Ilk iymon keltirgan ayol – Hadicha binti Xolid. Abdussalom Ashriy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
32
nafrat bilan to’lgan edi. Hovli musulmonlarning qarorgohiga aylandi. Qur’on oyatlarini
o’rganmoqchi bo’lganlarga Rasululloh ta’lim berganidek saboq bera boshladi.
Musulmonlar ancha bexovotir bo’lib qoldilar. Ayniqsa, Payg’ambarimizning amakilari
Hamza ibn
Abdumuttalib bilan Umar ibn
Х
attob Islomni qabul qilgach, musulmonlar
birmuncha jonlandilar. Ular bilan din ham quvvatlandi.
Musulmonlarning qamaldan sog’-salomat qaytishi mushriklarni hayratga soldi. Ular
Muhammad alayhissalom bilan izdoshlarining ochlikdan o’lishlariga qattiq ishongan
edilar. Musulmonlardan qutilib, tinchgina yashaymiz, deb o’ylashgan edi.
Lekin Alloh
taoloning qudrati bilan qamal tugadi. Musulmonlar undan eson-omon chiqdilar. Bu xabar
butun arab jazirasiga tarqaldi. Hammaning og’zida shu gap, hamma hayron edi. Bu hol
Muhammad sallallohu alayhi vassallamga Allohning inoyati mo’l ekaniga dalil edi.
Parvardigori u zotning duolarini qabul qilganini barcha e’tirof etdi. Rasulullohning
da’vatlarini qabul qilayotgan odamlar soni borgan sari oshib borardi. Ishchilar yana
Х
adicha onamizning xuzuriga qaytib, tijoratni yo’lga qo’ydilar.
U kishi Islom nuri shiddat
bilan yoyilayotganidan hursand edilar.
Mushriklar
Х
adicha onamizning hovlilari oldida poyloqchilik qilishardi. Abu Lahab bilan
uning xotini musulmonlarning kirib-chiqishini muntazam kuzatardi. Ularga yaqinlashib,
o’z adovatlarini namoyon qilishardi. Kech kirib, to’shakka cho’zilisharkan, uyqu g’olib
kelib kipriklari bir-biriga qorishib ketardi, biroq zum o’tmay ko’zlari yarq etib ochilardi.
Ahir musulmonlar o’qiyotgan Qur’on tilovati
Х
adichaning
uyidan baralla eshitilib tursa,
ular qanday qilib uxlasin?! Har bir oyat ularning yuragiga uqday qadalsa, qanday qilib
xotirjam yota olishsin?!
Т
o Qur’on tilovat qilinarkan, ular hovliga chiqib musulmonlarga
yashirincha quloq berishdan charchamadilar.
Bir kecha
Х
adicha onamizning hovlisida tonggacha suhbat davom etdi.
Abu Lahab va
xotini ham uxlay olmasdan ularni poylab o’tirishdi.
Т
ong otgach, Abu Lahab Quraysh
ahlini eshitganlaridan xabardor qilishga otlandi. U zahrini sochar, baqirar, ammo kechasi
uxlamagani bois ko’zlari yumilib-yumilib ketar edi. "Ey qavmim! Qachongacha jim
turamiz? Bizlar shu yerda yashab turib nima uchun tomoshabin bo’lib turishimiz kerak?!
Т
oqatimiz toq bo’ldiku. Sabr kosamiz to’ldi. Biron yo’lini qilaylik, axir!"
Uning jazavasi tutib baqira boshladi. Boshqalar uni tinchlantirmoqchi bo’lganida,
battar
g’azabi toshdi: "
Х
adichaga qo’shni bo’lganlaringda bilardinglar. Ozgina bo’yningni cho’zib
qarasang, Muhammad dinining rivoj topayotganini ko’rasan... Imkoniyatni boy
beryapmiz. Jim turishimiz, so’kib harakat qilishimiz foyda bermadi. Qamal qilishimizdan
ham naf bo’lmadi. So’nggi nafasimizgacha kurashamiz".
Ular dan biri "Ey Abdul Uzzo, axir Muhammad akangning o’g’liku", dedi. U burilib:
"Qarindoshlikni uzdik. Muhammad bilan oramizda bog’liqlik qolmadi. Muhammadning
dastidan Abu
Т
olib bilan ham aka-ukalikni uzdim.
Х
ohlagan ishlaringni qilaveringlar.
Nima bo’lganda ham, bu alangani o’chirish kerak. U Makkadan
boshqa taraflarga ham
yoyilayotganini ko’rmayapsanlarmi? Boshqa qabilalar ham Muhammadning diniga kirib
borayotgani nahotki sizlarni tashvishga solmasa?! Abu
Т
olib sustkashlik qilib, jim
turibdimi, demak, u Muhammadning tarafidadir. Axir, u ular bilan vodiyga borganini
ko’rmadilaringmi?! Undan tag’in nimani kutyapsizlar? Bu kasallik
Х
adichaning uyida ildiz
otib,
tobora kattalashmoqda, — u bir oz sukut saqlarkan, yana g’azab bilan davom etdi,