Microsoft Word fargona kelini ziyouz com doc



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/151
Sana13.07.2022
Hajmi0,55 Mb.
#792868
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   151
Bog'liq
fargona kelini roman. jorjiy zaydon

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
36
yengillata oladigan Zirg‘omni o‘ylardi. Koshkiydi, hozir u kelib qolsa-yu, dardimga 
malham bo‘lsa, deb yo‘lini kutardi. 
Kohin: «Boshqa bir xonaga kiraylik», — deb Jahonni taklif qildi, ularning ketidan Somon 
ham kirib bordi. Ikkalasini yoniga o‘tqazib, bunday dedi: «Marhum birodarimiz — 
otangiz uchun ko‘p qayg‘urish darkor emas. U kishi taqvodor, xayr-ehsonli odam edilar. 
Ezgulik xudosi hamma vaqt u kishiga yordir. Biz uning ruhiga atab uch kechayu uch 
kunduz xushbo‘y og‘ochlardan o‘t yoqamiz. Otangizning ruhi hali bu yerni tark 
etmasligini, uch kundan keyingina chiqib ketishini o‘zinglar yaxshi bilasizlar. Shunday 
ekan, bunaqa dodlab qayg‘urishning hojati yo‘q. 
Hokim juda badavlat odam edi, vafotidan keyin xayr-ehson qilishni va qoldirgan 
merosini bo‘lib berishni vasiyat qildi. Uning ruhi jasadi atrofida uch kunni o‘tkazib, keyin 
arshi a’loga chiqadi, hur-g‘ilmonlar orasida u bilan uchrashib, qilingan xayr-sadaqalarni 
unga aytib beradi. Keyin abadiy ayshu farog‘atda bo‘ladi. Biz bir yilgacha uni unutmay, 
haqiga duo qilib turishimiz kerak. Hokim dafn marosimini qay tariqa o‘tkazishni vasiyat 
qilganligini ikkalangizga aytib beraman». 
Boshini yerga solib, sukut ichida kohinning gaplarini tinglayotgan, dastro‘moli bilan ko‘z 
yoshini peshma-pesh artib turgan. Jahon o‘z otasining vasiyati haqida gap ochgan 
kohinga: «Qani, otamning vasiyatlarini aytib bering», degandek qarab qo‘ydi. Kohin: «U 
kishi o‘z jasadini hamma odamlar qo‘yiladigan oddiy go‘ristonga qo‘yishimizni vasiyat 
qildi», — dedi. 
Kohin shunday deyishi bilan qiz ham, akasi Somon ham hayron bo‘lishdi va: «Bu qanday 
gap, oddiy go‘ristonga faqir-fuqarolar qo‘yilmaydimi, otamiz maxsus maqbaraga 
qo‘yilishlari lozim-ku», deyishdi. 
Kohin: «To‘g‘ri, aslida shunday bo‘lishi kerak edi, lekin hokimning vasiyatlari shu bo‘ldi, 
buning sababini menga sir tariqasida aytdilaru lekin men uni sizlarga ayta olmayman», 
— dedi. 
Jahon kohinning so‘zlariga boshqa so‘z qo‘shmay jim turgan bo‘lsa ham, Somon 
indamay turolmadi: 
— Janob kohin, dadamizni nega umumiy qabristonga dafn qilamiz, axir u oddiy kishilar 
qabristoni ekanini o‘zingiz yaxshi bilasiz-ku, u yerda jasadlarni tosh ustiga qo‘yiladi, 
toshlardagi jasad ochiq havoda qoladi-da, yirt-qich qushlarga, vahshiy hayvonlarga 
yemish bo‘ladi. Ulardan ortib qolgan suyaklar bo‘lsa, quduqqa tashlanadi. Yaxshi 
kishilarning suyagi yomon kishilarnikiga aralashib ke-tadi. 
Somonning ko‘mish marosimi masalasida qarshilik ko‘rsatayotganidan kohin ajablandi, 
lekin unchalik parvo qilmay: 
— Janob Afshinning huzurida otangizning qilgan vasiyatlari shu. Bir necha kundan keyin 
sizga o‘qib eshittiriladigan vasiyatnomada shunday deb qayd etilgan, — dedi va dafn 
hozirligini ko‘rishni saroy mutasaddisiga buyurdi. 
Kishilar bir necha kungacha hokimning duoyu fotihasini o‘tkazishdi. Jahon Zirg‘omning 
qaytishini sabrsizlik bilan kutmoqda, uning kechikkanligidan tashvishlanar, qayg‘usiga 
qayg‘u qo‘shilardi. Zirg‘omning bajarib keladigan ishi bir necha haftaga cho‘zilishi 
mumkinligi Jahonga qorong‘u edi. Oshiq kishi ko‘p besaranjom, serxavotir bo‘ladi. 
Negadir, Jahon akasi Somondan ilgari ko‘rmagan mehr-shafqatlarni ko‘rar, u Jahondan 
bir qadam ham nari siljimaydigan bo‘lib qolgandi. Jahonning xafalanganini ko‘rsa, darrov 
unga tasalli berardi. Jahonning Zirg‘omga ishqi tushganini Somon sezardi, lekin uning 
o‘ziga bu haqda aytmagan bo‘lsa ham, singlisi Zirg‘omni bot-bot eslab yurishidan 
xabardor edi. Shuning uchun uning haqida ko‘p gapirar va ba’zan maqtab ham qo‘yardi. 
Shu bilan birga, Jahonga boshqa kishilarni, xususan Bobak al-Xurramiyni ham maqtardi. 


Farg‘ona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon 

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish