Microsoft Word hadicha ziyouz com doc



Download 263,93 Kb.
Pdf ko'rish
bet28/37
Sana20.06.2022
Hajmi263,93 Kb.
#686024
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   37
Bog'liq
Abdussalom Ashriy. Hadicha binti Xuvaylid r.a.

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
28
19-FASL. QURAYSH ICHIDAGI TANGLIK
Rasululloh bilan Quraysh ahli o’rtasidagi kurash kundan-kunga keskinlashib borardi. 
Rasululloh sallallohu alayhi vassallam da’vatlarini hamon davom ettirardilar. Bu holni 
chetdan kuzatgan Quraysh saidlarining paytavasiga qurt tushardi. Ular tezda biron chora 
ko’rilmasa, bu din chuqur ildiz otib ketishidan qo’rqardilar. Shuning uchun hozirdan 
risolatning payini qirqish kerak, deb o’ylay boshladilar. 
Abu Lahab bilan uning xotini Rasulullohga dushman ekanini ochiq e’lon qilishdi. Ummu 
Jamil 
Х
adicha onamizning ashaddiy dushmaniga aylandi. Rasululloh sallallohu alayhi 
vassallam mushriklar sig’inayotgan butlar biror narsa yaratishga ham, ularning duo-
iltijolarini eshitishga ham qodir bo’lmagan, jonsiz toshlar ekanini bot-bot ta’kidlar edilar.
Qurayshliklar: "But-sanamlarImizni Muhammad masharaladi, ilohlarimizni haqorat qildi", 
deb oyoqqa turdilar, "Muhammadning da’vatiga chek qo’ymasak bo’lmaydi", deb o’zaro 
ahdlashdilar. Shoirlar: "Biz o’z she’rlarimizda uni hajv qilib, ustidan kulamiz; fikrlarini 
haqoratlab, mashara qilamiz; bu she’rlar qo’lma-qo’l tarqalgach, odamlarga ta’sir qilib, 
undan ko’ngli qolishadi", deyishdi. 
Qissa aytuvchilar: "Biz odamlar orasida yurib, ko’hna qissalarni ularga mahorat bilan 
aytib beramiz. Bu qissalar Qur’ondan ko’ra chiroylidir. Va odamlar biz bilan mashg’ul 
bo’lib qoladi", dedilar ishonch bilan. 
Savdogarlar esa: "Uni va unga ergashganlarni tijoratdan surib chiqaramiz. Hayot 
kechirishi qiyinlashgach, ular dinlarini tark etib, eski holiga qaytishadi", deyishdi 
muammoni oson hal qilgandek. 
Abu Lahab Rasulullohga yon qo’shni edi. Bundan foydalanib, ularga tinchlik bermaslikka, 
Х
adicha onamizni bezovta qilishga, oralarini buzishga ahd etdi. 
Х
adicha onamiz Rasululloh sallallohu alayhi vassallamni shijoatlantirib, da’vatlarini 
yoyishda yordam berar, bu yo’lda aslo mol-mulkini ayamas, buni esa Abu Lahab bilan 
xotini yaxshi bilar edi. Johil er-xotin uzaro reja tuzib olishdi. Yaqinda bizga qarshi 
so’zlash qanaqa bo’lishini unga ko’rsatib qo’yaman. Vahiy qanaqa bo’lishini, Safo tog’ida 
Qur’on o’qish nimaligini ko’ziga ko’rsataman, — dedi jini qo’zib Abu Lahab. 
Х
otini ham: 
— Men bilan o’ynashish qanaqa bo’lishini bilmaydi u. 
Muhammad "mening bo’ynimga bog’langan arqon" qanaqa bo’lishini ko’rib, bir 
pushaymon bo’lsin, — deya shang’illay boshladi. U 
Х
adicha onamizning hovlisiga qarab 
tishlarini g’ijirlatar, bor ovozi bilan dodlar edi: 
— Ey 
Х
adicha, yo sen bu yerdan ko’chib ketasan, yoki biz... 
Bugundan boshlab senga tinchlik bermaganim bo’lsin! 
Keyin amaliy ishga o’tishdi. Sahar payti 
Х
adicha onamizning ostonasiga ahlat to’kib 
ketishdi. Rasululloh sallallohu alayhi vassallam tashqariga chiqib, nopok narsalarning 
sochilib yotganini ko’rdilar va 
Х
adicha onamizning oldlariga qaytdilar. 
— Bu ishni qilgan Abu Lahabning xotinidir. 
Х
adicha, bu hali boshlanishi, — dedilar. 
Х
adicha onamiz eshikka chiqib, u yerda sochilib yotgan ahlatlarni ko’rdilar. 


Ilk iymon keltirgan ayol – Hadicha binti Xolid. Abdussalom Ashriy 

Download 263,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish