www.ziyouz.com
kutubxonasi
102
yakunlandi. Ular Bazzga, Bobakning qal’asiga borib qo‘shilishdi. Bazz mustahkam
istehkomli shahar yoki bir qancha qasr va qal’alardan tashkil topgan katta qal’a edi.
Unng atrofi qalin paxsa devor bilan o‘ralgan, bahaybat darvozalari va ko‘p minoralari
bo‘lib, yo‘li juda qaltis edi, unga tog‘ va vodiylar orqali borilardi.
Bobak Bazzga qochgandan keyin musulmon askarlari uni izidan quvib borishdi. Bazz
bilan Ardabil orasidagi bir qancha manzillarga musulmonlar o‘z harbiy istehkomlarini
qurishdi. Bu istehkomlar askarlarning qaytish yo‘lini qo‘riqlash va xalifaning turar joyi
Somurro bilan aloqa bog‘lab turish uchun mo‘ljallangandi. Iroqdan keladigan oziq-
ovqatlarni Armaniston chegarasiga kirganda, Ardabilda tushirib olishar, undan
«Hisnunnahr» («Anhor qo‘rg‘oni») degan istehkomga olib borishardi. Undan esa Arshaq,
Xash, Barzand va Bazz yo‘lidagi Ruz-Arruz degan oxirgi manzillarga olib ketilardi. Bu
anjomlar har manzilning soqchilaridan qo‘lma-qo‘l o‘tib borardi.
Afshin askarlarni joylashtirish uchun ishonchli bir joy tanlashni o‘z odamlariga topshirdi.
Ular Ruz-Arruzda eski bino qoldiqlari turgan uch tog‘ni tanlashdi: Afshin askarlarni u
yerga joylashtirdi. Bazzga boradigan hamma yo‘llarni katta toshlar bilan o‘rab,
qo‘rg‘ondek qilib olishdi. Hujum qilish uchun faqat bitta yo‘lni qoldirib, boshqa hamma
yo‘llar oldiga toshlar orqasidan xandaqlar qazdirdi. Afshin bu ishga ko‘p mehnat sarf
qildi. Odamlar tinimsiz tosh tashish va xandaq qazish bilan band bo‘ldi. Soqchilar kecha-
yu kunduz poyloqchilik qilishdi.
Ruz-Arruz chalkash-chulkash tepalar orasida joylashgan bir vodiydan iborat. Afshin
askarlarini tayyorlab har bir qo‘shilmani bir lashkarboshiga topshirdi. Lashkarboshilar
uch kishi bo‘lib, ular Ja’far al-Hayot, Abu Said va Ahmad ibn al-Xalil edi. Askarlarni Ruz-
Arruz bilan Bazz orasini ajratib turgan vodiydan yuqoriroqdagi hamma harbiy nuqtalarga
joylashtirdi. Shu bilan Afshinning harbiy lageri juda kengaydi. Masofa olisligi,
qo‘shilmalarni tog‘ va vodiylar bir-biridan uzoqlashtirib turgani uchun qo‘shinni
qo‘zg‘atish yoki yurish boshlash kerakligi qo‘ng‘iroq chalinadi, to‘xtasa, chalish
to‘xtatiladi. Askarlar o‘z tartib va saflarini buzmay, shunga muvofiq harakat qilardi.
Afshin o‘z lashkargohini baland bir tepaga o‘rnatdi, undan Bazzga qarab, Bobak qasrini
va boshqa qasrlarni kuzatib turardi.
Bobak barcha urushlarda askarlari orasidagi bir to‘da kishilarga qattiq suyanardi.
Musulmon askarlarining yo‘lini to‘sish va chalg‘itish maqsadida o‘shalarni tepalar
orqasidagi vodiylarda yashirinib turish uchun yuborardi. Afshin esa ularning hamma
hiyla-nayrangini barbod berishga kirishar, bekinib yotganlarni topish va aniqlash uchun
o‘z ayg‘oqchilarini yuborardi.
Afshin shu qamalda xurramiyalarni uzoq vaqt chalg‘itib turdi. Bazzning ro‘baro‘sidagi
vodiyning narigi tomoniga askarlardan bir to‘dasi bilan kesib o‘tishni lashkarboshilaridan
biriga buyurdi. Sarkarda u yerga yetib borishi bilan Bobak qo‘rg‘ontepani dushmandan
mudofaa qilish uchun o‘z askarlaridan bir qo‘shilmani chiqardi. Kech kirishi bilan Afshin
askarlari xandaq orqasidagi lashkargohlarga qaytib kelib, shu yerda tunashardi.
Afshinning bu harbiy taktikasi xurramiyalarning joniga tegdi. Ular Afshin askarlariga
qo‘qqisdan hujum qilmoqchi bo‘ldi. Bir kuni Bobakning askarlari Afshin askarlarining
odatdagidek vodiy tomondan qaytishini kuzatib turishardi. Shunda Ja’far al-Hayyotning
otliq askarlari qolib, boshqa odamlari o‘tib ketgach, Bobak askarlari Ja’farga tashlandi.
Ja’far o‘z askarlari bilan xurramiyalarni Bazzgacha quvib bordi. Ikki tomon askarlarining
qiyqiriq ovozi Afshinga eshitildi. Askarlarning urushayotganini ko‘rib, u o‘z rejalarining
buzilib ketishidan xavotirlandi.
O‘lja olish maqsadida jangdagilarga yordam berishga odatlangan ko‘ngillilardan bir
guruhi Ja’farga yordamga kelib, uning kuchiga kuch qo‘shdi. Ja’far askarlari bilan
qo‘rg‘onga hujum qildi. Qo‘rg‘ondan oshib, shaharga kirmoqchi bo‘layotgan Afshin unga:
Farg‘ona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Do'stlaringiz bilan baham: |