Mlsning yil gollari



Download 29,47 Kb.
Sana02.03.2022
Hajmi29,47 Kb.
#478789
Bog'liq
Extra time - MLS


EXTRA TIME
MLSning yil gollari
Kirish so`zi: Vashington, Nyu-York, Los Anjeles, Nyu-Jersi… Sezib turganingizdek “Extra time”da bu safar go`zal diyor bo`lmish Amerika Qo`shma Shtatlariga sayohat qilamiz. So`nggi yillarda butun dunyoning diqqat e`tiborini o`ziga qaratayotgan AQShning futbol bo`yicha chempionati “Major league soccer” yoki qisqacha qilib aytganda MLS o`zining dahshatli o`yinlari va fantastik gollari bilan mashhur. Biz esa bugun MLS da yilning eng yaxshi goli deb topilgan san`at asarlari ichidan 12 tasini hozirlab qo`yganmiz. “Nima uchun 12ta?” deysizmi? Bu savolga barcha gollarni tomosha qilib, o`zingiz javob olasiz. Marhamat!
12. AQSH milliy terma jamoasida 8 yil o`ynagan Brayn Ching o`zining akrobatik ijrosi bilan shoumizning kirish qismini o`ziniki qilmoqda. 88 kg vazn bilan mana shunday ajoyib ijro!
11. Kaliforniyada tavallud topgan Patrik Edvard Jozef Yanni raqib jarima maydonchasi ichida raqsga tushdi o`ziyam. Bu telbanamo san`at namunasini esa qarshi taraf o`yinchilari katta mahorat bilan tomosha qilishdi.
10. Real Solt Leyk jamoasi hujumchisi Rubio Rubin ushbu goli bilan yakunlangan mavsumda MLSning eng chiroyli goli nomini qo`lga kiritdi. Haqiqatdan ajoyib gol!
9. Extra timening 9-o`rinida Uill Jonson. Jonsonning ushbu fantastik goli 2008-yil “Major league soccer” da tengsiz bo`lgan.
8. Mashhur ism va familiyaga ega bo`lgan Marselo Balboaning ushbu goli mashhurlik bobida o`z ismidan sira ham qolishmaydi. Dahshat gol!
7.Braziliyaning San Paulusida tug`ilgan Kamilo Sanvesso Vankuver Uaytkeps klubi uchun o`zining mana bu yulduzli golini kiritgan. Uning ismi yulduzli bo`lmasa-da, ushbu goli bu ta`rifga arziydi, albatta.
6. AQSH milliy termasi safida 25 o`yin o`tkazgan asli liberiyalik Darlington Nagbe 2011-va 2020-yillarda MLSda yil gollarini kiritgan. Uning futbol tarixiga muhrlangan ikkala asari ham festivalimizdan joy oldi. 31 yoshli yarimhimoyachi zarbalarni qiyib qo`yarkan o`ziyam.
5. Kolorado Repidsning shveytsariyalik o`g`loni Shkeljen Gashi o`zining sehrli chap oyog`ida jarima zarbasini qoyilmaqom qilib ijro etgan. Bechora darvozabon shunchalik tashlanmasin bu zarba qarshisida taslim bo`lishga majbur edi.
4. Terminator Zlatan bu safar 4-o`rinda! Uning qalamiga mansub bo`lgan doimiy qo`rqinchli gollar MLSning ssenariysiga mos ekanini payqagan Los Anjeles Geleksi Ibragimovichni Gollivudga chorlagan. Zlatan esa Gollivudni ham tiz cho`ktirdi.
3. Yevropada uncha omadi yurishmay, Los Anjeles Geleksida o`z baxtini topgan Lendon Donovan butun rassomchilik tarixida misli ko`rilmagan asar yaratgan. Uning bu asariga to`g`risi har qanday ta`riflar ham ojizlik qiladi. Keling, siz ham ushbu golni shunchaki tomosha qiling.
2. Buenos Ayresda tug`ilgan Ektor Daniel Tito Villalba pushka zarbalarning oliy namunasi bilan loyihamizda mehmon bo`lmoqda. Bunday mehmonlarni,albatta, qadrlash kerak!
1. Kanadalik Dueyn de Rosaryo “Major league soccer” uchun eng chiroyli sovg`alarni xadya etgan. Uning mana bu ikki jildlik go`zal egizaklarini bir-biridan ajratib bo`lmaydi. Biz esa egizaklarni xafa qilmasdan, ularning ikkisiga ham oliy o`rinni taqdim etdik.

Yakuniy so`z: Marvel kinokompaniyasining super qahramonlarini tanimaydigan insonlar kam bo`lsa kerak. Futbol olamidagi Marveldan sira qolishmaydigan “Major league soccer” bugun “Extra time” uchun o`zining fantastik gollarini taqdim etdi. Inson bitta maqsad sari bor vujudi bilan harakat qilar ekan, albatta, bu besamar ketmaydi. Asarda yozilganidek, “butun koinot u uchun harakatda bo`ladi”. “Extra time” ning eng oliy maqsadi esa futbol galaktikasining bor jozibasini namoyon etish. Bunda bizga futbol galaktikasining barcha nuqtalari tirgak bo`lmoqda. Keyingi safar yashil maydonning yashin nuqtalarida uchrashguncha salomat bo`ling!
Download 29,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish