www.ziyouz.com кутубхонаси
66
zikr majlislarida doimo hozir bo‘lmog‘i, quloq lag‘vdan forig‘ bo‘lib, faqat qalbdan tinglamoqqa
odatlanishi lozim. Shubha yo‘qki, fahmlash to‘liq bo‘lsa, qo‘rqinch paydo bo‘ladi. Qachonki qo‘rqinch
kuchaysa, sabr qilish osonroq kechadi va muolajani izlashga sabablar yuzaga keladi. Albatta bu
harakatlar so‘ngida Alloh tarafidan bo‘ladigan tavfiq va yengillikka erishiladi. Kimki xavfni tinglay bilsa,
xavfni his qiladi. Xavfni his etgan odam gunohlardan saqlanadi, savob umidida xayrli amallar sari
shoshadi, go‘zal oqibatii, ya’ni jannatni tasdiq etadi. Shunda Alloh taolo uning ishlarini oson va qulay
qilib qo‘yadi. Kimki Alloh yo‘lida xayr-sahovat ko‘rsatishdan baxillik qilsa va o‘zini Alloh huzuridagi
ajrdan behojat bilsa hamda go‘zal oqibatni, ya’ni Alloh va’da qilgan jannatni yolg‘on desa, Alloh uni
badbaxtlikka sabab bo‘luvchi og‘ir yo‘lga osongina yo‘llab qo‘yadi. Topgan dunyolari uni abadiy
halokatdan qutqara olmaydi.
Hidoyat yo‘liga chorlamoq payg‘ambarlar zimmasida. Dunyo va oxirat Allohnikidir.
Shunday e’tiroz bo‘lishi mumkin: "Aytilganlardan kelib chiqadigan bo‘lsak, demak barcha ish
iymonga bog‘langan. Chunki, gunohni tark etishga sabr bilan, sabr xavfni anglash bilan, xavf ilm
bilan, ilm gunohlarning ulkan zararini tasdiqlash bilan hosil bo‘ladi. Gunohlarning ulkan zararini
tasdiqlash Alloh va Rasulini tasdiqlash; Alloh va Rasulini tasdiqlash esa ayni iymondir. Lekin gunoh
qilishda davom etayotgan odam mo‘min emasligi tufayli gunohdan qaytmayotgan bo‘lsa-chi?"
Bilgilki, kishining gunohdan qaytmayotganiga iymonining yo‘qligi emas, balki iymonining zaifligi
sabab bo‘ladi. Zero, har bir mo‘min gunohning Alloh taolodan uzoqlashtiruvchi va oxiratda jazoga
giriftor etguvchi sabab ekanini tasdiqlaydi. Ammo uning gunohga botishining bir necha sabablari bor:
Birinchisi,
va’da qilingan jazoning ijrosi hozir emas, keyinroqqa qoldirilgaii, ya’ni g‘ayb ekanidir.
Ma’lumki, inson nafsi naqd narsadan ta’sirlanishga moyil. Ya’ni nafsning navd narsadan ta’sirlanishi
g‘oyibda va’da qilingan narsadan ta’sirlanishiga qaraganda kuchliroqdir.
Ikkinchisi,
gunohga undovchi shahvatlar doimo egasiga intizor, unga oshno tutingani hamono
bo‘ynidan quchib olishi va izmiga bo‘ysundirmagunicha qo‘yib yubormasligidir.
Darhaqiqat, keyin bo‘ladigan ishlardan qo‘rqib, hozir qo‘lida naqd bo‘lgan narsalardan ayrilish
og‘ir. Alloh taolo dedi:
Do'stlaringiz bilan baham: |