89
Mavzu VIII. GEOEKOLOGIK MUAMMOLAR VA ULARNI
YECHIMI.
Reja:
1.
Geoekologik muammo to‘g‘risida tushuncha.
2.
Geoekologik muammolarning tarkib topishi va shakllanishi.
3.
Sayyoraviy geoekologik muammolar, ularning oqibatlari va oldini
olish tadbirlari.
4.
Hududiy va mahalliy geoekologik muammolarning tarkib topishi,
ularni oldini olish tadbirlari.
5.
O‘zbekiston hududidagi geoekologik muammolar va ularni hal
qilish yo‘llari.
1. Geoekologik muammo to‘g‘risida tushuncha. Tabiat bilan
jamiyatning o‘zaro munosabati murakkab jarayon bo‘lib, u zamon va
makonda tez o‘zgaruvchandir. Inson tabiat boyliklaridan qancha ko‘p
foydalansa, tabiat ham unga shuncha «tashvish» keltiradi.
Hozirgi
vaqtda tirik organizmlar-o‘simlik, hayvonat dunyosi va odamning atrof-
muhit bilan munosabatlari fan va texnika taraqqiyotining jadallashuvi
tufayli, borgan sari keng miqyosida sodir bo‘lib, avvalgi tabiiy barqaror
muvozanat ayrim joylarda buzilish arafasida, ba’zi o‘lkalarda esa u
butunlay buzilib, xavfli, hatto halokatli ekologik vaziyat tarkib
topmoqda.
Binobarin, inson tabiatga, o‘z navbatida tabiat insonga aks
ta’sir qilmoqdaki, buning oqibatida murakkab, ko‘p
qirrali va turli
xususiyatli muammolar yuzaga kelib, o‘zaro ta’sir kuchaygan sari ular
tezlik bilan shakllanib bormoqda.
O‘zaro ta’sir kelib chiqishi jihatidan aslida ekologik muammo
hisoblanadi, lekin u ma’lum makonda (tabiiy komplekslarda), turli
miqyosda va tabiiy hamda ijtimoiy-iqtisodiy
geografik qonuniyatlar
asosida ruy bergani sababli geografik muammo ham hisoblanadi.
Boshqacha aytganda, ekologik muammo ma’lum geografik hududda
tarkib topib, shakllanib, rivojlanish bosqichlarini bosib o‘tadi. Shu
jihatdan qaraganda ekologik muammoni qisqacha qilib «geoekologik
muammo» deb qarash ham mumkin.
Geoekologiya – Yer bilan o‘zviy bog‘liq holda atrof muhit holati
tushuniladi. Bunda tirik organizmlarni yashash sharoiti unga ta’sir
etuvchi omillar. Ular asosida yuzaga kelgan
muammolar geoekologik
muammolardir. Muammoni haqiqiy tabiiy, ijtimoiy – iqtisodiy geografik
90
va ekologik muammo deb tushunmoq kerak, chunki hozirgi vaqtda
geografiya fani ekologiyalashib, ekologiya fani o‘z navbatida
geografiyalashib, bir-biriga yaqinlashib bormoqda.
Geoekologik muammolar tabiiy geografiya o‘rganadigan
Yerning
qobiqlari, ya’ni atmosfera, gidrosfera va biosferaning o‘zaro
munosabatlari (ya’ni o‘zaro bog‘liqlik, hamjihatlik, bir-birini taqozo
qilish va b.) qonuniyatlari asosida tadqiq qilinadi. Geoekologik
tadqiqotlar yana tabiiy majmualarning o‘zgaruvchanligi,
barqarorligi,
tadrijiy o‘zgarishlari, rivojlanish bosqichlari haqidagi omillarga ham
tayanadi. Chunki tabiat kamponentlari va majmualarining yuqorida qayd
qilingan qonuniyatlari va xususiyatlar (hislatlar)ining buzilishi natijasida
yuz beradi. Binobarin, geoekologik muammo qaysi hududda va qanday
sharoitda tarkib topmasin uning xususiyatlari tabiiy geografik
qonuniyatlar asosida shakllanib boradi. Geoekologik muammoni ilmiy
o‘rganish ekologiya va geografiya fanlari tadqiqot usullari va
tamoillarini birga qo‘llagan holda amalga oshirilishi zarur.
Geoekologik
muammo qotib qolgan,o‘zgarmas holat bo‘lmay,
balki muntazam ravishda tadrijiy o‘zgaruvchi va rivojlanuvchi, ko‘p
tizimli, ko‘p sonli oddiy muammolarning majmuasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: