www.ziyouz.com кутубхонаси
22
«Sadaqa yomonlikdan yetmish eshikni to‘sadi» (Ibn Muborak va Tabaroniylar rivoyati).
Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: «Maxfiy sadaqa Parvardigor azza va jallaning g‘azabini
o‘chiradi». Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: «Boylikdan berilgan narsa ajrda ehtiyojdan
qabul qilingan narsadan afzaldir» (Ibn Hibbon va Tabaroniylar zaif sanad bilan rivoyat
qilishgan).
Hojatini daf qiluvchi qarzdan qutilishni maqsad etganda beruvchi berishi bilan dilini
yashnatishni qasd etmog‘i barobar ekanligi murod bo‘lsa kerak. Rasulullohdan (s.a.v.):
«Qaysi sadaqa afzal?» deb so‘rashdi. U zot javob qildilar: «Sog‘lom, xasis (dunyoda
abadiy) qolishni o‘ylayotgan va kambag‘allikdan qo‘rqayotgan holingda sadaqa
qilmog‘ingdir. Joning to xalqumga kelib: «Falonchiga shuncha, falonchiga shuncha»,
deguningcha kutib turmaydi. Bunda falonchiga bo‘lib ketadi» (Imom Buxoriy va Muslim
rivoyatlari). Bir kun Payg‘ambar (s.a.v.) ashoblariga: «Sadaqa qilinglar», dedilar.
Shunda bir kishi: «Menda bir dinor bor», dedi. Dedilar: «Uzingga infoq qil». Dedi:
«Menda yana bir dinor bor». Dedilar: «Xotiningta infoq qil». Dedi: «Menda yana bir
dinor bor». Dedilar: «Farzandlaringga infoq qil». Dedi: «Menda yana bir dinor bor».
Dedilar: «Xizmatkoringga nafaqa qil». Dedi: «Menda yana bir dinor bor». Shunda
Payg‘ambar (s.a.v.): «Sen o‘zing yaxshi bilguvchiroqsan», dedilar (Abu Dovud, Nasaiy,
Ibn Hibbon va Hokimlar rivoyati). Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: «Oli Muhammadga
sadaqa halol bo‘lmaydi, chunki sadaqa odamlarning chiqindilaridir» (Imom Muslim
rivoyati). Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: «Tilanchining malomatini taomdan
chumchuqning boshichalik miqdor bilan bo‘lsada, qaytaring!» (Ukayliy «Az-Zuafo»da
rivoyat etgan.) Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: «Agar tilanchi rostgo‘y bo‘lganida edi, uni
qaytargan najot topmasdi» (Ukayliy va Tabaroniylar zaif sanad bilan rivoyat qilishgan).
Iso (a.s.) aytadilar: «Kimki tilanchini noumid qaytarsa, farishtalar bu uyni yetti kun
o‘rashmaydi». Payg‘ambar (s.a.v.) ikki ishni boshqalarga yuklamasdilar: tungi tahorat
suvlarini o‘zlari hozirlab, o‘rab qo‘yardilar va miskinga beradiganlarini o‘z qo‘lari bilan
topshirardilar. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: «Bir yoki ikki xurmoni bir yoki ikki luqmani
qaytaradigan miskin emas, balki miskin o‘zini afif tutgan kishidir. Xohlasangiz: «... ular
tilanib turib olmaydilar» (Baqara surasi, 273-oyat) oyatini o‘qing» (Imom Buxoriy va
Muslim rivoyatlari). Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: «Bir muslim boshqa muslimga libos
kiydirsa, modomiki undan bir ruq’a qolguncha Alloh azza va jallaning muhofazasida
bo‘ladi» (Termiziy hasan, deganlar).
Asarlarda kelishicha Urva ibn Zubayr aytadilar: «Oisha (r.a.) ellik ming dirham
sadaqa qilganlar. Holbuki, ro‘mollariga yamoq solingan edi». Mujohid Alloh azza va
jallaning: «Va taomni suyub tursalarda, (o‘zlari yemas-dan) miskin, yetim va
Do'stlaringiz bilan baham: |