www.ziyouz.com кутубхонаси
63
beradiganim eng kichik jazo — munojotim lazzatidan uni mahrum qilaman" (G’arib hadis, roviyi
noma’lum).
Abu Amr ibn Ulvon hikoya qiladi: "Bir kuni namoz o‘qiyotib, qiyom holatida turganimda qalbimni
dunyo istaklari chulg‘ab oldi, orzu-havaslarga berildim. Shunda daf’atan tizzalarim bukilib, joynamoz
ustiga o‘tirib qoldim. Qarasam, badanimning hamma yog‘i qoraygan. Uch kungacha a’zoi badanim
yonib, ko‘chaga qadam bosmadim. Shu uch kun ichida hammomdan chiqmasdan, qoraygan
badanimni yuvish bilan mashg‘ul bo‘ldim. Lekin yuvganim sayin badanim battar qorayar edi. To‘rtinchi
kuni Junayd Bag‘dodiy meni huzuriga chorladi. Men o‘shanda Iroqning Riqha shahrida, Junayd esa
Bag‘dodda edi. Uning huzuriga bordim. Junayd meni ko‘rib dedi: "Allohning oldida turib, nafsingni
shahvat bilan quvontirishga uyalmadingmi? Hatto, shahvat seni to‘la egalladi, Allohdan uzoqlashding.
Agar sen uchun Allohga yolvorib, gunohingni kechirishini so‘ramaganimda, Qiyomatda mana shu
qora yuz bilan Allohga ro‘baro‘ bo‘lar eding".
Bilgilki, banda gunoh qilsa, qalb yuzi qorayadi. Agar u saodatmand bo‘lsa, gunohdan tezroq tiyilishi
uchun ichdagi qoralik tashiga chiqadi. Agar u badbaxt bo‘lsa, qoralik ichida yashirin bo‘lib, o‘zi ham
uni sezmaydi. Natijada gunohga beriladi, jahannamga tushishi muqarrar bo‘ladi.
Gunohlarning bu dunyoda qashshoqlik, xastalik va boshqa ofatlarga sabab bo’lishi haqida
kelgan xabarlar ko’p. Kishi gunoh sodir etganidan so’ng shu gunohning sifatiga ega bo’lishi ham
gunohning bu dunyodagi musibatidandir. Negaki, kishi nimaga mubtalo bo’lsa, bu unga jazo va shu
narsa uni go’zal rizqdan mahrum qiladi, badbaxtlik ustiga badbaxtlik keltiradi. Agar bir pe’matga
yetishsa, bu ne’mat unga tuzoq vazifasini o‘taydi. Tuzoqqa ilinib, shukr ne’matidan mahrum bo‘ladi,
hatto nonko‘rligi uchun jazolanadi.
Allohga itoat etgan kishi esa toatning barakotidan ko‘p ne’matlarga erishadi. Bu uning ibodati va
shukronasiga berilgan mukofot. Unga yuzlangan har bir balo gunohlariga kafforat va yuksak
maqomlarga sababdir.
Gunohlarni tark etishga undashning to‘rtinchi yo‘li mast qiluvchi ichkilik ichish, zino, o‘g‘irlik,
odam o‘ldirish, g‘iybat, kibr, hasad kabi gunohlarning har biri uchun beriladigan jazolarni alohida-
alohida eslatishdir. Chunki, egasiga aytilmagan gap, bamisoli, malhamni jarohatdan boshqa joyga
surish bilan barobardir. Olim go‘yoki hoziq tabib. Avvalo, u bemorning tomir urishini o‘lchaydi. Tashqi
holatini kuzatib, ichdagi illatlarning harakatini tekshiradi. Keyin dardning muolajasiga kirishadi. Olim
ham inson holatining alomatlariga qarab, uning yashirin sifatlariga nazar soladi. Kuzatgan
narsalarining illatini aniqlashda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ergashadi.
Bir kishi Payg‘ambar alayhissalom huzurlariga kelib: "Ey Allohning rasuli, menga muxtasargina
nasihat qilnng", - dedi. "G’azablanma!" dedilar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam.
Yana biri dedi: "Ey Allohning rasuli, menga nasihat qiling". "Odamlarning qo‘lidagi boylikdan
umidingni uz. Asl boylik shudir! Tama’dan saqlan! Chunki tama’ tayyor qashshoqlikdir. Ado
qilayotg‘an namozing vidolashayotgan odamning namoziga o‘xshasin. Ortidan uzr so‘raladigan
ishlardan saqlan", - dedilar Nabiy alayhissalom (Ibn Moja, Hakim rivoyati).
Bir kishi Muhammad ibn Vosi’ga: "Menga nasihat qiling", - dedi. "Dunyo va oxiratning podshohi
bo‘lishga harakat qil!" deb maslahat berdi. "Bunga qanday erishaman?" deb so‘ragan edi, "Bu
dunyoda zuhd bilan mashg‘ul bo‘l", - dedi Ibn Vosi’.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam avvalgi so‘rovchida g‘azab alomatlarini ko‘rib, uni
g‘azabdan kaytarganlari yoki keyingi so‘rovchida odamlardan ta’ma qilish va orzu-havasga moyillikni
ko‘rib, bu illatlardan ogohlantirganlari kabi, Muhammad ibn Vosi’ ham so‘rovchi kishida dunyoga
harislikni ko‘rib, uni zuxdga undadi.
Muozga: "Menga nasihat eting", - dedi bir kishi. "Rahmli bo‘lsang, jannatiy bo‘lishinggga
kafilman", - dedi Muoz. Chunki u kishi so‘rovchida qo‘pollik va dilozorlik alomatlarini sezganday edi.
So‘rovchining holatidan kelib chiqib javob berish javob beruvchining holiga ko‘ra gapirishdan
afzaldir.
Alloh rahmatiga olsin, Muoviya: "Menga qisqagina nasihat qiling", deb Oisha onamiz roziyallohu
anhoga maktub jo‘natdi. Oisha onamiz roziyallohu anho maktubida dedilar: "Oishadan Muoviyaga.
Senga Allohning salomi bo‘lsin. Amma ba’d. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shunday
Ihyou ulumid-din. Tavba kitobi. Imom G’azzoliy
Do'stlaringiz bilan baham: |