Microsoft Word fargona kelini ziyouz com doc



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/151
Sana13.07.2022
Hajmi0,55 Mb.
#792868
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   151
Bog'liq
fargona kelini roman. jorjiy zaydon

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
44
— Yo‘q, sayidim, menga gavharning keragi yo‘q, men azador odamman, qolaversa, 
bunday so‘zlarga toqatim yo‘q, — dedi. 
Jahonning bunday nafratlanishidan ajablangan Afshin: «Otang vasiy qilib tayinlagan 
odam bilan shunday muomala qilasanmi? Men begona odamman deb faraz qilaylik, lekin 
loaqal otang vasiyatini hurmat qilishing kerakmasmi?» — dedi. 
Jahon bosiq ohangda, ovozini bir parda baland ko‘tarib, kinoyaomuz dedi: 
— Ey podshoh, ey qo‘mondon, o‘sha vasiyatni oldin o‘zingiz hurmat qilmog‘ingiz lozim 
emasmidi? 
Afshin «jiloving mening qo‘limda» degandek: «Otangning vasiyati faqat shu 
qog‘ozdagining o‘zi deb o‘ylaysanmi? U kishi menga og‘zaki ham vasiyat qilganlar, buni 
albatta bajarishim kerak», — dedi. 
Jahon ko‘zlari chaqnab, lablari titrab, Afshinni ezib tashlaguday bo‘ldi: 
— Otam hayot bo‘lganlarida siz bu gaplarni aytishga sira ham jur’at qilmagan 
bo‘lardingiz. 
Afshin achchiq istehzo qilib, shunday o‘qraydiki, Jahon undan cho‘chib ketdi. Afshinning 
jahli chiqdi, og‘zini ko‘pirtirib o‘shqirdi: 
— Yaxshi, otang hech narsa demagan bo‘lsin, lekin mening gapim senga kifoya emasmi? 
Men seni ziyrak, dono qiz deb o‘ylab xato qilgan ekanman. Ushrusana podshosi seni 
o‘ziga yaqin olib, do‘stlarcha gapirsa-yu, sen unga qo‘pollik bilan muomala qilsang 
yarashadimi? 
Jahon ham bo‘sh kelmadi, g‘azab bilan unga bir o‘qraydi: 
— Bas, shu yerda to‘xtang, ko‘p haddingizdan oshmang, o‘zingizni hadeb 
maqtayvermang. Sizning podshohligingiz o‘zingizga, men uchun uning bir chaqalik 
qiymati yo‘q. 
— Sen maqsadimga tushunmaganga o‘xshaysan, hali ham tushunmadingmi? Jahon, 
men seni sevaman, qattiq sevaman,— dedi-yu, qizargan ko‘zlari battarroq chaqnab 
ketdi. 
Uning shu gapini eshitgan Jahon sherdan hurkkan ohudek sakrab tushdi: 
— Men sizga ishorat bilan «to‘xtang, ko‘p haddan oshmang» degan edim, quloq 
solmadingiz. Juda haddan oshib ketdingiz! Endi shuni bilib qo‘yingki, menga bunaqa 
bema’ni gaplar aytishingizga yo‘l qo‘ymayman. Bu — sharmandalik. Soch-soqolingiz 
oqarib ketibdi-yu, bolalaringizdan ham kichikroq bir qizga «o‘ldim-kuydim» deyishga 
uyalmaysizmi? 
Afshin qizarib, bir xo‘rsindi-da, tavoze qilishga, yalinishga o‘tdi: 
— Ey Jahon! Muhabbat faqat yosh yigitlarda bo‘ladi, deysanmi? Menimcha, muhabbat 
keksalar uchun ko‘proq zarur, ular muhabbatning qadriga ko‘proq yetishadi. Kishilar 
xato o‘ylashadi: muhabbat yoshga qaramaydi. 
Keyin u yaxshilab o‘rnashib o‘tirib oldi-da, ko‘kragiga ishorat qilib: «Bu yurakda 
muhabbatning shunday zo‘r alangasi borki, hech qanday yigit ko‘kragi unga bardosh 
bera olmaydi. Men yigit bo‘lganman, hozir keksaydim. Sening ma’budang bilan ont ichib 
aytamanki, mening hozirgi muhabbatim avvalgidan ko‘ra zo‘rroq va mustahkamroq. 
Mana, ishonmasang ko‘r, ulug‘ podshoh, dovyurak qo‘mondon bo‘la turib ishqingda 
yolboryapman, o‘zimni oyoqlaring ostiga tashlayapman», — dedi-da, qizning oyog‘iga 
yiqilib, gapida davom etdi: 
— Agar menga xo‘p desang, baxt-saodating yo‘lida jon fido etuvchi oshiqi beqaroring 
bo‘laman, o‘zing esa Ikki Iroq*, Fors, Xuroson, Ushrusana va Farg‘onada aytganing 
aytgan, deganing degan malika bo‘lasan. Yo‘q desang, o‘jarligingni qo‘ymasang... 
Jahon «odam bo‘lmay o‘l» degandek aftiga tikilib turdi-da, uning gapini bo‘lib, keskin 
gapirdi: «Turing, ey Haydar, turing, Kovusning o‘g‘li, turing, ey Ushrusana podshosi, 


Farg‘ona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon 

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish