G’aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
www.ziyouz.com
кутубхонаси
16
Bundan u juda mamnun. Har safar javobidan keyin: «Ofarin, Ahmad!» deb qo'yadi, so'ngra:
— Sizlar ham hayotda mana shunday fidoyi bo’linglar, bolalar! — deb butun sinfga o'git beradi.
Kunlardan birida shu mavzuda qattiq tortishib qoldik.
O'qituvchining ko'ngliga qarab javob beraverish meni nihoyatda zeriktirib yubordi. Bir hikoya aytib
bergan edi, shuni o'z bilganimcha ta'riflamoqchi, bu haqda o'zimning fikrimni bildirmoqchi bo'ldim.
Bunisi ham fidoyilik haqida edi. Men senga uning qisqacha mazmunini gapirib beray.
Urush payti. Qishloq maktabi. Qishloqda bizning askarlarimiz turibdi.
Bizlar tengi bir bola
dushmanni ko'rishi bilan askarlarimizga xabar qilishi kerak. U shu haqda topshiriq oladi. Bola bir
daraxtga chiqib olib, kuzatib turadi. Uzoqdan dushman ko'rinadi. Bolakay shosha-pisha yerga tushib,
qishloq tomonga yuguradi. Yo'lda o'q yeb yaralanadi. Ammo shunga qaramay chopib ketaveradi.
Qishloqqa
yetib olgach, komandirga dushman kelayotganini aytadi va yiqiladi. Shu yerning o'zida joni
uziladi.
—
Qani, Ahmad, tur o'rningdan, — dedi o'qituvchi odati bo'yicha. — Xo'sh, bu hikoyaning biz
uchun qanday tarbiyaviy ahamiyati bor?
—
Oldin bitta savolim bor, afandim, — dedim o'rnimdan turib. — Shu voqea chindan ham
bo'lganmi o'zi yoki fidoyilikka namuna sifatida uni kattalar ichidan to'qiganmi?
O'qituvchi mendan buni kutmagan edi. Shuning uchun ancha dovdirab qoldi.
Nima deyishni
bilmay biroz o'ylanib turgach:
— Bu bilan nima demoqchisan?— dedi jahl aralash. — Birov buni ichidan to'qiganmi yoki bo'lgan
voqeami — senga buning nima daxli bor?
—
Agar shu bo'lgan voqea bo'lsa ishonish qiyin.
—
Nimaga?
—
Dushmanni kuzatib turish — bu muhim topshiriq. Kelib-kelib o'n bir yashar bolaga shu ish
topshiriladimi? Nima, boshqa odam yo'qmidi? Men shunisiga hayron bo'lib turibman. Qolaversa,
bolalarning kelajagi uchun hayot-mamot jangi ketayotgan bir paytda yosh bolaga harbiy topshiriq
berib, uni...
—
Bu
shunchaki badiiy bir hikoya, albatta, — dedi o'qituvchi so'zimni bo'lib. Keyin butun sinfga
murojaat qildi: — Xo'sh, Ahmadning gapi to'g'rimi? Sizlar nima deysiz?
Qiy-chuv ko'tarildi. «Noto'g'ri, noto'g'ri», degan ovozlar eshitildi.
Chingiz degan bola dik etib o'rnidan turdi.
— Bizlar ham fidokor bo'lmog'imiz kerak, afandim. Hikoya bizni shunga o'rgatadi.
Xuddi aqlli gap aytganday kerilib menga qarab qo'ydi.
Mening yonimni olgan yolg'iz Damir bo'ldi.
— Men ham Ahmadning fikriga qo'shilaman, afandim.
O'qituvchi yana butun sinfga yuzlandi:
— Qani, aytinglar-chi, nima uchun Ahmad bilan Damirning fikri boshqa?
Chingiz yana sapchib turib, chiyillab ketdi:
— Ularga
tekkan kasal bu, afandim. Doim o'zlarini ko'rsatmoqchi bo'lishadi.
Shu payt tanaffusga qo'ng'iroq chalinib qoldi.
— Bu haqda tanaffusdan keyin yana gaplashamiz - dedi o'qituvchimiz chiqa turib.
Zaynab, rostini aytsam, shu topda qo'ng'iroq chalinib qolganiga juda suyundim. Aks holda qizishib
ketib, o'qituvchimizga biror og'ir gap aytib qo'yishim ham mumkin edi.
Darsdan chiqdik. «Ha, bilag'on, qalaysan endi!» — dedi Chingiz kesatib. «Bedavo kasalga
yo'liqqan!» — deb Salima yana yaramga tuz sepdi.
Kim biladi, balki chindan ham katta
ketvorgandirman. Ammo hikoyaning o'zi menga yoqmagan bo'lsa nima qilay axir...
Fidoyilik haqida juda ta'sirchan qilib yozilgan edi u aslida. Hikoya hammamizga shu qadar singib
ketibdiki, katta tanaffusda hovliga chiqib «urush-urush» o'ynadik. Bolalar daraxtlarning tepasiga
chiqib olishdi. O'sha yerdan turib dushmanga qarata pulemyotlardan tarillatib o't ochildi.
Hovlidagi
daraxtlar bizga kamlik qilib qoldi. Ba'zilarimizga kuzatish nuqtasi yetmadi. Men derazadagi panjaraga