Navoiy davlat konchilik instituti
akademik litseyi
11 oktabr – Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan o`tkaziladigan
“O`ZBEGOYIM QIZLARI”
deb nomlangan
tadbir ishlanmasi.
Navoiy – 2021
“TASDIQLAYMAN”
NDKI akademik litsey ijrochi direktori
F.R.Tadjitdinova -----------------
“____”____________ 2021 yil
Navoiy davlat konchilik instituti akademik litseyi Xotin –qizlar maslahat kengashi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Oliy va O`rta maxsus ta`lim vazirligining 11- oktyabr - “Xalqaro qizlar kuni” munosabati bilan “O`zbegoyim qizlari” mavzusida o`tkazilgan ma`naviy-ma`rifiy tadbir
ISHLANMASI №
(Tadbir 2021 yil 11 oktabr kuni ta`lim muassasasining 3 etaj fayesi va ARM zalida bo`lib o`tadi. Ta`lim muassasasining 3 etaj fayesi va ARM zali “Qizlarjon” va “Zulfiyaxonim qizlari” to`garagi ishtirokchilarining ijodiy ishlari bilan bayramona ruhda bezatilgan.Zalning chap tomonida burchak tashkil qilingan.O`qituvchi va o`quvchilar ko`tarinki kayfiyatda yig`ilishgan. Ekranda slayd namoyish etilib,musiqa sadolari ostida kecha boshlanadi.)
Boshlovchi qiz:
Qizi yo`qning oysiz xomush osmoni,
Qizi borning qasrdir xonadoni,
Shu mungligu , shu mushtipar parvonang,
O`g`ling yo`ling,qizing ko`ngling sultoni!
Assalom-u alaykum, muhtarama mehmonlar, aziz va latofatli opa- singillar , go`zal dugonajonlar ! bugun 11- oktyabr - “Xalqaro qizlar kuni” dir.Ana shu munosabat bilan litseyimizda “O`zbegoyim qizlari” mavzusida ma`naviy-ma`rifiy tadbir o`tkazilmoqda. Xush kelibsiz !tadbirimizga. Tabrik uchun So`z navbatini akademik litseyimiz Xotin qizlar masalalari bo`yicha maslahat kengashi maslahatchisi Ernazarova Nilufar Umarovnaga beramiz,marhamat!
N.Ernazarova:
Assalomu-alaykum aziz va qadrli ustozlar ,dilbar ayollar,go`zal va latofatli qizlarjonlar.Bugun litseyimizda shodiyona , 11- oktyabr - “Xalqaro qizlar kuni” bayram sifatida nishonlanmoqda.
BMT Bosh Assambleyasining 2011 yil 19 dekabrdagi rezolyusiyasiga asosan, 11 oktyabr “Xalqaro qizlar kuni” deb e’lon qilingan. BMTga a’zo davlatlar, xalqaro tashkilotlar, fuqarolik jamiyatining turli tuzilmalariga ushbu kunni keng miqyosda nishonlash, shuningdek butun dunyoda qizlarning hayot tarzi, yashash sharoitlari, huquq va rkinliklari bilan bog‘liq holatlarni o‘rganish tavsiya etiladi. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda 15–19 yosh oralig‘idagi har to‘rt nafar qizdan biri ishlash, o‘qish va kasbiy tayyorgarlik imkoniyatiga ega emas.Biroq bizning yurtimizda xotin qizlarga bo`lgan munosabat davlat siyosati darajasida muhimdir. “Xalqaro qizlar kuni”ga 2011 yil 11 oktyabrda BMTning Bosh assambleyasida asos solingan va bu sana har yili butun jahon bo‘yicha qizlarning kamsitilishi, ularning ijtimoiy muammolariga e’tibor qaratish maqsadida nishonlanib kelinmoqda.
Ma’lumki, yurtimizda ham millat davomchilari bo‘lmish qizlarni ma’rifatli qilib voyaga etkazish masalasiga alohida e’tibor qaratilayotgani, xususan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyuldagi “YOshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi, 2018 yil 2 fevraldagi “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonlarida qizlarni har tomonlama etuk, yuksak axloqli, bilimli va milliy qadriyatlarga hamda ona Vatanga sodiq farzandlar qilib tarbiyalash vazifasi belgilab berilgan.
Bu haqida :“YOsh qizlarimizni asrab-avaylash, ularga to‘g‘ri tarbiya berish, xalqimizga munosib farzandlar etib kamolga etkazish uchun davlat va jamiyat o‘z zimmasidagi barcha ishlarni bajaradi.” –deya ta`kidlaydilar muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich.
“Xalqaro qizlar kuni” munosabati bilan tashkil etilgan bugungi tadbirimizda ham yuqoridagi vazifalar ustuvor qilib belgilangan.
Boshlovchi: Tabrik uchun So`z navbatini akademik litseyimiz ijrochi direktori Tadjitdinova Feruza Raxmonqulovnaga beramiz,marhamat!
-Slayd namoyish etiladi.
Boshlovchi: bugungi tadbirda iqtidorli qizlarimiz 4 yo`nalish bo`yicha bellashadilar.
1.Kitobxon qiz tanlovi- bunda qizlarimiz "Dunyoning ishlari" asari boyicha savol-javob asosida bilimlarini sinaydilar va o`zlari yozgan she`r ,hikoya,maqolalarini yozma nusxada taqdim etadilar (Ochilova M va R.Payzullayevalar o`tkazadilar)
2.Tarjimon qiz tanlovi - bunda qizlarimiz "Men Havas qiladigan ayol. Mavzusida taqdimot. Rasmlar slaydlar orqali. 4-5minutlik - shartida bilimlarini ingliz, fransuz ,nemis tillarida sinashadi.
(Akobirova K va K. Yakubovalar o`tkazadilar)
3.Ijodkor qiz tanlovi- bunda qizlarimiz to`quvchilik,tikuvchilik,qo`l ishlari va rassomchilik iqtidorlari bo`yicha 3 etaj fayesida o`z ko`rgazmalarini tashkil etadilar va baholanadilar.
(Axmedova X,Xamrayeva.G va Z. Axmedova o`tkazadilar)
4.Insho tanlovi- "Men sevgan kasb " mavzusida insho yoziladi.( Jabborova N va X.Toshovalar o`tkazadilar)
Qiz yo'q uyda sarin sabo esmaydi,
Qiz yo'q uyda janbil-rayhon o'smaydi.
O'g'illarning ota bilan ishi yo'q,
Qiz otasin har qadamda eslaydi.
Ko'zlariga surgay yurgan izingiz,
Qay o'g'ildan ayting kamdir qizingiz...
Qiz yo'q uyda tonglar erta otmaydi
Tomda oftob,ayvonda oy yotmaydi
-raqs ijro etadi 2 E-19 guruh qizlari.
Boshlovchi:
O'g'il qanday do'st bo'ladi bilmadim,
Qiz do'st bo'lsa siringizni sotmaydi.
Og'ir kunda jovdiratmas ko'zingiz,
Qay o'g'ildan ayting kamdir qizingiz...
Umr daryo, tolega kim kafildir,
Qizning borar joyi bo'lak sohildir.
Qiz dardiga yetmaganlar g'ofildir,
Qiz bor uyda bordir yuzingiz,
Qay o'g'ildan ayting kamdir,qizingiz...
Do'stlaringiz bilan baham: |