi darajali
bo‘laklarning tagiga to‘lqinli chiziq chizish; kelishiklar bilan turlangan otlarni aniqlab, kelishik
nomini yozish; egalik qo‘shimchasi tagiga chizish
va ustiga shaxs-sonini yozish; matndagi kishilik olmoshlarining tagiga chizib, ustiga shaxs –
sonini yozish; shaxs – son bilan tuslangan fe’llarni aniqlab, shaxsi, soni, zamonini yozish.
Grammatik topshiriqli diktantda shu sinf o‘quvchilarining eshitib yozish sur’atini hamda
berilgan grammatik toshiriqni bajarishga sarflanadigan o‘rtacha vaqtni hisobga olgan holda matn
tanlanadi va grammatik topshiriq beriladi; o‘quvchi 45 daqiqalik bir darsda matnni eshitib yozish
va berilgan grammatik topshiriqni bajarishi lozim.
O‘quvchilarga diktantni yozdirgandan so‘ng uni tekshirish, baholash va navbatdagi yozuv
darsida uni tahlil qilish muhim ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatga ega. Chunki o‘quvchilar diktantni
yozganlaridan keyin yo‘l qo‘ygan kamchiliklari va olgan baholarini bilishga qiziqadilar.
Tekshirilgan diktantni belgilangan vaqtda tahlil qilish bilan o‘quvchilarning ana shu istaklari
qondiriladi. Bundan tashqari diktantda yo‘l qo‘ygan xatolarini takrorlashning oldini oladi.
O‘quvchilarning barcha turdagi yozma ishlarini tekshirishda imlo va tinish belgilaridagi
xatolar bilan bir qatorda husnixatiga ham e’tibor beriladi.
1-2 – sinflarda o‘quvchi xato yozgan so‘zni chizib, to‘g‘risini ustiga yozib ko‘rsatiladi.
Tinish belgilari ham shu tartibda to‘g‘rilanadi.
3-4 – sinflarda o‘quvchi xato yozgan so‘zining tagiga chizib qo‘yilishi kifoya. Tinish
belgilari qo‘yilmagan bo‘lsa, qo‘yiladi, xato qo‘yilgan bo‘lsa, tuzatiladi.
O‘quvchilar yozma ishini baholashda quyidagi me’yorlardan foydalanish mumkin.
Agar o‘quvchi xatosiz, chiroyli yozib, ongli bajargan bo‘lsa, ,,5“ baho qo‘yiladi.
Agar o‘quvchi yozma ish va qo‘shimcha topshiriqlarning to‘rtdan uch qismini to‘g‘ri va ongli
bajarsa, ,,4“ baho qo‘yiladi.
Agar o‘quvchi yozishi va bajarishi kerak bo‘lgan ishning yarmidan ko‘prog‘ini to‘g‘ri
bajarsa, ,,3“ baho qo‘yiladi.
Agar o‘quvchi yozishi va bajarishi kerak bo‘lgan ishning yarmini to‘g‘ri va ongli bajara
olmasa, bunday o‘quvchilar bilan o‘qituvchi yakka tartibda ish olib boradi.
Tekshiruv diktanti uchun baho me’yori alohida belgilanadi.
1 – sinf o‘quvchilarining ishlariga baho qo‘yilmaydi. Ishdagi xatolar miqdoriga qarab
,,qoniqarli“yoki,,qoniqarsiz“ deb og‘zaki baholanadi.Keyin ishdagi xatolar aniq ko‘rsatiladi.
2-4 – sinf o‘quvchilarining ishlari quyidagicha baholanadi:
Agar o‘quvchi diktantni to‘g‘ri va chiroyli yozgan, tuizatishlarga yo‘l qo‘ymagan bo‘lsa,
faqat ayrim harf shakllarini buzib tuzatgan bo‘lsa, ,,5“ baho qo‘yiladi.
Agar o‘quvchi diktantda 2 ta imlo va 1 ta tinish belgilarida xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa,
shuningdek ayrim harf shakllarini buzgan yoki buzib tuzatgan bo‘lsa, ,,4“ baho qo‘yiladi.
Agar o‘quvchi diktantida: a) 3 ta imlo va 2-3 ta tinish belgilarida; b) 4 ta imlo va 2 ta tinish
belgilarida; d) 5 ta imlo va 1 ta tinish belgilarida xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, yozuv sifati talabga
javob bermasa va tuzatishlar bo‘lsa, ,,3“ baho qo‘yiladi.
Diktantda quyidagi xatolar hisobga olinadi:
So‘zda bo‘g‘in yoki harfni tushirib qoldirsa, bo‘g‘in yoki harfni qo‘shib yozsa; so‘zni
ma’nodosh bo‘lgan boshqa so‘z bilan almashlab yozsa, shuningdek, harf shakllarini buzib yozsa
ham xato sanaladi.
Diktantda quyidagi xatolar hisobga olinmaydi:
a) o‘quvchilarga o‘rgatilmagan qoidalar yuzasidan qilingan xatolar;
b) gap oxirida nuqta qo‘yilmagan bo‘lsa-yu, keyingi gapni bosh harf bilan yozsa;
d) gap ma’nosini buzmagan holda biror so‘zni boshqa so‘z bilan almashlab yozsa;
e) qo‘pol hisoblanmagan quyidagi xatolar:
a) biror harfni takror yozsa (masalan, ,,yozuv taxtasi “ kabi )
b) bo‘g‘in ko‘chirishda: so‘zning bir qismini birinchi qatorda yozsa-yu, ikkinchi qismini
unutgan bo‘lsa;
d) gapdagi so‘zlardan biri takror yozilgan bo‘lsa.
O‘quvchilar ishini tekshirish va baholashda to‘g‘ri yo‘l tuta bilish lozim.
Xulosa
“Imloviy savodxonlikni oshirishda ta’limiy diktantlar” mаvzusini ishlash jarayonida
quyidagi xulosalarga kelindi:
1. O‘quvchilarning diktant yozishdagi savodxonligi o‘rganiladi. Bunda o‘rganilgan
imlo va grammatik qoidalarni qay darajada qo‘llayotganliklari bilinadi.
2. O‘quvchilar bilimiga doir nazariy kamchiliklar bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zlashtirish
darajasi aniqlanadi.
3. O‘quvchilar bilim darajasini aniqlashdagi bu har ikkala imkoniyat kelgusi ishlarni
rejalashtirishda va xatolarni tuzatishda o‘qituvchiga qo‘l keladi.
4. O‘quvchilar imlo va tinish belgilarga oid qoidalarni qay darajada o‘zlashtirganliklarini,
ulardan amaliy foydalana olishlarini, ko‘nikmalarini sinash bilan birga grammatik mavzularni
ongli o‘zlashtirishlarini tekshirish maqsadida grammatik topshiriqli tekshirish diktanti ham
o‘tkazilishi zarur.
5. O‘quvchilarga diktantni yozdirgandan so‘ng uni tekshirish, baholash va navbatdagi
yozuv darsida uni tahlil qilish muhim ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatga ega. Chunki o‘quvchilar
diktantni yozganlaridan keyin yo‘l qo‘ygan kamchiliklari va olgan baholarini bilishga
qiziqadilar. Tekshirilgan diktantni belgilangan vaqtda tahlil qilish bilan o‘quvchilarning ana shu
istaklari qondiriladi. Bundan tashqari diktantda yo‘l qo‘ygan xatolarini takrorlashning oldini
oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |