Haq hamisha g’olib (Umar al-Foruq). Ahmad Muhammad
www.ziyouz.com kutubxonasi
37
«Yo‘limizdan ayrilma!»
Payg‘ambar alayhissalomdan ibrat olgan sahobai kiromlar kamtarona, odmigina,
boriga qanoat qilib yashadilar. Hazrati Umar (r.a.) ham bu sohada qolishmadilar,
imkonlari bo‘laturib
juda oddiy, faqirona turmushni afzal ko‘rdilar.
Hazrati Umarning qizlari, hazrati Payg‘ambarimizning zavjalari Xafsa onamiz bir kuni
juda xafa bo‘lib ketdilar. Sababi, otalari mo‘minlar amiri bo‘lsa, dunyoning hamma
joyidan mol-dunyo oqib kelayotgan bo‘lsa, boyiganlar boyib yursa-yu shundoq xalifaning
dasturxoni juda g‘arib edi,
otalari quruq, bemaza ovqatlar bilan kifoyalanib yuradi. Xafsa
onamiz otalariga ta’na qila boshladilar:
– Otajonim, hayotimiz ancha yaxshilanib qolgan, hammaning o‘ziga yarasha nafaqasi
bor. Biroz o‘zingizga
qarasangiz, ahvolingizni yaxshilasangiz, o‘zingizga yoqadigan,
mazali taomlardan buyursangiz.
Bu gaplarni eshitgan hazrati Umar (r.a.) tutog‘ib ketdilar:
– Hoy, menga qara, shu gaplarni Payg‘ambar alayhissalomning xotini gapiryaptimi?
Axir sen u zotning qanday yashaganlarini boshg‘alardan ko‘ra yaxshiroq bilasan-ku!
Nega endi menga boshqacharoq yashashni taklif qilasan? Bilib qo‘y, men aslo Rasuli
akramning (s.a.v.) yo‘llaridan, sunnatlaridan chiqmayman!
Xafsa binti Umar
otalariga endi gap uqtirib, ko‘ndirib bo‘lmasligini anglab, jim bo‘lib
qoldilar. Chunki bundan avvalroq ham ikkovlarining o‘rtalarida xuddi shu sohada
ko‘ngilsiz gap-so‘zlar o‘tgandi.
O’sha kuni Xafsa onamiz otalarining ziyoratiga kelgandi. Hol-ahvol so‘rashildi, yig‘ilgan
gaplar gaplashildi. Shunda Xafsa roziyallohu anho gap orasida otasiga shunday deb
qoldi:
- Otajonim, bugun xirqa (kiyim)ngizda o‘n ikkita yamoq sanadim. Bu eski kiyimni biror
faqirga berib, yangisini sotib olsangiz bo‘lmaydimi? Axir
Islom olamining xalifasisiz,
oldingizga uzoq-yaqindan turli mehmonlar kelib turadi.
Hazrati Umar (r.a.) qizining kuyunib aytayotgan so‘zlarini eshitib turdi-da, miyig‘ida
bir kulib qo‘ydi:
- Ey mening suyukli qizim! Mana sen Rasuli akramning oilasi bo‘lishga musharraf
eding, u zotga bizdan ham yaqin eding. Rasuli akramning bu o‘tkinchi dunyoga
qanchalik qiymat berganlarini, bu foniy dunyoni nechog‘li xaqir ko‘rganlarini, «Mahshar
kuni men va Abu Bakr bilan bo‘lishni
istasang, yo‘limizdan ayrilma!» deb buyurganlarini
nahotki tushunmasang?! Oxiratda Allohga hisob berish kerakligi uchun ushbu yamoqli
kiyimni kiyib yurganim ma’qul.
Do'stlaringiz bilan baham: