1-modul. Fonetika va grafika asoslarini oʻrgatish metodikasi



Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/12
Sana02.03.2022
Hajmi0,64 Mb.
#478308
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1-ma'ruza




1-MODUL.
 
FONETIKA VA GRAFIKA ASOSLARINI OʻRGATISH 
METODIKASI. 
1-mavzu.
 
Fonetika va grafika asoslarini oʻrgatish usuliyati. Kichik yoshdagi 
oʻquvchilarning ona tilini oʻzlashtirishida fonetika bilimining ahamiyati.
 
R Е J A: 
 
1.
Fonetika va grafika asoslarini oʻrgatish uslubiyati.
 
2.
Kichik yoshdagi oʻquvchilarning ona tilini oʻzlashtirishida fonetik 
bilimining ahamiyati.
 

Tayanch soʻz va iboralar: fonetika va grafika asoslari, fonetik bilim, 
tovush tarkibi, harf tarkibi, boshlangʻich tasavvurlar. 
 
Ona tili kursida beriladigan bilimlar mazmunini oʻzbek tilining tovush tuzilishi 
va yozma nutqda tovushlarni ifodalash usullari haqidagi (fonetik va grafik); 
soʻzlarning oʻzgarishi va gapda soʻzlarning bogʻlanishi haqidagi (grammatik, ya’ni 
morfologik va sintaktik); soʻzning morfemik tarkibi va soʻz yasalish usullari 
haqidagi (soʻz yasalishiga doir); soʻzlarning leksik-semantik guruhi haqidagi 
(leksikologik); oʻzbek tilining toʻgʻri yozuv tamoyillari va tinish belgilarining 
ishlatilishi haqidagi (orfografik va punktuatsion) bilimlar tashkil etadi. Bu bilimlar, 
birinchidan, grammatik, fonetik, soʻz yasalishiga oid tushunchalarda, ikkinchidan, 
grafik, orfografik, punktuatsion qoidalarda namoyon boʻladi. Bundan tashqari, 
oʻzbek tili kursi fonetik, grafik, morfologik, sintaktik va boshqa koʻnikma va 
malakalarni ham oʻz ichiga oladi. 
Tilni oʻrganish jarayonida oʻquvchilarda boshqa koʻpgina oʻquv predmetlari 
uchun umumiy boʻlgan koʻnikmalar (predmetlararo koʻnikmalar)ni hosil qilish 
ustida ham ish olib boriladi. Pedagogikada bunday predmetlararo koʻnikmalarga 
analiz, sintez, abstraktlashtirish (til hodisalarini fikran tasavvur etish), 
umumlashtirish, guruhlash, taqqoslash kabilar kiradi. Ushbu koʻnikmalarni 
oʻquvchilarda shakllantirish ustida maqsadga muvofiq ishlash ularning oʻquv 
faoliyatini faollashtirishga, bilimlarini muvaffaqiyatli egallashlariga imkoniyat 
yaratadi. Ona tili kursidan hosil qilinadigan maxsus koʻnikmalar bilan predmetlararo 
koʻnikmalar, 
bir-biridan 
ajratilmagan 
holda 
oʻquv-tarbiyaviy jarayonda 
shakllantiriladi. 
Beriladigan bilim va oʻquvchilarda hosil qilinadigan maxsus koʻnikmalar
maktab dasturlari va davlat ta’lim standartida qayd etilgan.
Boshlangʻich sinflarda oʻrganish uchun tilni ongli egallashga va oʻquvchilarda 
grafik va imloviy malakalarni shakllantirishga zamin boʻladigan bilimlar tanlangan. 
Fonetika va grafika sohasida oʻquvchilar soʻzning tovush tarkibini, unli va undosh 
tovushlarning oʻziga xos xususiyatlarini, soʻzda tovushning ma’noni farqlashdagi 
ahamiyatini toʻgʻri tushunishga imkon beradigan bilimlarni oʻzlashtiradilar, 
shuningdek, ularga soʻzning tovush va grafik shakli oʻrtasidagi nisbat (bogʻlanish)ni 
ongli aniqlash, soʻzni toʻgʻri yozish imkoniyati yaratiladi. Morfologiya sohasidan 



ham soʻzni ongli oʻzlashtirish, uni toʻgʻri ishlatish uchun katta amaliy ahamiyatga 
ega boʻlgan bilimlar tanlangan. Boshlangʻich sinf oʻquvchilari I sinfdan boshlab soʻz 
turkumlari (ot, sifat, son, olmosh, fe’l)ni har xil saviyada oʻrganadilar. 
Sintaksisdan dasturga nutq birligi sifatida gap haqidagi, gapda soʻzlarning 
bogʻlanishi, bosh va ikkinchi darajali boʻlaklar haqidagi bilimlar kiritilgan. Soʻzning 
morfemik tarkibi yuzasidan har bir morfemaning muhim belgilarini, ularning 
ahamiyati va soʻzda bir-biriga ta’sirini boshlangʻich sinf oʻquvchilari tushunadigan 
va soʻzlarni toʻgʻri yozishda foydalanishlari uchun zarur boʻlgan hajmda ma’lumot 
berilgan.
Dasturda “Leksika” boʻlimi alohida berilmagan, ammo oʻquvchilar
soʻzlarning leksik-semantik guruhlari (sinonimlar, antonimlar) haqida, ularning 
leksik ma’nolari haqida soʻz turkumlari va soʻz tarkibini oʻrganish jarayonida 
ma’lumot oladilar. 
Boshlangʻich sinflar ona tili kursi 1-4-sinflarda tilning hamma tomonlari 
oʻzaro bogʻliq holda oʻrganilishi hisobga olinib tuzilgan, har bir sinfda fonetika, 
leksika, grammatika va soʻz yasalishi haqida elementar bilim beriladi. Kursning 
bunday qurilishi tilning barcha tomonlarini bir-biriga oʻzaro ta’sir etadigan bir butun 
hodisa sifatida oʻrganishni taqozo etadi. Tilni oʻrganishga bunday yondashish ta’lim 
jaryonini oʻquvchilar nutqini oʻstirish vazifasini hal etishga yoʻnaltirish imkonini 
beradi. 
Dasturning “Grammatika, imlo va nutq oʻstirish” boʻlimi har bir sinfda 
quyidagicha qismlarni oʻz ichiga oladi: 

Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish