www.ziyouz.com kutubxonasi
13
kalavalardan birini chuvatgancha, uning borgan sari quyi, quyi, quyiga tushib borishi uchun imkon
berdi. Chilvir barmoqlardan osongina sirg‘alib chiqib pastga ketib borar, uni ushlar-ushlamas tutib
turganiga qaramasdan, chol o‘ramni yamlab ketayotgan g‘oyat zo‘r og‘irlikni his qilib turardi.
— Asti qanday balo baliq bo‘ldi o‘zi!—dedi u ovoz chiqarib.— Qarmoqni yamlab olib, endi
uzoqroqqa juftakni urmoqchi.
«U baribir orqasiga qayriladi, qarmoqni ham yutib yuboradi»,— deb o‘yladi chol. Biroq bir kori
hol bo‘lib o‘tirmasin, deb cho‘chidi shekilli, ovoz chiqarmadi. Chol bu baliqning qanchalik totli
ekanini bilar, xayolan uning lunjida ko‘ndalang tiqilgan tunets bilan qorong‘ida borgan sari uzoqroqqa
ketayotganini ko‘z o‘ngiga keltirardi. Qandaydir bir muddat ichida harakat to‘xtadi, ammo chol hali
ham baliq vaznini his qilib turardi. Keyin tortish avjga chiqdi, chol yana o‘ramni bo‘shatdi. U bir nafas
chilvirni to‘xtatib ko‘rdi, tortim birdan kuchayib ketdi va o‘ram tikkasiga pastga yulqindi.
— Cho‘qidi,— dedi chol.— Endi bir burnidan chiqquncha to‘yib yeb olsin-chi.
U chilvirni o‘z holiga qo‘yib berdi-da, chap qo‘li bilan ikki ehtiyot kalavaning bo‘sh uchini, boshqa
qarmoqning ikki ehtiyot kalavasiga uladi. Shu bilan hammasi taxt bo‘ldi. Hozir qo‘lidagidan tashqari,
unda yana har birining uzunligi qirq sarjindan keladigai uchta ehtiyot shart kalava ipi ham bor edi.
— Yana picha yesang-chi,— dedi u.— Yeyaver, uyalma. «Shunday yeginki, toki qarmoq ilgagi
naq yuragingga borib yetsinu, til tortqizmay gumdon qilsin seni,— deb o‘yladi u.— O’zing yonimga
chiqqin, bu yog‘iga garpun sanchishni menga qo‘yib ber. Shundoq bo‘lsin. Qalay, tayyormisan? Rosa
to‘yib oldingmi?»
— Boshladik!— dedi u ovoz chiqarib va chilvirni qattiq yulqib, bir yardcha
4
tortib chiqardi,
keyin esa qayta-qayta yulqib, har yulqishda qo‘llari va jismining bor quvvat-madorini ishga solib,
o‘ramni sigir soqqanday, goh u qo‘li, goh bu qo‘li bilan tortib chiqara boshladi.
Hamma urinishlari zoe ketdi. Baliq erinmaygina ilgarilab borar, chol uni o‘ziga bir dyuym ham
yaqin keltira olmasdi. Uning chilviri katta baliqlarga mo‘l-jallangan, pishiq edi. Chol uni yelkasiga
olib, shunday ham tarang tortdiki, hatto suv zarralari sachrab-sakrashib ketdi. Keyin chilvir suvda zaif
vishilladi, chol bo‘lsa, o‘rindiqqa tiranib, hamon uni bo‘shatmas edi. Qayiq birmuncha shimoli-g‘arb
tomonga og‘a boshladi. Baliq suzgandan suzib borar, ular zilol suv bo‘ylab ohista uzoqlab ketishardi.
Boshqa xo‘raklar dengizga qanday tashlangan bo‘lsa, hamon shundayligicha turar, chol ularni nima
qilishni bilmasdi.
— Qani endi, yonginamda bola bo‘lsa!—dedi u.— Baliq meni shatakka oldi, o‘zim-ku buksir
bitengiga
5
o‘xshab qolyapman. O’ramni asli qayiqqa bog‘lab qo‘yaversa ham bo‘laverardi. Ammo
bunaqada baliq, xudo ko‘rsatmasin, uzib qochishi mumkin. Men uni mahkam ushlashim va keragicha
bo‘shatib turishim kerak. Xudoyimdan o‘rgilayki, u chuqurlikka ketmaygina suzib yuribdi. Mabodo u
chuqurroq tushishni xohlab qolsa, men nima qildim? Agar u tosh bo‘lib dengiz qa’riga ketsa, o‘sha
yerda o‘lib qolsa, nima qilaman? Bilmayman. O’shanda ma’lum bo‘lar. Nimalar qilmasligim mumkin
mening!
U o‘ramga yelkasi bilan tirkalib turarkan uning suvga qanday og‘ayotgani-yu, qayiqning shimoli-
g‘arbga tomon ohista jilib borishini kuzatar edi.
«U ko‘p o‘tmay o‘ladi,— o‘ylardi chol.— Doimo suzib yuraverish mumkin emas».
Biroq to‘rt soat o‘tsa hamki, baliq hamon qayiqni o‘z ortidan sudragancha, tinim bilmay, ochiq
dengizga ketib borardi, chol esa, o‘sha-o‘sha, yelkasida sirtilgan chilvir, oyog‘i bankaga tirog‘liq
o‘tirardi.
— Uni ushlaganimda, ayni peshin edi,— dedi chol.— Shu paytga dovur ham o‘zini ko‘rganimcha
yo‘q.
Baliqni ushlash oldidan peshonasiga bostirib kiyib olgan somon shlyapasi manglayini qiyib
yuborganidan, og‘riq turgan edi. Chol tashna bo‘lgan, suv ichkisi kelardi. U o‘ramni tortqilab
4
Ya r d – (uzunlik o‘lchovi) – 0,95 m ga barobar.
5
B i t ye n g – kemaning old qismiga o‘rnatilgan po‘lat yoki cho‘yan g‘o‘la. Kema shatakka olinganda arqon shunga yuog‘lanadi.
Ernest Xeminguey. Chol va dengiz (qissa)
Do'stlaringiz bilan baham: |