18-rasm. Platina va uning ishlatilishi.
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar
1. O‘zbekistonning oltin mineral xomashyo bazasi haqida
gapirib bering.
2. Oltinning asosiy ma’danlari.
3. Oltinning gidrotermal va cho‘kindi konlari.
4. Kumushning sanoat minerallari.
5. Kumushning dunyo bo‘yicha zaxiralari.
6. Oltin, kumush va platinaning ishlatilish sohalari.
24-§. Radioaktiv metallar
URAN KONLARI.
Sof uran – po‘latsimon kul rangdagi og‘ir metalldir. Uranning
klarki – 0,00025, solishtirma og‘irligi – 19, erish harorati – 1130 °С,
qaynash harorati – 2700 °С.
Uran kimyoviy jihatdan juda faol metalldir. Sn, Hg, Cu, Pb kabi
metallar bilan qotishmalar hosil qilish xususiyatiga ega. Ochiq havoda
tez oksidlanadi. Uran neytronlarni ushlab qolib, yadrolarining bo‘li-
78
nishi xususiyatiga ega. Bunda juda katta hajmda energiya ajralib
chiqadi. Uranning bu xususiyati yadro reaktorlarini kashf etilishida
katta ahatiyatga ega bo‘ldi. Hozirgi paytda yadro reaktorlaridan elektr
enegiyasi ishlab chiqariladi, kemalarni harakatga keltirishda, sho‘r
suvlarni chuchuklashtirishda xizmat qiladigan qurilmalarda qo‘llani-
ladi. Bundan tashqari uran plastmassalar ishlab chiqarishda, shisha
kimyosi sanoatida qo‘llaniladi.
Uran 90ga yaqin mineral tarkibiga kiradi. Ularning asosiylari:
uraninit, nasturan, uran slyudalari, uran fosfatlari.
Uran ma’danlarining chet eldagi zaxiralari 25 mln t atrofida.
Ularning asosiy qismi AQSH, Avstraliya, Kanada, JARlarida mujas-
samlashgan. Bir yilda chet ellarda 400000 t ga yaqin uran qazib oli-
nadi. Dunyo bozorida 1kg uran konsentratsiyaning narxi 50–60 AQSH
dollari atrofida. Uran kuchli radioaktivlikka ega. Uran ma’danlarining
sanoat turidagi to‘plamlari hamma turdagi konlar bilan bog‘liq bo‘li-
shi mumkin. Ularning asosiylari:
1. Qatlam shaklidagi cho‘kindi konlar – Kanadada Kits, Ispa-
niyada Fe konlari.
2. Infiltratsion konlar – O‘zbekistondagi Uchquduk zonasidagi
konlar, AQShda Kolorado koni.
3. Metamorfik konlar – JARda Vitvatersrand, Braziliyada Jako-
bina konlari.
4. Gidrotermal konlar – AQSHda Merisveyl, Fransiyada Limu-
zen konlari.
TORIY KONLARI.
Sof toriy – kumushsimon oq rangdagi qiyin eruvchan metall. To-
riy klarki 0,13, erish harorati– 1750 °С, qaynash harorati – 3500 °С,
solishtirma og‘irligi – 11,6.
Toriy egiluvchan, cho‘ziluvchan, yaxshi pachaqlanuvchan hisob-
lanadi. Bir qator metallar bilan qotishmalar hosil qilish xususiyatiga
ega bo‘lgan – toriy O, H, N kabi gazlarni yutib o‘z tarkibida ushlab
turish xususiyatiga ega. Asosiy xossalaridan biri-uning radioaktivligi-
dir. Toriyning parchalanishi natijasida yadro yoqilg‘isi bo‘lgan uran-
233 izotopi vujudga keladi. Toriy neytron yadro reaktorlarida yoqilg‘i
sifatida ba’zi bir maxsus qotishmalar tayyorlashda qo‘llaniladi. Bun-
day qotishmalar raketasozlikda va samolyotsozlikda qo‘llaniladi.
Toriy 50ga yaqin mineral tarkibiga kiradi. Ularning asosiylari mona-
sit, torit va uranli torit. Toriy ma’danlarining razvedka qilingan zaxira-
79
lari 500000 t ga yaqin. Uning asosiy qismi Hindistonda va ba’zi Afri-
ka mamlakatlarida mujassamlashgan. Chet ellarda bir yilda 12–13
ming t 8 foizli toriy konsentratsiyasi ishlab chiqariladi. Toriy ma’dan-
larining sanoat turidagi to‘plamlari asosan monatsitlarning sochilma
to‘plamlari bilan bog‘liqdir. Bunday sochmalar Hindistonda, Brazi-
liyada mavjuddir.
Do'stlaringiz bilan baham: |