19-rasm. Oltingugurtning minerallari.
20-rasm. Oltingugurtning ishlatilishi.
86
MINERAL TUZLAR.
Mineral tuzlarga quyidagi minerallar kiradi: NaCl – galit, KCl –
silvin, MgCl
2
· 6H
2
Oq bishofit, poligalit, karnolit, kaynit, mirabilit,
langebeynit, tenardit va boshqalar (21-rasm). Bularning barchasining
rangi tiniq, oqish va yaltiroq bo‘ladi. Agarda qo‘shimchalar bo‘lsa –
pushti, qo‘ng‘ir, qoramtir bo‘lishi mumkin. Minerallarning qattiqligi
1–2. Barchasi suvda yaxshi eriydi. Kaliyli tuzlarning o‘g‘it sifatida 95
foizi ishlatiladi, natriyli tuz oziq ovqat sanoatida, kimyoda, teri va lak-
bo‘yoq sanoatida ishlatiladi (22-rasm).
Tuzlar asosan kimyoviy cho‘kma sifatida hosil bo‘ladi. Shuning
uchun ularning konlari asosan ekzogen cho‘kindilar hisoblanadi.
Sanoat miqyosida qazib olinadigan konlar asosan qadimgi davrda suv
havzalarida hosil bo‘lgan va keyin qatlamlar ostida ko‘milib ketgan
konlardir. Tuz to‘plamlarining birlamchi shakli qatlam shaklida
bo‘ladi. Ularning qalinligi bir necha santimetrdan 500–1000 metrga-
cha. Ular juda katta maydonlarda tarqalgan bo‘ladi. Agarda tektonik
kuchlar ta’sir etsa, tuz qatlamlari gumbazlarni tashkil etadi. Tuz kon-
lari ochiq holda, burg‘i quduqlari orqali eritilib yoki lahimlar kavlab
o‘tish yordamida qazib olinadi. Hozirgi paytda suv havzalarida paydo
bo‘layotgan tuz konlari ikkinchi o‘rinda turadi. Ular ham qatlam,
ba’zan linza shaklida yotadi. Kimyoviy tarkibi bo‘yicha tuzlar xlorid-
sulfatli, xloridli (Qrim ko‘llari, Bosqunchoq, Elton ko‘li), sulfatli
(Qorabo‘g‘ozgul, Kaspiy dengizi) va sodali (Kulundi ko‘llari) bo‘ladi.
Solikam tuz koni Rossiyaning Perm gubernyasida joylashgan.
Tuz qatlamlarining o‘rtacha qalinligi 300–400 m. Kimyoviy tarkibi
bo‘yicha kaliyli silvin tuzlaridir (KCl – 23 %, MgCl
2
– 30 %). Ulardan
tashqari angidrit va gillar uchraydi. Zaxirasi behisob.
Bosqunchoq koni Rossiyaning Volgograd gubernyasida joylash-
gan. Kon tuz va gil qatlamlarining qatlamlanishidan iborat. Antiklinal
burmalarga burilgan. Bulardan tashqari qizg‘ish qumtosh va konglo-
meratlar uchraydi. Bu kon yuzasi 1154 km.kv.bo‘lgan ko‘llardan ibo-
rat. Tuz 5–10 m qalinlikdagi ko‘l tubidagi qatlamdan qazib olinadi.
Ko‘lning yon atrofidagi gips qatlamlaridan chiquvchi ko‘p sonli bu-
loqlar tuz bilan ta’minlaydi.
Chet ellarda tuz konlari Germaniya, AQSH, Fransiya, Ispaniya,
Efiopiyada mujassamlangan. Turkmanistonda (Gaurdak), O‘zbekis-
tonda (Xo‘jaikon) ham yirik tuz konlari mavjud.
87
Do'stlaringiz bilan baham: |