Microsoft Word garoyib bolalar ziyouz com doc



Download 437,9 Kb.
Pdf ko'rish
bet60/75
Sana12.05.2022
Hajmi437,9 Kb.
#602394
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   75
Bog'liq
@Kitobxonuz- G aroyib bolalar

www.ziyouz.com
кутубхонаси
60
Oyim qo'ni-qo'shnidan likopcha, stakan, dasturxon topib chiqdi. Shanba kuni esa erta bilan 
oshxonaga kirib olib, pishiriq bilan ovora bo'ldi. 
Yakshanba kuni dadam juda erta turdi. Dam olish kunlari bemalol uxlardi, shuning uchun hayron 
bo'ldim. 
— Mehmon shunaqa erta keladimi, dada? 
— Mehmon kelarkan, deb barvaqt turganim yo'q, o'g'lim. 
Nonushtadan keyin dadam derazaning oldiga o'tirib oldi. Ikki ko'zi ko'chada. Dam-badam o'rnidan 
turib ketadi-da: 
— Bu xumpar qayoqda qoldiykin? — deb g'ijinib qo'yadi. 
Oyim dasturxonni tuzab qo'ydi. Shundoq bo'lsayam oshxona bilan uyga zir yugurib, kam-ko'stini 
qidirdi. Dadam fig'oni oshib uyda gir aylanib yurgan edi, birdan ko'cha tomondan mashinaning signali 
eshitildi. 
— Ana, keldi! Yuguringlar! Eshikni ochinglar! Nimaga qaqqayasanlar?! Tezroq bo'lsalaring-chi! — 
bo'kirib berdi dadam. O'zi esa boshini derazadan chiqarib, ko'chaga mo'raladi. Dadamning ovozidan 
qo'rqib ketgan oyim jonholatda eshikka qarab yugurdi. Ochib qarasaki, hech kim yo'q. 
Oyim ikki kundan beri Fato'shning qulog'iga gap quyadi. Mehmonning oldida uni qil-u buni qilma, 
degan mazmunda. Oyimning odob darslariyam nuqul men bor paytda o'tadi. Buning bir chekkasi 
menga ham tegishli bo'lsa kerak-da. 
Mana, Fato'sh yasanib olgan. Oyim menga sekin ko'z qirini tashlab qo'ydi-da, yana nasihatga 
o'tdi. 
— Mehmon borida odob saqlab o'tirgin, oppoq qizim. Birovning oldida og'izga qo'l tiqib bo'lmaydi. 
Innaykeyin, yerga tushgan narsani og'zingga solma. Ha, qulog'ingda bo'lsin. Yo'talmoqchi bo’lsang, 
og'zingga qo'lingni tut. Yana shuni bilib qo'yki, mehmonning oldida nonni butunlay ushlama, keragini 
ushatib ol. Xo'pmi, do'mbog'im? Yana men senga aytsam, birov seni chaqirib qolsa, «ha» deb 
o'tirma-gin. Uyat bo'ladi. «Ha» degan so'zni zinhor og'zingga olma. 
— Bo'lmasa nima deyishim kerak? 
— Begona odamning oldida «ha» desa, ayb bo'ladi. Labbay, deb javob berish kerak. 
Oyim har zamon-har zamonda menga ko'z qirini tashlab qo'yadi. Bundan uncha ko'ngli to'lmadi 
shekilli, shart etib menga o'girildi. 
— Mehmonga bir nima demoqchi bo'lsang, oldin «afandim» degin, o'g'lim. Gaping tugagandan 
keyin ham «afandim» deb qo'shib qo'y. Xo'pmi? 
Derazaning tagida xo'jayinini oq qilib o'tirgan dadam birdanga: «Ana, keldi!» deb qichqirganicha 
eshikka otildi. Oynadan mo'ralab qaragan edim, eshigimizning oldida turgan yaltiroq mashinaga 
ko'zim tushdi. Usti qizil rangga bo'yalgan ekan. 
Sal o'tmay dadamning: 
— 
Buyursinlar, afandim... Rosa bizni muntazir qildingiz-da, taqsir... Qani, qani, ichkariga 
marhamat qilsinlar, afandim... Qadamlariga hasanot, — degan ovozi keldi. 
Koridorga chiqdim. Dadam mehmonni yechin-tirib, palto bilan shlyapasini qoziqqa ilib qo'ydi. 
Bundoq qarasam, dadamning xo'jayini sirayam men o'ylagan devga o'xshamas ekan. Kichkinagina, 
xush-tabiat odam ekan. Dadam bu kishini nega yoqtirmay yurganiga, hozir bo’lsa atrofida bunchalik 
aylanib-o'rgilishiga tushunolmay hayron bo’ldim. 
Fato'sh mehmonning qo'lidan o'pib salomlashdi. Men u bilan qo'l berib so'rashgan edim, dadam: 
— Amakingning qo'lini o'pmaysanmi, o'g'lim, — deb qoldi. Noiloj o'pishga majbur bo'ldim. 
Dadam xo'jayini bilan gapga tushib ketishdi. Saldan keyin oyim ularni dasturxonga taklif qildi. 
— Yo'q, ovora bo'lmang, ovqatga turmayman, — deb mehmon uzr so'radi. 
Ana, xolos. Oyim shuni deb necha kundan beri tipirchilab yurgan bo’lsa-yu, bu kishi ketaman deb 
turib olsa! Lekin dadam bo'sh kelmadi — xo'jayinini bilagidan tortib, zo'rg'a dasturxonga o'tqazdi. 
Dadam bilan oyim tipirchilab turgani uchun men ham o'zimni yo'qotib qo'ydim. Yuragim po'killab 
ura boshladi. Bir payt dadam stoldagi stakanlarga suv quyib uzat, deb buyurgan edi, qo'limdagi 


G’aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin 

Download 437,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish