Mustaqil ish.
Mavzu:So’z yasalish tarkibi. So’z yasash usullari.
REJA: 1. SO‘Z YASALISHI. DERIVATSIYA. 2. SO‘Z YASALISH TARKIBI. 3. SO‘Z YASASH USULLARI.
Derivatsiya (so‘z yasalishi, hosil bo‘lishi) tilshunoslikning alohida bo‘limi. U derivatsiya hodisasi, uning diaxron va sinxron turi, so‘z yasash, hosil bo‘lish usuli kabi masala bilan shug‘ullanadi. Derivatsiya so‘z yasalishiga: ([ishchi], [ishla], [kitobxon]) o‘rganadi.
So‘z yasalishi – sof nutqiy hodisa, nutqiy jarayon. U derivatsiyaning asosiy qismini tashkil etadi. Biroq uning lisoniy asosi bor. Shu sababli lison va nutqqa birday daxldor.
So‘z yasalishi lingvistik termin sifatida ikki ma’noli:
a) so‘z yasash jarayoni atamasi;
b) ushbu jarayonni o‘rganuvchi soha.
So‘z yasash deganda qanday usul bilan bo‘lsa-da, yangi so‘z hosil qilish tushunilavermaydi. Masalan, so‘z yangi ma’no kasb etishi natijasida yangi so‘z paydo bo‘lishi mumkin. Deylik, [ishbilarmon] so‘zi yangi ma’no kasb etdi. Biroq bu yerda yangi so‘z yasalishi yo‘q.. Demak, so‘z yasalishi, yasama va yangi ma’no kasb etgan so‘zlarning leksemalashuvi hodisasini farqlash lozim.
Derivatsiya ham til taraqqiyoti natijasida tarixiylik va zamonaviylikka daxldor bo‘ladi. Shu boisdan tarixiy va sinxron derivatsiyani farqlash lozim.
Tarixiy va sinxron derivatsiya. Hozirgi derivatsiyada yasama so‘z bilan derivatsion (so‘z yasash) qolip orasida aloqa mavjud bo‘lib, qolipning shakliy va mazmuniy tomoni hosila so‘zda o‘z izini qoldirgan bo‘ladi. [Kitobchi] yasama so‘zida [ot+chi=ot bilan shug‘ullanuvchi shaxs oti] qolipidagi tenglik alomatining chap (shakliy) va o‘ng (mazmuniy) tomoni izlari yaqqol ko‘rinib turibdi.
Tarixiy derivatsiyada yasama so‘zning shakli va ma’nosiga mos qolip mavjud bo‘lmaydi. Bu maxsus tekshirish natijasida aniqlanadi. Masalan, [qishloq], [ovloq] so‘zlarining ma’nosini ularning tashkil etuvchilari va derivatsion qolipi asosida chiqarib bo‘lmaydi. Chunki ular tarixiy yasalmalardir. [Qorovul], [yasovul], [silliq] so‘zida ham shu hol kuzatiladi.
So‘z yasash (derivatsion) qolipi haqida. Har qanday yasama so‘z so‘z yasash qolipi asosida hosil qilinadi. Hosila lisoniylashib, o‘z qolipidan uzilib ketsa ham, unda bilinar-bilinmas qolip bilan (agar qolip yashovchan bo‘lsa) bog‘lanish baribir saqlanib qoladi.
So‘z yasash qolipi ikki uzvdan iborat bo‘ladi:
a) qolipning shakliy tomoni;
b) qolipning mazmuniy tomoni.
Yasama so‘zda ana shu ikki jihat tajallilanadi. Yasalma shaklan va mazmunan ana shu qolipga muvofiq kelsa, unga shu qolip hosilasi sifatida qarash mumkin. Masalan, [kitobchi] so‘zida mazkur qolipning izi bor. Lekin [xabarchi] so‘zida qolipning mazmuniy tomoni aks etmagan. Demak, leksema bu qolip mahsuli emas.
So‘z yasash qolipining shakliy tomoni ikki qismdan tashkil topadi: yasovchi asos va yasovchi vosita. Masalan, [ot+chi=shu ot bilan shug‘ullanuvchi shaxs oti] qolipining shakliy qismi bo‘lgan [ot+chi] ning ot qismi yasovchi asos, [-chi] qismi esa yasovchi vosita.
Qolipning yasovchi asosi, albatta, mustaqil so‘z, yasovchi vosita qismi esa so‘z ham, qo‘shimcha ham bo‘lishi mumkin. Masalan, qo‘shma, juft so‘z yasash qoliplarida asos ham, vosita ham so‘z. M: qo’lqop, dedi-dedi
SO`Z YASALISH
Soʻz yasalishi - 1) muayyan tilda mavjud boʻlgan usullar, namuna va qoliplar asosida, maʼlum vositalar yordamida yangi soʻz hosil qilish (soʻz hosil qilinishi). Masalan, affiks yordamida soʻz yasalishi (soʻzQla > soʻzla, maza Q li >mazali), "qil" yordamchi feʼli yordamida Soʻz yasalishi (tasdiq qilmoq, rohat qilmoq). Bu yerda "yasalish" soʻzi "yasamoq" feʼlining majhul nisbat shakli hisoblanadi va jarayonni ifodalaydi; birikmaning oʻzi esa lingvistik termin emas;
2) tilshunoslikning "Fonetika", "Leksikologiya"ga oʻxshash alohida sohasini (boʻlimini) bildiradi. Masalan, oʻzbek tili morfologiyasi, oʻzbek tili sintaksisi, oʻzbek tili soʻz yasalishi. Bu oʻrinda "Soʻz yasalishi" birikmasi tilshunoslikka oid termin hisoblanadi. Tilshunoslikning bu boʻlimida yangi yasama so’zlarning paydo boʻlishi va buning shart-sharoitlari, yasama soʻz tarkibiy kismlarining (Soʻz yasalishi asosi va soʻz yasovchining) mohiyati, shuningdek, Soʻz yasalishi bilan bogʻliq boshqa tushuncha va hodisalarning mohiyati oʻrganiladi. Mac, Soʻz yasalishi maʼnosi, Soʻz yasalishi tipi va qolipi, Soʻz yasalishi meʼyori, Soʻz yasalishi imkoniyati, Soʻz yasalishi dagi mahsullilikmahsulsizlik hodisasi, Soʻz yasalishi ning asosiy usullari, vositalari va boshqa Shu asosda tilning Soʻz yasalishi tizimi tagʻlil etiladi.
Hozirgi oʻzbek tilida yasama soʻzlar, asosan, affikslar yordamida hosil qilinadi, yaʼni morfemaning bir turi soʻz yasash uchun xizmat qiladi. Har qanday yasama soʻzning tarkibi Soʻz yasalishi asosi va soʻz yasovchidan iborat boʻladi: huquqshunos (huquq — Soʻz yasalishi asosi, shunos — soʻz yasovchi), tekislamoq (tekis — Soʻz yasalishi asosi, la— soʻz yasovchi). Soʻz yasalishi asosi yasama soʻz boʻlishi ham mumkin: bilimli (bilim — Soʻz yasalishi asosi, li — soʻz yasovchi). Oʻzbek tilida faqat mustaqil soʻzlardan, ularning ham ot, sifat, feʼl turkumiga oid soʻzlardan yangiyangi soʻzlar yasaladi. Demak, mustaqil suz turkumlaridan faqat ot, sifat va feʼl turkumlarigina Soʻz yasalishi tizimiga ega. Oʻzbek tili lugʻat (leksik) tarkibining boyishi, rivojlanishida Soʻz yasalishining muhim oʻrni bor.
So`z yasalishi tilshunoslikning mustaqil sohasi bo`lib, u yangi so`z yasash, so`z yasash usullari va vositalarini o`rganadi. Tildagi so`zlarning yasash tarkibini hamda ularning yasalish usullarini aniqlash bu bo`limning asosiy vazifasidir.
So`z yasash usullari. Qanday usul bilan bo`lsa-da, yangi so`z hosil qilishga so`z yasalishi deyiladi. Hozirgi o`zbek tilida so`z yasalishining turli usullari mavjud. Ular quyidagilar:
1.Semantik usul.
2.Fonetik usul.
3.Abbreviatsiya usuli.
4.Affiksatsiya usuli.
5.Kompozitsiya usuli.
6.Semantik usul.
Ko`p ma`noli so`zning ma`nolari orasidagi aloqaning o`zgarishi, uzilishi natijasida omonim so`zlarning yuzaga kelishi haqida ma`lumotga egamiz. So`z ma`nosining o`zgarishi asosida yangi so`z xosil qilish semantik usul bilan so`z yasalishi deyiladi. Bu usul bilan yasalgan so`zlar turli so`z turkumlariga tegishli bo`lib qolishi mumkin. Masalan, ko`k(<>, ot) – ko`k (<>, sifat), ko`ch (<>, fel) – ko`ch (<>, ot), yupqa (<>, sifat) – yupqa (<
>, ot), kun (<>, ot) – kun (<>, hisob so`zi o`rnida) kabi.
Fonetik usul
So`zning fonetik tarkibida bo`ladigan o`zgarish natijasida yangi so`zning hosil bo`lishiga fonetik usulda so`z yasalishi deyiladi. Masalan, tun va kun, ko`z va ko`r, aka va uka kabi.
So`z urg`usining o`zgarishi ham fonetik usulda boshqa so`z turkumiga oid so`zlarning hosil bo`lishiga olib keladi. Yangi so`z yasaladi. Masalan, yangi (sifat) - yangi (payt ravishi), suzma (ot) – suzma (fe`l), qushcha (ot) – qushcha (qushdek, qush kabi-ravish), akademik (sifat) – akademik (ot) kabi
Abbreviatsiya usuli
To`g`ri ma`noli turg`un so`z birikmalarining qisqartma so`zlarga aylanishiga abbreviatsiya usulida so`z yasalishi deyiladi. Bu usulda qisqartma otlar yasaladi. Hozirgi o`zbek tiliga abbreviatsiya usulida so`z yasalishi rus tilidan kirgan . Masalan, O`zMU – O`zbekiston Milliy Universiteti, BMT – Birlashgan Millatlar Tashkiloti, ATS –Avtomatik telefon stansiyasi kabi.
Affiksatsiya usuli.
So`z yasovchi qo`shimchalar yordamida yangi so`z hosil qilinishiga affiksatsiya usulida so`z yasalishi deyiladi. Yasovchi asosga affikslar qo`shish bilan ot, sifat, fe`l, ravish turkumiga oid so`zlar yasaladi. Masalan, suvchi, arrakash – ot; aqlli, suvsiz – sifat; ishla, otlan – fe`l; yashirin, yangicha - ravish kabi.
Kompozitsiya usuli.
Ikki va undan ortiq so`zlarning qo`shilishi orqali yangi so`z yasalishiga kompozitsiya usulida so`z yasalishi deyiladi. Bu usulda qo`shma so`zlar yasaladi. Masalan, ko`zoynak, guldasta, oshqozon, gultojixo`roz kabi.
SO`Z YASALISH TARKIBI
So`z yasalishida affiksatsiya hamda kompozitsiya usullari eng faol usullardan sanaladi.
So`z yasalish tarkibi so`zning morfemik tarkibi bilan uzviy bog`liqdir.Unda har bir o`zak hamda affiksal morfemaning yangi so`z yasovchilik xususiyati aniqlanadi. Bu so`z yasalish tarkibining o`ziga xos jihatlari mavjud ekanligini ko`rsatadi.
So`z yasalish tarkibi ikki qismdan iborat bo`ladi. Birinchisi, yasovchi asos, ikkinchisi yasovchi vosita (qo`shimcha). Yasalish tarkibini esa yasalma (yasalma so`z) deyiladi. Masalan, o`tloq, gulla, mevali, tezlik yasamalarda o`t, gul, meva, tez qismlar yasovchi asos bo`lib, -loq, -la, -li, -lik qismlari esa yasovchi vosita bo`lib kelgan.
So`z turkumida so`z yasalish
Bir turkumdan boshqa turkumga oid so`z yasah hodisasi tilda leksikaning boyish manbalaridan biri hisoblanadi.
So`z yasalish hodisasi turkumlarga ko`ra tahlil qilinganda, uning turlicha ko`rinishlarini aniqlash mumkin. Ularning quyidagicha guruhlarga ajratsa bo`ladi:
Ma`lum turkumga oid so`zdan affiksatsiya hamda kompozitsiya usullari yordamida shu turkumning o`ziga oid yangi so`z yasaladi;
Ma`lum turkumga oid so`zlar boshqa turkumdagi so`zlardan hamda shu turkumning o`ziga oid so`zlardan yasalmaydi;
Yangi so`z boshqa turkumga oid so`zlardan hamda shu turkumning o`ziga oid so`zlardan yasalmaydi, balki u to`g`ri ma`noli turg`un birikmalar asosida yasaladi.
Tilda ma'lum turkumdagi so'zlardan boshqa turkumga oid so'zlarning yasalishi ko'p uchraydi. Bunda ot, sifat, son, olmosh, fe'l, ravish, taqlid va undov so'zlardan yangi so'zlar yasaladi. Lekin yangi so'z yasalishi faqat, ot, sifat, fe'l, ravish turkumlarigagina xosdir. Shu jihatdan qaralganda, son, olmosh, taqlid so'zlar yasalmaydi.
Tilda ot, sifat, fe'l, ravish yasalishining turli shakllari mavjud:
Ot yasalish tarkiblari: kes (fe'l) — kesak (ot), bir (son) - birlik (ot), tez (ravish) — tezlik (ot), shar-shar (taqlidiy so'z) — sharshara (ot), kalta (sifat) kesak (ot) - kaltakesak (ot), besh (son)+barmoq (ot) — beshbarmoq (ot), dunyo (ot) + qarash (fe'l) — dunyoqarash (ot), besh (son) + otar (fe'l) — beshotar (ot) kabi.
Sifat yasalish tarkiblari: yog' (ot) — yog'li (sifat), bugun (ravish), bugungi (sifat), cho'z (fe'l) — cho'ziq (sifat), eg (fe'l) - egik (sifat), yumala (fe'l) - yumaloq (sifat); bozor (ot) + bop (sifat) — bozorbop (sifat), sof (sifat) + dil (ot) - sofdil (sifat), bola (ot) + jon (ot) -bolajon (sifat), kат (ravish) + gap (ot) - kamgap (sifat), g'am (ot) + xo'r (fe'l) — g'amxo'r (sifat), ham (yordamchi so'z) + dard (ot) -hamdard (sifat) kabi.
Fe'l yasalish tarkiblari: arra (ot) - arrala (fe'l), tekis (sifat) — tekisla (fe'l), sekin (ravish) - sekinla (fe'l), dad (undov so'z) - dodlamoq (fe'l), gumbur (taqlid so'z) - gumburlamoq (fe'l), ikki (son) -
ikkilanmoq (fe'l), sen (olmosh) — sensiramoq (fe'l); imzo (ot) + chekmoq (fe'l) — imzo chekmoq (fe'l), kasal (sifat) + bo'lmog (fe'l) — kasal bo'lmoq (fe'l) kabi.
Ravish yasalish tarkiblari: askar (ot) - askarcha (ravish), yangi (sifat) — yangicha (ravish), siz (olmosh) — sizcha (ravish), yugurgan (sifatdosh) + yugurgancha (ravish), qaragani (ravishdosh) — qaragancha (ravish), bir (son) — birdek (ravish), har+zamon (payt ma'nosini bildiruvchi so'z) - har zamon (ravish), hech + qachon (so'roq olmoshi) + hech qachon (ravish), bir (son) + yoqqa (o'rin ma'nosini bildiruvchi so'z) — bir yoqqa (ravish) kabi.
"Ma'lum turkumga oid so'zdan shu turkumga oid yangi so'z yasalishi haqida gapirilganda, affiksatsiya hamda kompozitsiya usulida, asosan, ot, sifat, ravish turkumlaridagi yasalishlar nazarda tutiladi. Chunki fe'l turkumiga oid yangi so'z fe'lning o'zidan affiksatsiya usulida yasalmaydi. Lekin fe'l+ fe'l shaklida qo'shma fe'llar yasaladi.
Ot yasalish tarkiblari: ashula (ot) — ashulachi (ot), gul (ot) - gulzor (ot), o't (ot) — o'tloq (ot); bobo (ot) + dehqon (ot) - bobodehqon (ot), zar (ot) + kokil (ot) - zarkokil (ot) kabi.
Sifat yasalish tarkiblari: ulug' (sifat) — ulug`lvor (sifat), g'ayri (sifat) tabiiy (sifat) — g'ayritabiiy (sifat) kabi.
Ravish yasalish tarkiblari: hozir (ravish) — hozircha (ravish), ko'p (ravish) — ko'plab (ravish); nari (ravish) — beri (ravish) — nari-beri (ravish), oldin (ravish) — keyin (ravish) — oldin-keyin (ravish) kabi.
Fe'l yasalish tarkiblari: sotib (fe'l) + olmoq (fe'l) - sotib olmoq (fe'l), borib (fe'l) + kelmoq (fe'l) - borib kelmoq (fe'l) kabi.
Ba'zi turkumga oid so'zlar boshqa turkumdagi so'zlardan ham, shu turkumning o'zidan ham affiksatsiya usulida yasalmaydi. Bularga mustaqil so'z turkumlaridan olmosh va son turkumlariga oid so'zlar kiradi. Lekin tilda yigirma besh, biryuz ellik besh kabi qo'shma sonlar; besh-olti, o'n-o'nbesh kabi juft sonlar; har kirn, har nima, hech narsa, ba'zi bir kabi qo'shma olmoshlar mavjud.
So'z yasalishining bu turida yangi so'z affiksatsiya usulida ham, kompozitsiya usulida ham yasalmaydi. Balki to'g'ri ma'noli turg'un birikmalarning qisqarishi asosida yasaladi. Bunda abbreviatsiya usulida so'z yasaladi. Abbreviatsiya usuli o'zbek tiliga rus tilidan o'tgan bo'lib, ot turkumiga oid qisqartma so'zlarni yasaydi. Masalan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti (to'g'ri ma'noli turg'un birikma) — BMT (qisqartma so'z), O'zbekiston Milliy Universiteti (to'g'ri ma'noli turg'un birikma) — O'zMU (qisqartma so'z) kabi.
Xulosa: Ushbu mustaqil ish so’zning yasash tarkibi ,usullari va qo’llanishiga bag’ishlandi.
So‘z yasash deganda qanday usul bilan bo‘lsa-da, yangi so‘z hosil qilish tushunilavermaydi. Masalan, so‘z yangi ma’no kasb etishi natijasida yangi so‘z paydo bo‘lishi mumkin. Deylik, [ishbilarmon] so‘zi yangi ma’no kasb etdi. Biroq bu yerda yangi so‘z yasalishi yo‘q.. Demak, so‘z yasalishi, yasama va yangi ma’no kasb etgan so‘zlarning leksemalashuvi hodisasini farqlash lozim.
Har qanday yasama so‘z so‘z yasash qolipi asosida hosil qilinadi. Hosila lisoniylashib, o‘z qolipidan uzilib ketsa ham, unda bilinar-bilinmas qolip bilan (agar qolip yashovchan bo‘lsa) bog‘lanish baribir saqlanib qoladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.R.Sayfullayeva,B.Mengliyev,G.Boqiyeva,M.Qurbonova,M.Yususova va bsohqalar “Hozirgi o’zbek adabiy tili” _Toshkent-2009
2.H.Jamolxonov “Hozirgi o’zbek adabiy tili”-Toshkent –“Talqin”-2005-2013
Do'stlaringiz bilan baham: |