O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
“PSIXOLOGIYA KAFEDRASI”
“ Ijtimoiy va oila psixologiyasi” fanidan o’quv uslubiy tuzilma
Maktabgacha ta’lim, ta’lim yo’nalishi talabalari uchun
Давлат таълим стандартига асосан -
«Maktabgacha ta’lim, ta’lim yo’nalishi talabalari uchun» таълим йўналиши бўйича тахсил олувчи бакалаврларнинг ўзлаштириши лозим бўлган билимлар мазмунига зарурий талабалар мажмуаси ишлаб чиқилган.
Ушбу дастур юзасидан талабаларга ижтимоий ва оила психологиясининг долзарб муаммолари юзасидан амалий ва назарий билимлар мажмуасини беришга қаратилган.
Тузувчи: Б.Э.Пармонов
АДУ психология кафедраси катта ўқитувчиси
Тақризчи: Т.Г.Сулейманова
АДУ психология кафедраси мудири, доцент
K i r i sh
Bugun mustaqil yurtimiz fuqarolari psixologiyasida ro’y berayotgan o’zgarishlar, ulardagi hayotda, uning qadriyatilariga, kasb-kori, oilasi va yaqinlariga bo’lgan munosabatlarida tobora milliy istiqlol mafkurasining asosiy mazmun va mohiyatlari mujassamlashmoqda. SHu ma’noda psixologiya fanining muhim tarmog’i bo’lmish ijtimoiy va oila psixologiyasi oldida turgan vazifalar ko’lami va salmog’i kattadir.
Biz jamiyatimiz hayotida ro’y berayotgan barcha o’zgarishlarning ijtimoiy psixologik mohiyatini ijtimoiy va oila psixologiyasining bugungi xolati va istiqboli nuqtai nazaridan tahlil qilish orqali bu fanning jamiyatdagi o’rni va imkoniyatlariga baho berishni niyat qildik.
O’quv uslubiy tuzilmada ko’tarilayotgan masalalar ijtimoiy hayot sirlarining muxtasar bayoni bo’lsada, ma’lum ma’noda ijtimoiy va oila psixologiyasining ilmiy amaliyot va ilmiy tadqiqot quroli sifatidagi imkoniyatlari to’g’risida tasavvur beradi.
Ijtimoiy va oila psixologiyasining vazifalaridan kelib chiqib, talabalarga dars jarayoni orqali hukmiga havola etilayotgan ushbu uslubiy tuzilmaning asosiy maqsadi insonning jamiyat va oila bilan bo’ladigan ko’plab murakkab munosabatlari tizimining ijtimoiy psixologik mexanizmlarini yoritib berishdir. Ushbu o’quv uslubiy tuzilma yoshlarga aynan psixologik bilimlar asoslarini bersada, umid qilamizki, ularni o’z atrofida ro’y berayotgan islohotlarga holis baho berish, o’zi va o’zgalar ruhiyati sir-asrorlarini befarq bo’lmaslik, o’z layoqatlarini o’stirishning elementar vositalaridan bohabar bo’lishga yordam beradi.
Uslubiy tuzilma ijtimoiy psixologiya asoslari bo’yicha muxtasar bilimlarni beradi, bunda albatta ijtimoiy va oila psixologiyasidagi tadbiqiy, amaliy sohalarga, boshqaruv va rahbarlik masalalariga, muloqot va uni samarali ta’sir etish yo’llariga, muloqotning shakllari, bosqichlari, vositalariga, shaxsning ijtimoiy munosabatlardagi turli toifalardagi oilalarga e’tiborni qaratadi. Har bir mavzuda avvalida ko’riladigan masalalar, mavzuning qisqacha mazmuni, mavzu yakunida esa qisqacha xulosa, nazorat savollari, mavzu yuzasidan testlar hamda mustaqil ishlar uchun mavzular berilgandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |