www.ziyouz.com
kutubxonasi
36
23-FASL. HAMISHA RASULULLOHNING YODLARIDA
Rasululloh
Х
adichadan judo bo’lgach, o’zlarini o’ta yolg’iz his eta boshladilar. Qilgan
yaxshiliklarini, sahiyliklarini, shijoatini eslab, ko’ngillari to’lar edi. G’am-qayg’usi
kuchayib, yuz-ko’zida buning ta’siri sezila boshladi. Mushriklar esa, tabiiyki,
Х
adicha
onamizning vafot etganidan xursand edilar. Bir-birlarini qutlab, "Abu
Т
olib ham,
Х
adicha ham yo’limizdan bartaraf bo’ldi. Endi musulmonlar zaiflashadi", derdilar.
Rasululloh sallallohu alayhi vassallam azadan keyin yana ko’chaga chiqdilar. U kishiga
jinni, esi pastlarni ro’baro’ etishib, masxara qilishdi. Ular Payg’ambarimizning muborak
boshlariga tuproqlar sochib, aziyat berishdi. Rasululloh sallallohu alayhi vassallam
g’amgin holda uyga qaytib keldilar. Bunday paytlarda
Х
adicha tabassum bilan kutib olar,
u zotning g’am-qayg’usini yozishga urinar edi. Hozir ham shuni qumsadilar. Qizlari
Fotima u kishini g’amgin holda ko’rib, shoshib oldlariga keldi. Boshlaridagi tuproqni
tozalab yuvdi. Onasining mehribonchiliklarini eslab yig’ladi. Rasululloh sallallohu alayhi
vassallam ham ta’sirlanib ko’zlariga yosh oldilar. So’ng
Х
adichani duo qildilar. Yetkazgan
ozorlari uchun mushriklarni badduo qilib, Allohdan panoh so’radilar.
Payg’ambarimiz
Х
adicha onamizni hech qachon unutmadilar. Doimo yaxshilik va
mehribonchiliklarini eslab gapirardilar. Musulmonlar ham Rasululloh sallallohu alayhi
vassallamning g’am-qayg’ularini aritishga harakat qildilar. Oxiri u zotni uylantirib
qo’yishga ahd qildilar. Munosib ayol topilsa, Paygambarimizning ko’nglidagi kemtiklik
to’lib, g’am-alamlari arirmidi, degan hayolga borishdi. Va bu haqda so’z ochish uchun u
kishining xuzuriga bir ayolni yuborishdi. Ayol: "Ey Rasululloh
Х
adicha onamizga nisbatan
sadoqatingiz ziyoda bo’ldi. Hatto bu jismingiz va yuzingizga ham ta’sir qila boshladi. Bu
g’amginlikni sizdan aritadigan biror kishi bormi?" deb so’radi. Rasulullohning ko’zlari
yoshlanib: "
Х
adichaga bo’lgan sog’inchimni kim ham ketkaza olardi?! U Allohning
rasuliga yordam qildi. Alloh uchun yashadi va Alloh yo’lida vafot etdi.
Х
onadonimizning
tarbiyachisi va bolalarimning onasi edi", dedilar.
Haligi ayol dedi: "Ayollar orasida u kishining o’rnini bosadigani yo’qmi? Ey Allohning
elchisi, hech bo’lmasa, mehr-oqibati, fazilatlari bilan uni eslatadigan ayol yo’qmi?"
"Koshki ayollar orasida Allohni rozi etadigani va Rasulini ma’mnun qiladigani bo’lsa",
dedilar va suhbat asnosida uylanishga rozi bo’ldilar. So’ng sovchi qo’yib, uylandilar.
Lekin xotinlaridan hech biri
Х
adicha onamizdek bo’la olmadi. Rasululloh sallallohu alayhi
vassallam hamisha u kishini ehtirom bilan yodlar, qumsar edilar. Qizlari orasida Ruqiyani
boshqacha yaxshi ko’rardilar. Chunki u onasiga juda o’xshab ketardi.
Х
adicha
onamizning chiroyi unga utgan edi. Onasining imo-ishoralari, gap-so’zlari,
tabassumlarini Ruqiya takror yashar edi. Doimo uni duo qilardilar...
Ruqiya ham vafot etganida Rasululloh ko’zyosh to’kib, qattiq qayg’uga cho’kdilar.
Suyukli qizlarini o’z qo’llari bilan dafn etishni o’ylab iztirobga tushdilar. Bir muncha vaqt
uydan chiqmay qo’ydilar. Ha, Rasululloh ul mo’tabar ayolning yodini qutlug’ bildilar.
O’rni kelganida,
Х
adicha onamizni eslar, maktab namuna qilib ko’rsatar edilar. Uning
haqiga ko’p duo qilardilar. Bir kuni xotinlaridan biri
Х
adicha onamizga bo’lgan
muhabbatlari tufayli Payg’ambarimizni rashk qildi, "Qarisini olib, Alloh sizga undan
yaxshirog’ini bermadimi?" dedi. Yuzlaridan Rasulullohning achchiqlanganlari bilindi.
"Allohga qasamki, uni yaxshirog’iga almashtirgani yo’q! Odamlar kufrga botganda, u
Ilk iymon keltirgan ayol – Hadicha binti Xolid. Abdussalom Ashriy
Do'stlaringiz bilan baham: |