www.ziyouz.com
кутубхонаси
51
Boyoqish o'g'li nechanchi sinfda o'qishiniyam bil-mas ekan. Murodning ism-familiyasini aytgandan
keyingina ma'lum bo'ldi.
Yana bir notiq so'zga chiqib, bir quloch va'zxonlik qildi. Shunaqayam gapni chaynab gapirarkanki,
o'tirganlarning toza ensasi qotdi.
— Turkiya faqat asalarichilik hisobiga taraqqiy etishi mumkin, janoblar, — deb boshladi u nutqini.
Asalarichilik bilan ota-onalar majlisi o'rtasida qanday aloqa bo’lishi mumkinligini
tushunolmaganimiz tufayli kulgidan o'zimizni arang tiyib turibmiz.
U asalarichilikka oid juda ko'p kitob o'qib chiqqanini aytib, asalari qanday bo'lishini tushuntirib
berdi:
— Asalari, odatda, kichkina bo'ladi. Qanotlari ham bor. Doim uchib yuradi. O'zi asal qiladi. Kishi
organizmiga asalning foydasi katta. G'oyat foydali narsa. Asalni nonushtada yoki ovqatdan keyin
iste'mol qilish mumkin. Murabbosi ham lazzatli bo'ladi. Aslida asal ikki xil bo'ladi...
Notiq og'zidan bol tomib, asalarichilik xususida rosa ma'ruza qilib bo’lgach, bevosita arilarga o'tdi.
— Men sizga aytsam, arilar ikki xil bo'ladi — qovoqari va asalari.
Zalda g'ala-g'ovur boshlandi. Direktorning sabri tugadi.
—
Xo'sh, asalarining kimga keragi bor?
—
Asalarimi? Axir undan asal olinadi.
—
Yaxshi, asalning nima keragi bor?
— Nega keragi bo'lmasin? Asa] hamma narsaga kerak.
— Xo'p, maktabga asalning nima aloqasi bor?
—
Ruxsat etsinlar, buyog'ini endi aytaman. Hozir bir janob farzandlarimizning olgan bilimidan
biror naf bo lsin, turmushda foydasi tegsin, deb gapirdi. Juda to'g'ri taklif. Men o'g'limdan qiyos
qilaman. O'giim uch burchak burchaklarining yig'indisi bir yuz sakson gradus bo'lishini biladi-yu, lekin
asalari haqida mutlaqo tasavvuri yo'q. Xo'sh, o'sha burchaklar yig'indisi yuz sakson gradus bo'ladimi
yoki besh mingmi — buning kimga keragi bor? Qancha bo'lsa bo'laversin. Mana, o'zlaringiz ayting-chi,
shuncha yil yashab, qaysi birimizga kerak bo'lib qoldi bu narsa? Birov bizdan uch burchakni so'radimi?
Aslo yo'q. Shundoq ekan, har xil bema'ni narsalar bilan o'g'il-qizlarimizning miyasini achitishmasin.
Ularga foydali narsalarni, masalan, aytaylik, asalarichilikni o'qitishsin. Turkiya faqat asalarichilik
hisobiga taraqqiy etishi mumkin. Zotan, asalari qo'y bilan sigirdan farq qiladi. Sigir sut beradi-ku,
lekin unga yem-xashak kerak. Asalari bo'lsa sizdan hech nimani talab qilmagan holda mo'l-ko’l bol
beradi.
—
Taklifingiz juda to'g'ri, janob, — dedi bir kishi o'rnidan turib. — Ammo shahar sharoitida
asalarichilikni rivojlantirib bo’lmaydi. Nega desangiz, shaharning havosi yomon, chang-to'zon, tutun
serob. Asalari bunga qandoq chidaydi? Qolaversa, asalaridan sharoitga qarab asal olish mumkin.
Shahar ichida u asal emas, qatron berishi mumkin. Shundoq, afandim. Endi mening boshqa bir
taklifim bor. Asalarichilik bilan boshni qotirgandan ko'ra, tovuqlarga e'tibor bergan ma'qul. Tovuq
yaxshi narsa. Farzandlarimiz tovuq boqish hunarini yaxshilab egallab olishsa bormi...
Direktor uning gapini bo'ldi.
— Men yana qaytarib aytaman, afandim. Maktabda asalarichilikni yoiga qo'yish, tovuq yoki sigir-
buzoq boqish bizga bog'liq emas. Dars programmalari Maorif ministrligida tasdiqlanadi. Qolaversa,
bu yer qishloq xo'jalik maktabi emas.
— Mavzudan ancha chetga chiqib ketgan ko'rinamiz,— dedi po'rim bir ayol o'rnidan turib.—
«Maktab va oila ittifoqi»ning a'zosi sifatida mening bir taklifim bor. Maktabda qashshoq bolalar ham
o'qiydi. Shularga yordam berish kerak. Xo'sh, nima qilamiz? Lotereya o'ynab pul to'playmizmi yoki
o'tgan yildagidek ularga bir kecha uyushtirib beramizmi?
Uzoq tortishuvlardan keyin yo'qsil bolalarga bir kecha uyushtirib berishga qaror qilishdi. Shu
yerning o'zidayoq ota-onalardan xayr-ehson puli yig'ib olindi.
Majlis tugab, hamma o'qituvchilarni o'rab oldi. Har kim o'qituvchidan o'z farzandini surishtira
ketdi. Biz, navbatchilar zalga kirib, mehmonlarning oldiga choy, limonad, pecheniy qo'yib chiqdik.
G’aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Do'stlaringiz bilan baham: |