16-§. Qumqirg‘oq (plaj), glyatsial va eol sochma konlari
Qumqirg‘oq (plyaj) sochmalari ko‘l, dengiz va okean qirg‘oq-
bo‘yi oqimining harakati hisobiga hosil bo‘ladi. Bunda qirg‘oqqa
yo‘nalgan to‘lqin kuchi ushatqi jinslar bilan og‘ir minerallar zarralari-
ni ham surishga qodir; qayta oqib tushayotgan suv esa, faqat yengil
zarralarnigina olib ketadi. Natijada plajda saralanish ro‘y beradi.
Qirg‘oqbo‘yi sochmalari hosil bo‘lishining yana bir o‘ziga xos xusu-
siyati shundaki, bunda to‘lqin kuchi kuchli bo‘lganidan bo‘lakchalar
ularning solishtirma og‘irligiga qarab saralanadi.
Dengiz va okean qirg‘oqbo‘yi sochmalari ko‘proq rutil, ilmenit,
sirkon, ba’zida kassiterit, olmos, kamdan kam oltin va platina uchun
47
xos bo‘lib, ular suvning ko‘tarilishi va pasayishi chiziqlari orasida,
yopiq havzalarda esa plajning suv yuvib turadigan qismida joylashgan
bo‘ladi.
Qirg‘oqbo‘yi sochma konlari asosan lentasimon va bog‘ichsi-
mon to‘plamlar hosil qilib, qalinligi 1 metrdan oshmaydi; uzunligi esa,
bir necha o‘n va yuz km ga (Braziliyadagi sochmalar Atlantika okeani
bo‘ylab 200–300 km ga, Avstraliyadagi sochmalar esa 600 km ga
cho‘zilgan) borishi mumkin. Foydali mineral zaxirasi bir necha
million tonnaga yetadi. Ular ba’zida 0,5–1,25 m qalinlikda qum bilan
ko‘milgan bo‘lishi mumkin. Sochmalarning ko‘ndalang kesimi qaba-
riq linza ko‘rinishida bo‘ladi.
Dengiz va okean plaj sochmalari yon atrofidagi daryolarning
allyuviy cho‘kmalari hisobiga, juda kam hollarda esa qirg‘oq hisobiga
hosil bo‘lishi mumkin.
Glyasial sochmalar materik va tog‘ muzliklarining siljishi hiso-
biga hosil bo‘ladi. Ammo bunda mahsulot maydalanmaganligi va sa-
ralanmaganligi uchun konlar haddan tashqari kam hosil bo‘ladi. Bun-
ga Alyaskaning oltinli morenalari, AQSHdagi Viskonsiya va Michi-
gan olmosli morenalarigina misol bo‘la oladi. Ba’zi hollarda erigan
muz suvlari ularni qisman saralab, flyuvioglyatsial sochmalar hosil
qiladi, ammo bularning amaliy ahamiyati juda kam. Glyatsial
sochmalar tub konlarni qidirish ishlarida katta ahamiyatga ega.
Eol sochmalarning hosil bo‘lishida shamolning bo‘laklarni
yumalatishi, sakratib uchirish orqali saralashi eng asosiy omil hisob-
lanadi. Buning allyuvial saralanish jarayonidan farqi shundaki, bir xil
tezlikdagi shamol suvga qaraganda bir necha yuz marta kichik bo‘lgan
zarralarnigina uchira oladi. Shamolning ma’lum tezligida ma’lum
kattalikdagi zarrachalargina uchiriladi.
Shamolning o‘zgarmas yo‘nalishda esib, qayta-qayta sovurishi
natijasida mayda va yengil zarrachalar chang holida uchib ketadi, yirik
va og‘irroq zarrachalar esa dyuna, barxan va to‘lqinsimon tizmalar-
ning orqa qismida to‘planib qoladi.
Eol sochmalarning hosil bo‘lishi quruq arid iqlimga xos bo‘lib,
ko‘pincha dengiz sohillaridagi qirg‘oqbo‘yi sochmalarini uchirib sara-
lash yoki cho‘l va sahrolarda elyuvial, prolyuvial va eski allyuvial qo-
liqlarni saralash yo‘li bilan vujudga keladi. Ularning hosil bo‘lishida
prolyuviy bilan doimo to‘lg‘izib turiladigan botiq relyeflar ancha
qulaylik tug‘diradi.
48
Do'stlaringiz bilan baham: |