www.ziyouz.com kutubxonasi
68
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
aytdilar: «Men jannat eshigini birinchi bo‘lib ochuvchi shaxsman. Faqat bir ayol mendan
ildamroq ekanini ko‘raman. Undan: «Sen kimsan?» deb so‘rayman. U: «Men
yetimlarimga qarab o‘tirgan ayolman», deydi» (Abu Ya’lo rivoyati).
Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadilar: «Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi
vasallamga qalbi qattiqligidan shikoyat qildi. U zot sollallohu alayhi vasallam: «Yetim
boshini sila va miskinga taom ber», dedilar» (Ahmad rivoyati, sahih hadis).
Hikoyat
Salaflardan biri hikoya qiladi: «Men ilgari gunoh ishlarga, ichkilikka berilgan edim. Bir
kuni muhtoj yetim bolani uchratib qoldim. Uni uyimga olib kelib, qornini to‘ydirdim,
hammomda cho‘miltirib, sochlarini olib, kiyim kiydirdim. Qisqasi ota o‘z farzandiga
marhamat ko‘rsatganiday, balki undan ham ziyodaroq marhamat ko‘rsatdim. Shundan
so‘ng kechasi uxladim. Tush ko‘rdim. Go‘yoki qiyomat qoim bo‘libdi. Men hisob-kitobga
chaqirildim va qilgan gunohlarim tufayli do‘zaxga hukm qilindim. Zaboniyalar (azob
farishtalari) meni do‘zaxga sudrab keta boshladilar. Ularning qo‘llarida men zaif, haqir
edim. Shu payt yo‘lda haligi yetim ro‘baro‘ keldi va: «Ey Rabbimning farishtalari, uni
qo‘yib yuboringlar. Men Rabbimdan unga shafoat tilayman. Zero, u menga yaxshilik qildi
va marhamat ko‘rsatdi», dedi. Farishtalar: «Bu bizga buyurilmagan», deyishdi. Shu payt
Alloh taolo tarafidan: «Uni qo‘yib yuboringlar. Yetimga yaxshilik qilgani va yetim shafoati
sababli unga so‘ragan narsalarini berdim», degan nido keldi. Keyin uyg‘onib ketdim-da,
Alloh azza va jallaga tavba qildim va butun kuch-g‘ayratimni yetimlarga marhamat
ko‘rsatishga sarfladim».
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning xodimlari Anas ibn Molik roziyallohu anhu
aytganlarki: «Uylarning yaxshisi unda yetim bo‘lib, unga yaxshilik qilinadigan uydir.
Uylarning yomoni unda yetim bo‘lib, unga yomonlik qilinadigan uydir. Alloh taologa
bandalarining eng suyuklisi yetim yoki bevaga yaxshilik qilgan kishidir».
Rivoyat qilinishicha, Alloh taolo Dovud alayhissalomga: «Ey Dovud, yetimga mehribon
otadek, bevaga shafqatli erdek bo‘l. Bilginki, nima eksang shuni o‘rasan», deb vahiy
qilgan.
Ya’ni, boshqaga qanday munosabatda bo‘lsang, senga ham shunday munosabatda
bo‘lishadi. Bir kun kelib sen ham vafot etasan va yetim farzanding yoki beva ayoling
qoladi.
Dovud (a.s.) o‘z munojotlarida: «Ey Ilohim, roziligingni istab yetim va bevani qo‘llab-
quvvatlagan kishining mukofoti nima?» deb so‘ragan edilar, «Mukofoti – soyamdan o‘zga
soya yo‘q kunda soyamga olishimdir», deya javob berdi.
Ma’nosi, qiyomat kunida arshim soyasida bo‘ladi, deganidir.
Hikoyat
Alaviylardan biri Balxda istiqomat qilar edi. Uning xotini ham alaviy bo‘lib, qizlari bilan
rohat-farog‘atda yashar edi. Kunlardan bir kuni u vafot etdi va xotini-yu qizlari
Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy
Do'stlaringiz bilan baham: |