2. Biznes hujjatlarini yuritish sistemasi va uning turlari
Ishlar xarakteri va xajmiga, shu ningdeq, korxonaning strukturali bulinishiga
ko’ra biznes hujjatlarini yuritishni tashkil qilishning quyidagi sistemalari
qo’llaniladi:
1. Markazlashtirilgan.
2. Markazlashmagan.
3. Aralash sistemasi.
Biznes hujjatlarini yuritishning markazlashtirilgan sistemasi asosiy ish yuritish
operatsiyalarini to’la markazlashtirish bilan xarakterlanadi. Bu jarayonlar bir yoki
bir necha shaxs yoki bo’linma tomonidan amalga oshiriladi. Bu sistemada biznes
hujjatlarini yuritish vazifasi kotibaga, ayrim mutaxasislarga va bugalteriya
xodimlariga yuklanadigan kichikroq korxonalarda qo’llaniladi.
Markazlashmagan sistemada biznes hujjatlarini yuritishga oid ishlar strukturali
bo’linmalarda tuplangan bo’lib, bu yerda sekretarlar yoki bir gurux ish
yurituvchilar hujjatlarni ishlash bilan bog’lik barcha ishlarni amalga oshiradi.
Eng keng tarqalgan sistema - bu biznes hujjatlarini yuritishning aralash
sistemasi bo’lib, unda jarayonlarning bir qismi markazlashgan tartibda va qismi
esa markazlashmagan tartibda bajariladi. Korxonalar, firmalar qaysi guruxga
kirishini hujjat aylanishiga qarab, ya’ni yil mobaynida qayta ishlanadigan
miqdoriga qarab aniqlanadi.
Tashkiliy strukturasi murakkab va hujjatlar aylanishi katta bo’lgan
muassasalarda biznes hujjatlarini yuritishni tashkil etishning aralash sistemasi
qo’llaniladi. Bu sistemada bir xil operatsiyalar: hujjatlarni qabul qilish, junatish,
ko’paytirish, ijroni nazorat qilish jarayonlari markazlashtiriladi. Xizmat
hujjatlaridan foydalanish jarayonlari esa turli bo’limlar (buxgalteriya, iqtisod
bo’limi, texnologiya bo’lim va xakazo) bo’yicha olib boriladi.
Bu sistemalarning qaysi birini qo’llash korxonaning ish sharoitiga,
bo’limlarning uzoq-yaqin joylashganligiga, ularning ish xajmi va harakteriga
bog’lik. Ammo har uch xolatda xam biznes hujjatlarini yuritishning maksadi
junatiladigan chikim, keladigan kirim va idora ichidagi ichki hujjatlarni aniq,
madaniy yuksak tarzda va o’z vaqtida rasmiylashtirishdan, delolarni, shtamp va
pechatlarni belgilangan tartibda yaxshi saqlashdan, kelgan kishilarga diqqat e’tibor
bilan xizmat qilishdan iborat.
35
Korxonalarda
biznes
hujjatlarini
yuritishning
qanday
sistemasi
qo’llanilishidan qatiy nazar, quyidagi printsiplar uning asosini tashkil etishi lozim.
1. Korxonaning barcha bo’linmalarida hujjatlar qabul qilishning bir xil usllari,
hujjat formalari, ijroni nazorat qilish qabu usullar qo’llanilishi kerak.
2.Korrespondentsiya bir joyda qabul qilib olinishi va qayd qilinishi lozim.
Z.Hujjatlar bir marta qayd qilinishi kerak. Qayd qilish sistemasi hujjatlarni
ijro etishni nazorat qilish sistemasi bilan o’zaro bog’langan bo’lishi kerak.
4.Hujjatlar ijro etilish bosqichlarida shu nday saqlanishi kerakki, toki zarur
ma’lumotnomani tuzish uchun kerakli hujjatni tez topish mumkin bo’lsin.
5.Hujjatlar eng Yuqori tezlik bilan xamda eng kam mehnat sarflangan xolda
doiraviy aylanishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |