www.ziyouz.com
кутубхонаси
44
qittay yanglishib qolsa, buvam darhol:
— Yo'q, yo'q, buni gapiruvdim... Xo'sh, nima deyayotgan edim? — deb qoladi.
Ba'zan gap qayerda chala qolganini bilmay ikkovlari tortishib qolishadi. Men hamisha ularning
gap-so'zlarini huzur qilib eshitaman.
— Xo'-o'-sh, keyin nima bo’ldi?
Dadam kelgan joyidan ulab ketadi. Bir iahza o'tmay, yana buvamning kallasi qiyshayib qoladi.
Katta tanaffus bir soatga yaqin davom etadi. Buvamning o'zlari buni mizg'ib olish, deb ataydilar.
— Sen bemalol gapiraver, ko'zim yumuq bo’lgani bilan qulog'im ochiq, — deb ora-sira gap tashlab
ham qo'yadilar.
Mana, hozir ham miriqib qahva ichib o'tiri-shibdi.
— Xo'sh, olamda nima gaplar bor? Mamlakatda ahvol qalay? — so'rab qoldi buvam.
Dadam endi gapini boshlagan ham ediki, buvam pishillab qoldi. Kallasi shilq etib bir tomonga
qiyshaydi. Shu ondayoq seskanib uyg'onib ketdi, ko'zi ketganini sezdirmaslik uchun:
— Juda soz... Bunday vaziyatda nemislar nima qilarkin? Xo'sh, nima deb o'ylaysan? — deb qo'ydi.
Nemisning nima aloqasi bor bunga — hayron bo’ldim. Lekin savolga javob berish kerak. Dadam
nemisni ham tirkab ketdi.
— Ha, endi nemislar ilgarigidan ancha taraqqiy etgan. Chunki ular...
Shu joyga kelganida xonada xurrak eshitildi. Dadam gapini chala qoldirib, qo'liga gazeta oldi.
Buvam yana ko'zini ochdi.
— Amerikaliklarning munosabati qalay?
O'zimni arang bosib o'tiribman. Sal bo'sh qo'ysam, kulib yuboraman. Dadam jiddiy javob berdi:
— Amerikaliklar dunyoga hukmron bo'laman deydi. Amerika armiyasi...
Ba'zan buvam odamning yetti uxlab tushiga kirmagan savollarni berib qoladi:
— Rim papasi nima deydi? Qani, gapiraver...
— Rim papasimi? Papa nima ham derdi... O'sha ilgarigi...
Buvam mizg'ib bo'ldi shekilii, harholda mavzu o'zgarib qoldi. Endi uning o'zi gapga tushib ketdi.
Buvam Turkiyani rivojlantirish uchun nimalar qiiish kerakligi haqida gapirdi. Buning uchun asosan
qishloq xo'jalik mahsulotlarini chetga sotish lozim ekan. U yana ko'p gaplarni aytdi. Oxiri xunobi
oshdi.
— Chig'anoq nima degan gap? Chetga chig'anoq sotish bilan yurtni obod qilib bo’larmidi? Axir bu
chig'anoq...
Dadam yana gazeta o'qishga majbur bo'ldi. Saldan keyin buvam ko'zini ochdi.
—
Ha, nima deyayotgan edim?
—
Chig'anoqdan gapirayotgan edingiz.
—
Qanaqa chig'anoq?
—
O'zimizning chiqanoq-da. Chetga sotyapmiz-ku, o'sha.
—
Ha, to'g'ri, esimga tushdi. Chig'anoq... Chetga chig'anoq chiqarish bilan ish bitmaydi. Biz sifati
o'tkir tamaki, paxta, bodom sotishimiz lozim... Innaykeyin, g'alla ham... Axir yurtimiz g'allaga,
tamakiga, bodomga kon-ku. Bodomchilik...
Kallalari yana qiyshayib qoldi.
— Qayerda to'xtab qoluvdim? — so'radi buvam anchadan keyin o'ziga kelib.
—
Bodomchilik masalasida.
—
Ha, to'g'ri. Bodom masalasida...
Shu payt eshik taqillab qoldi. Borib ochdim. Kiyim-boshi durustgina keksaroq bir kishi buvamni
so'radi. Uyga boshlab olib kirdim. Buvam mehmonga peshvoz chiqdi.
— E, kelsinlar, afandim, kelsinlar... Qayoqdan kun chiqdi o'zi!
Mehmon qo'limga bir quti berdi. Ustida ipi bor qutini buvimga eltib berdim. Qayoqdandir Metin
yetib keldi. Birgalashib qutini ochdik. Ichi to'la kashtan yong'og'i ekan. Shakar sepilgan kashtanni
biram yaxshi ko'ramanki...
G’aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Do'stlaringiz bilan baham: |