www.ziyouz.com кутубхонаси
65
Hasan Basriy Umar ibn Abdulazizga shunday ma’noda maktub yozdi: "Alloh qo‘rqitg‘an
narsadan qo‘rq. Alloh ogohlantirgan narsadan ogoh bo‘l. Bugun qo‘lingda bo‘lgan narsadan ertanggi
yo‘lga oziq hozirla. Hushyor bo‘l, o‘lim xabari aniq keladi. Vassalom".
Umar ibn Abdulaziz nasihat so‘rab, Hasan Basriyga maktub jo‘natdi. Hasan Basriy unga
shunday nasihat qildi: "Darhaqiqat, oldingda ulug‘ qo‘rqinch va dahshatli ishlar turibdi. Mushohada et,
yo najot topasan, yo halokatga yuz tutasan. Bilgilki, nafsini hisob-kitob qilgan odamning savdosi
foydali bo‘ldi. Kim bundan g‘ofil qoldi, savdosi kasod bo‘ldi. Amalining oqibatiga nazar solgan kishi
najot topdi, havosiga ergashgan kishi adashdi. Halimlik boylik. Allohdan xavfi bisyor odam - xavfdan
omon odam. Xavfdan omon odam ibratlanuvchidir. Ibratlangan odam basirat sohibidir. Kimki basirat
egasi ekan, u fahmli zotdir. Fahmli zot Allohni tanuvchi zotdir. Angla! Yo‘ldan toygan zahoti, yo‘lga
qayt! Pushaymonlik tug‘ilgan zahoti, gunohlar ichidan sug‘urilib chiq. Bilmasang, so‘ra.
G’azablansang, g‘azabingni bos!"
Mutarrif ibn Abdulaziz (Alloh rahmatiga olsin) Umar ibn Abdulazizga shunday maktub yozdi:
"Darhaqiqat, dunyo jazo uyidir. Aqli yo‘q kimsalar dunyo to‘playdi. Ilmi yo‘q kimsalar dunyo bilan
g‘ururlanadi. Ey mo‘minlar amiri! Sen bu dunyoda o‘z jarohatini davolayotgal, dardinrshg oqibatidan
qo‘rqib, dakoning shiddatiga sabr bilan chidayotgan kishi kabi bo‘l".
Umar ibn Abdulaziz, Alloh updan rozi bo‘lsin, Adiy ibn Artoga shunday maktub yozdi: "Albatta,
dunyo Alloh do‘stlarining dushmani va Alloh dushmanlarining ham dushmanidir. Chunki, dunyo
Allohning do‘stlariga g‘am keltiradi, Allohning dushmanlarini esa aldaydi".
Umar ibn Abduaziz voliylardan biriga shunday maktub jo‘natdi: "Sen bandalarga zulm qilishga
qodirsan, senga shu imkon berildi. Agar birovga zulm etishga chog‘lansang, tepangda Allohnyng
qudrati borligini esla. Yodda tut, odamlarga yetkazgan zulming ulardan ketadi, ammo sening
bo‘yningda qoladi. Ulug‘ va qudratli Alloh mazlumlar haqqini zolimlardan olib beruvchi zotdir,
vassalom!".
Demak, butun jamoatga qilinadigan yoki so‘rovchining botiniy holati ilg‘ab olinmagan vaziyatdagi
nasihat mana shu tarzda bayon etilmog‘i joiz. Bunday mav’izalar, bamisoli, ko‘pchilikka xush
yoqadigan taomlarga o‘xshaydi, ko‘ngilga tegmaydi, ruhga oziq bo‘ladi. Lekin, qani u voizlar?..
Afsus, nasihatlar eshigi yopildi, gunohlar ko‘paydi, fasod avj oldi. Xalq turli-tuman baytlarni tizib,
quruq va’zlar bilan aljiraydigan beamal voizlarga yo‘liqdi. Ular o‘zlari ko‘tara olmaydigan yukni
yelkaga olmoqchi bo‘ladilar, befoyda chiranadilar, kimlargadir taqlid qiladilar. So‘zlari qalbdan
chiqmagani uchun qalblarga yetib bormaydi, viqoru salobatlari tez o‘chib ketadi. Bu voizlar
maqtanchoq mutakabbir, ularga quloq tutganlar esa zo‘rma-zo‘raki tinglovchilardir. Bularning har
ikkalasi ham haqiqatdan yuz o‘girgan, haqiqat karvonidan orqada qolgan kishilardir.
Demak, bemor uchun ilk muolaja tabibni izlashdan boshlanadi. Gunohlar uchun ham
muolajaning avvali ulamo izlashdir. Bu ish muolajaning ruknlaridan, uning yo‘llaridan biridir.
Muolaja ruknlaridan yana biri sabrdir. Bemor sog‘ayishiga zarar beruvchi narsalarni iste’mol
qilgani uchun ham xastaligi cho‘ziladi. Yo g‘aflat tufayli yoki shahvat g‘olib kelib, zararli narsalarni
iste’mol qiladi. Yuqorida aytilganlar g‘aflatni davolash yo‘li edi.
Ba’zan bemorning zararli narsalarni yeyishga istagi kuchli bo‘ladi. Bu shahvat natijasidir.
Shahvatni davolash uchun bemor tahiqlangan narsalardagi ulkan zararni his qilmog‘i, keyin ularni
ko‘z o‘ngidan yo‘qotib, shu suratdagi, faqat zarari yo‘q narsalar bilan ovunmog‘i, so‘ngra odat bo‘lib
qolgan zararli narsalarni tark qilganida yetadigan alamga sabr etmog‘i lozim. Bunda unga qo‘rqinch
quvvati tayanch bo‘ladi. Xullas, har qanday holatda achchiq sabr ta’mini totmoq zarur.
Gunohlarga bo‘lgan shahvat ham shu yo‘l bilan muolaja qilinadi. Masalan, shahvati g‘olib kelgan
yigit ko‘zini, qalbini va a’zolarini tiyishga qodir bo‘lmaydi, shahvati ketidan halloslab chopadi.
Qachonki, gunoh neligini anglasa, shu xususda kelgan oyat va hadislarni o‘qisa, gunohdan tiyiladi.
O’shanda uning Allohdan qo‘rqinchi kuchayib, shahvatga undovchi sabablardan uzoqlashadi.
Shahvatga undaydigan tashqi sabab — xohlayotgan narsaning hozir bo‘lishi va unga nazar solishdir.
Buning muolajasi xohlanayotgan narsadan qochish, undan chekinish orqali amalga oshadi. Ba’zi ichki
sabablar ham shahvatga undashi mumkin. Masalan, lazzatli taomlarni tanovul qilish. Buning
muolajasi ochlik va doimiy ro‘zadir. Buning uchun sabr talab qilinadi. Sabr esa xavfdan tug‘iladi. Xavf
ilmni taqozo etadi. Ilm basirat va fikr, eshitish va taqlid orqali hosil bo‘ladi. Buning uchun kishi, avvalo,
Ihyou ulumid-din. Tavba kitobi. Imom G’azzoliy
Do'stlaringiz bilan baham: |