Haq hamisha g’olib (Umar al-Foruq). Ahmad Muhammad
www.ziyouz.com kutubxonasi
38
Malomat sababi
Bir gal shunday voqea yuz berdi. Navbatdagi fathlardan birida Islomiyatga kirgan
o‘lkadan ko‘plab mol-mulk o‘lja qilib keltirildi. Tartibga ko‘ra, o‘lja
mol hammaning
o‘rtasida baravar taqsim qilinardi. Shunda qiziq hodisa ro‘y berdi. Ko‘ylaklik gazlamalar
hammaga teng taqsimlangandi-yu ammo u oz bo‘lgani uchun birorta odam ham o‘ziga
ko‘ylak tiktirolmasdi, chunki bir kishining ulushi ko‘ylakka yetmasdi. Shunda hazrati
Umarning (r.a.) o‘g‘li Abdulloh bir tadbir topdi:
– Berilgan mato menga ko‘ylaklikka
yetmaydi, ozlik qiladi. Otamning ulushi ham uning
o‘ziga kamlik qiladi. Yaxshisi, men o‘zimga tegishli matoni otamga hadya qilsam, unga
ko‘ylak tikish uchun yetarkan.
Abdulloh
shunday ham qildi, ota-bolaning ulushidan hazrati Umarga (r.a.) bir ko‘ylak
tikildi. Kunlardan bir kuni hazrati Umar (r.a.) ana shu kiyimda minbarda so‘zlayotganida,
bir faqir kishi o‘rnidan turib, unga malomat qila boshladi:
– Ey amiral mo‘minin, endi men sening gapingga ishonmayman, senga itoat ham
qilmayman. «Nega?» desang, sen Alloh va Uning rasuli buyurgan ishni qilayotganing
yo‘q.
Hazrati Umar (r.a.) sarosimaga tushib qoldi va o‘sha odamdan ajablanib so‘radi:
– Bu nima deganing?
O’sha kishi o‘rnidan turib, so‘zlay ketdi:
– Bir kuni o‘lja bo‘linayotganida, har birimizga tekkan matodan bir ko‘ylak chiqmasdi.
Shuning uchun biror kishi o‘ziga tekkan ulushdan ko‘ylak tiktira olmadi.
Sen esa
xalifaligingdan foydalanib, o‘zingga ikki hissa ulush olibsan, mana ko‘ylak tiktirib,
kiyib
ham olibsan.
Hazrati Umar (r.a.) xijolatlikdan qip-qizarib ketdi. Ammo ayni paytda bu kishining
haqni gapirayotganidan xursand ham edi. U najot izlaganday atrofiga boqdi, nigohi
odamlar to‘pi ichidan kimnidir axtara boshladi. «Oralaringda
Abdulloh bormi, bor bo‘lsa,
haqiqatni aytib bersin!» dedi xalifa.
Xayriyatki, Abdulloh shu yerda, jamoat orasida ekan, o‘z ulushidan voz kechib,
otasiga ko‘ylak
tiktirib berganini aytib, xalifani xijolatlikdan qutqardi. Bundan qoniqish
hosil qilgan boyagi odam uzr so‘radi:
– Voqea shunday bo‘lgan ekan, mayli, men so‘zimni qaytarib oldim. Haqiqatan
tushunmovchilik bo‘libdi. Sening gapingga endi ishonaman, itoat ham qilaman...
Hazrati Umar (r.a.)
shundagina yengil tin oldi, yuziga qizillik yugurdi. U tushunmay
malomat qilgan odamdan xafa ham bo‘lmadi. Aksincha, shunday teran fikr yurituvchi,
sergak va haqgo‘y odamlar borligidan xursand bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: