www.ziyouz.com
kutubxonasi
95
— Qasr bog‘ida aylanib yuruvdim, Bobak o‘z qasridan chiqdi. Men uni qo‘rg‘on tomon
borar desam, bu qasrga kirdi-da oqsochiga: «Hozir Jahonni ko‘rmoqchiman», — dedi.
Oqsoch bu gapni darrov senga yetkazishimni topshirdi.
— Rostdanmi? Bobak meni ko‘rmoqchi bo‘libdimi? — hayajonlanib so‘radi Jahon.
— Ha, o‘z uyingda ko‘rmoqchi bo‘libdi.
— Tag‘in kelib-kelib, mening uyimda ko‘rishmoqchimishmi? Endi nima qilaman? Ey
yaxshilik xudosi, o‘zing madad qil! Qutulish mushkul bo‘ladigan bir tuzoqqa ilinganga
o‘xshayman, — dedi-da, u Hayzuronga qarab so‘radi: — Iroqdan qaytib kelgan
ayg‘oqchining gapini eshitdingizmi?
— Ha, sayidam, eshitdim.
— U haqda qanday fikrdasiz?
— Uning gapidan Zirg‘om Somurroda emasga o‘xshaydi.
— Uning Somurroda emasligi meni tashvishlantirayotgani yo‘q. Akam Somonning aytgan
gapi rost chiqib qolmasa, deb qo‘rqyapman, eshitmaganmidingiz axir?
— Eshitganmanu, lekin rostmi, yolg‘onmi kim biladi?
Hayzuron bilan Jahon shu tariqa asta-sekin so‘zlashib kelib, uyga yaqinlashishdi. Jahon
birdan ketiga tislanib: «Endi hozir Bobakka ro‘para bo‘lishim kerak. Unga nima deyman-
a? Ehtimol, undan bir yangilik xabar eshitarman»,— dedi.
Shu paytda uydan «Jahon, Jahon», deb Bobakning chaqirayotgan ovozini eshitgan Jahon
oyoqlari bir-biriga chalishib ketayotganiga qaramay, o‘zin dadil tutib, eshikdan ichkariga
mo‘raladi. Uyda o‘tirgan Bobak o‘rnidan turib, ochiq chehra va tabassum bilan uni qarshi
oldi. Uning jilmayishini, xususan, o‘rnidan turib qarshi olayotganini va «Farg‘ona malagi
meni nazariga ilmay, kelganimda loaqal o‘rnidan turmagan bo‘lsa ham, men uning
hurmati uchun turyapman», deganini eshitganidan keyin Jahonning ko‘ngli ozgina taskin
topdi:
— Jahon sizni emas, balki yomon fe’llaringizni koyigan edi.
Bobak o‘tirdi va Jahonni ham o‘tirishga taklif etdi-da, «Agar Bobak o‘sha yomon fe’llarini
uloqtirib tashlasa, uni sevarmiding?» — dedi.
Bobak bu gaplarni astoydil aytayotgani Jahonga ayon bo‘lgan bo‘lsa ham, unga shubha
bilan qaradi:
— Jahlingizni chiqargan qizni bir masxara qilib, undan o‘ch olmoqchi bo‘libsiz-da. Men
o‘zimni xavfu xatarda qoldirib bo‘lsa ham sizga xayrixohlik qilib gapirgan edim.
— Yo‘q, Jahon, men seni masxara qilayotganim yo‘q. Sen aytgan gaplarni yaxshilab
o‘ylab ko‘rdim. Bu yerdan chiqib ketgach, butun vaqtimni gaplaring mag‘zini chaqish
bilan o‘tkazdim. Aytganlaring asta-sekin menga ta’sir qila boshladi. Qaysi nasihatingni
ko‘z o‘ngimga keltirsam, o‘zimdan o‘zim xijolat bo‘lib, o‘tmishdagi qilmishlarim uchun
nadomat chekdim. Haqiqatan men kayf-safoga, xotinlarni ko‘paytirishga mukkadan
ketgandim, chunki u xotinlardan birortasi tugal yoqmagan, ko‘nglimga o‘tirmagan edi.
Sen qanday qilib shu vijdon-shuurimni o‘zgartirganingni sezmay qoldim... Menda ilgari
hech bo‘lmagan bir o‘zgarish paydo bo‘ldi. Sen yaxshilik xudosi menga yuborgan
muqaddas ruhga o‘xshaysan. — Bobak zo‘r ehtirom bilan gapirardi. — Endi meni
qiziqtiradigan narsa, «sizni sevaman», deb aytishinggina qoldi, xolos. — Shunday dedi-
yu, chakkasidan chak-chak ter oqdi.
Undagi bu o‘zgarishdan Jahon taajjublandi. Astoydil gapirayotganini ko‘zidan payqagani
uchun uning makkorligidan qo‘rqmay qo‘ya qoldi. Bu badmuomala odamning shunday
shirinsuxanlik bilan muomala qilayotganini taqdirlab: «Bu gaplarni chindan
aytyapsizmi?» — dedi.
— Albatta, mening birovni andisha qilib gapirmasligimni o‘zing tushunasan. Men
nasihatingga amal qilib, sharob ichmaydigan bo‘ldim. Sen tufayli boshqa xotinlardan
Farg‘ona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Do'stlaringiz bilan baham: |