www.ziyouz.com
кутубхонаси
43
— Ho'v zang'ar, bizning uyimizda hech kim bunaqa demaydi-ku! — deb baqirib berdi. Hamma
kulib yubordi. Dadamning o'ziyam noiloj iljayib qo'ydi.
Mehmonlar tarqalishgach, dadam meni yomon koyib berdi.
— Men qaydan bilay. To'g'ri ko'ngilda so'rayapsizlar, deb o'ylabman, — dedim o'zimni oqlamoqchi
bo'lib.
Xatim yana cho'zilib ketdi, Zaynab. Bu gal qisqaroq yozmoqchi edim, ilojini qilolmadim.
Yozgi kanikulda Istanbulga kelmoqchimisan? Kelib qoisang, ko'risharmiz. Senga havasim keladi —
Anqarani ham ko'rding. Men bo'lsam hali Istanbuldan chetga chiqqanim yo'q.
Senga salomatlik tilagan holda xatimni tugataman.
Ahmad Tarbay.
Vatanparvar bo'linglar
Anqara, 14-yanvar, 1964-yil.
Ahmad qardosh!
Kanikulda Istanbulga borish-bormasligimni so'ragan ekarsan. Dadamga otpuska tegmaydi. Yangi
joyga ishga kelganiga hali bir yil to'lgani yo'q. Shuning uchun u oyim ikkovimizni yolg'iz yubormoqchi.
Agar boradigan bo'lsak, Istanbulda bir oy turamiz. Lekin hali aniq emas. Dadamni yolg'iz tashlab
ketishga oyimning uncha ko'ngli yo'q. Bizsiz qiynalib qolishi mumkin. Mabodo borsak, xolamnikida
to'xtaymiz. Seni o'zim topib olaman.
Yaqinda men yomon bir ish qilib qo'ydim. Gapirib bermasam bo’lmaydi. Hozircha bundan faqat
Metinning xabari bor. Sababi — u ham menga sherik bo'lgan. Sen sirni bilgan uchinchi odamsan.
O'tgan yakshanba kuni buvamlarning uyiga mehmonga borgan edik. Ancha olisda turishadi.
Buvam qarib qolganlar, shuning uchun yuqori qavatga chiqolmaydilar. Uylari ham ikkinchi qavatda,
ijarada turishadi. Aslida ularga birinchi qavat munosib edi-yu, lekin o'zlari bopi topilmadi. Hozirgi
turgan kvartiraga o'n sakkiz zinani bosib chiqishadi. Men o'zim sanagan emasman-u, lekin buvam har
ikki gapning birida: «Yana o'n sakkiz chog' zina bosdim. Dam ola-ola, zo'rg'a ko'tarildim», deydi.
Nega zinadan gapirganimni keyin bilasan. Yaxshiyamki, buvam eng balanddagi kvartirada turmaydi.
Aks holda, o'sha kuni hamma gazetalar falon joyda katta baxtsiz hodisa ro'y berdi, deb yozib chiqqan
bo'lardi...
Opamning dugonalari kelishi kerak ekan, shuning uchun u uyda qoldi. Dadam, oyim, Metin va
men avtobusga tushib, buvamlarnikiga bordik. Buvam tayyorgarlik ko'rib qo'ygan ekan, bizni
yaxshilab ziyofat qildi. Ovqatdan keyin buvam bilan dadam ro'para o'tirib olib, qahvaxo'rlikni boshlab
yuborishdi. Men ularning qahva ustida gaplashib o'tirishlarini yoqtiraman. Shuning uchun yonlaridan
jilmadim. Xonada uchovimiz qoldik. Gazeta o'qiyotgan bo'lib o'tiraver-dim. Ikki qulog'im ularda.
Ba'zan boshimni ko'tarib, sekin qarab ham qo'yaman.
Buvam siyosatga qiziqadigan odain. Dadam bilan ikkovlari yolg'iz qolishsa, nuqul shundan bahs
qilishadi. Buvamning yana bir odati bor — ovqatdan keyin uni mudroq bosadi. O'zi qaliva ichib
o'tirgan bo'lsayam, ko'zi yumilib ketaveradi. Bunday paytlarda u dadamdan siyosat bobida bir nimani
so'ragan bo'ladi. Dadam bilganicha gapirib berayotganida buvamning ko'zi ilinadi. Buni ko'rib, dadam
jim bo'ladi. Ammo joyidan jilmay o'tiraveradi. Buvamning boshi shilq etib tushadi yoki yonboshiga
qiyshayadi. Ba'zan esa bemalol orqasiga yastanib oladi. Sal o'tmay xurragidan o'zi cho'chib ketadi.
— Xo'-o'-sh... Keyin nima bo'ldi?
Shunaqada dadam o'rnidan turib ketgan bo’lsa, qattiq ranjiydi, meni behurmat qildi, deb ko'ngli
ozor topadi. Shuning uchun buvam o'tirganida dadam uning oldidan bir qadam ham jilmasligi shart.
Mabodo pinakka ketishdan oldin o'zi gapirayotgan bo’lsa, ko'zini ochar-ochmas:
— Xo'sh, nima deb turgan edim? — deya so'rab qoladi.
Dadam bunday kezlarda hushyor bo’lishi, gap qa-yerda chala qolganini aytib berishi lozim. Agar
G’aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Do'stlaringiz bilan baham: |