Microsoft Word экология лотин doc


HAYVONOT DUNYOSINI MUHOFAZA QILISH VA UNDAN



Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/106
Sana29.12.2021
Hajmi1,31 Mb.
#78764
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   106
Bog'liq
2014-xolmominov-ekologiya-huquqi-lot-unlocked

HAYVONOT DUNYOSINI MUHOFAZA QILISH VA UNDAN 
FOYDALANISHNING EKOLOGIK-HUQUQIY TARTIBI.  
MUHOFAZA ETILADIGAN TABIIY HUDUDLARNING  
EKOLOGIK-HUQUQIY HOLATI 
 
1-§. «Hayvonot dunyosi va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning 
huquqiy ekologik tartibi»  tushunchasi  va xususiyatlari 
 
Hayvonot  dunyosi  tabiat  boyliklarining  bir  qismi  bo‘lib,  jamiyatda 
va inson hayotida katta ekologik ahamiyatga ega. 
Hayvonot  dunyosining  ahamiyati  iqtisodiy  nuqtai  nazardan  muhim 
tabiiy  resurs,  oziq-ovqat  mahsulotlari,  sanoatbop,  texnikaviy  va  dorivor 
xom ashyo va boshqa moddiy boyliklar olish manbai ekanligi ma’lum.  
Ma’lumotlarga ko‘ra, keyingi 100-150 yil mobaynida hayvonlarning 
ko‘plab  turlari  yo‘qotilib  yuborildi.  Masalan,  1800  yilgacha  sut 
emizuvchilarning 33 turi, qushlarning 30 turi yo‘q qilingan bo‘lsa, undan 
keyingi  100  yilda  73  tur  sut  emizuvchi,  120  tur  qushlar  batamom 
yo‘qolgan.  Keyingi  50  yilda  esa  hayvonot  dunyosining  undan  ham 
ko‘prog‘i yo‘q qilib yuborilgan. 
Markaziy  Osiyo  hududi  o‘z  hayvonot  va  o‘simlik  olamining  xilma-
xilligi, boyligi bilan ajralib turadi. Masalan, O‘zbekistonda 650 dan ortiq 
umurtqali  hayvonlar,  shu  jumladan,  sut  emizuvchilarning  99  turi, 
qushlarning  410  turi,  sudralib  yuruvchilarning  57  turi,  mushlarning  410 
turi, suvda va quruqlikda yashovchilarning 3 turi uchraydi. 
Ammo shunisi achinarliki, O‘zbekiston Respublikasi «Qizil kitobi»ga 
umurtqali  hayvonlarning  nodir  va  yo‘qolib  ketish  xavfi  ostida  bo‘lgan  63 
turi va kenja turi kiritilgan bo‘lib, ular orasida 22 tur sut emizuvchi hayvon, 
31 tur qush, 5 tur sudralab yuruvchi hayvon va 5 tur baliq bor. 
O‘zbekiston  mustaqillikka  erishgandan  so‘ng,  iqtisodiy,  ekologik, 
geografik va milliy xususiyatlarni hisobga olinib bir qator yangi qonunlar 
qabul qilindi. 
O‘zbekiston  Respublikasining  «Tabiatni  muhofaza  qilish»gi,  (1992 
y), «Suv va suvdan foydalanish»gi (1993 y), «Muhofaza etiladigan tabiiy 
hududlar»gi  (2004  y),  «Yer  osti  boyliklari  to‘g‘risida»gi  (2002  y), 
«Atmosfera  havosini  muhofaza  qilish»  (1996  y),  «O‘simlik  dunyosini 
muhofaza  qilish  va  undan  foydalanish»  (1997  y),  «Hayvonot  dunyosini 


 
179
muhofaza  qilish  va  undan  foydalanish»  (1997  y),  «Yer  kodeksi»  (1998 
y),  «O‘rmon  to‘g‘risida»gi  (1999  y)  bir  qator  qonunlari  yurtimizdagi 
ekologik holatni yaxshilashga xizmat qilmoqda. 
Jumladan, respublikamizdagi mavjud hayvonot dunyosini muhofaza 
qilish  va  undan  oqilona  foydalanish  maqsadida  «O‘zbekiston 
Respublikasi  Oliy  Majlisining 1997-yil  26-dekabrdagi  sessiyasida qabul 
qilingan  «Hayvonot  dunyosini  muhofaza  qilish  va  undan  foydalanish 
to‘g‘risida»gi
1
 qonuni katta ahamiyatga ega. 
Ushbu  Qonun  quruqlikda,  suvda,  atmosferada  va  tuproqda  tabiiy 
erkin  holatda  yashaydigan,  O‘zbekiston  Respublikasi  hududida  doimiy 
yoki  vaqtincha  turadigan  yovvoyi  hayvonlarni,  shuningdek,  ilmiy  yoki 
tabiatni muhofaza qilish maqsadlarida yarim erkin sharoitda yoki sun’iy 
yaratilgan yashash muhitida boqilayotgan hayvonot dunyosini muhofaza 
qilish va ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi. 
«Hayvonot  dunyosini  muhofaza  qilish  va  undan  foydalanish 
to‘g‘risida»gi  qonunning  3-moddasida  «hayvonot  dunyosiga  nisbatan 
mulkdorlik» masalasi ko‘rsatilgan. Unga asosan: 
Hayvonot dunyosi davlat mulki  – umummilliy boylik bo‘lib, undan 
oqilona foydalanilishi lozim va u davlat tomonidan muhofaza qilinadi. 
Shunday ekan, hayvonot dunyosi obyektlariga nimalar kirishini bilib 
olish  zarur.  Ushbu  qonunning  4-moddasida  ko‘rsatilishicha,  hayvonot 
dunyosi obyektlari quyidagilardan iborat: 
–  kelib  chiqishi  hayvonlarga  mansub  bo‘lgan  organizmlar  -  sut 
emizuvchilar, parrandalar, sudralib yuruvchi hayvonlar, ham quruqlikda, 
ham  suvda  yashovchi  hayvonlar,  baliqlar,  umurtqasizlar  va  ularning 
populyatsiyalari; 
–  yovvoyi  hayvonlardan  tashkil  topadigan  tabiiy  hayvon  galalari 
yoki ularning har qanday to‘dalari; 
–  yovvoyi  hayvonlarning  kamyob  yoki  yo‘qolib  ketish  xavfi  ostida 
bo‘lgan turlari; 
– yovvoyi hayvonlar yashash faoliyatining mahsulotlari. 
Ta’kidlash  o‘rinliki,  amaliyotda  har  doim  ham  hayvonot  dunyosini 
muhofaza  qilishga,  undan  oqilona  estetik  maqsadda  foydalanishga 
e’tibor  berilmaydi.  Shuning  uchun  ham  hayvonot  dunyosini  muhofaza 
qilishning  quyidagi  tadbirlarini  amalga  oshirish  maqsadga  muvofiqdir. 
Ushbu holat qonunning 30-moddasida quyidagicha ko‘rsatilgan: 
                                                
1
 Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси. – 1998. 
– № 1. – 14-м. 


 
180
Hayvonot dunyosini muhofaza qilish:  
–  hayvonot  dunyosi  obyektlarini  muhofaza  qilish,  ulardan  oqilona 
foydalanish  va  ularni  takror  yetishtirish  qoidalari  va  normalarini 
belgilash; 
–  hayvonot  dunyosidan  foydalanishda  cheklashlar  va  taqiqlar 
belgilash; 
–  hayvonot  dunyosidan  o‘zboshimchalik  bilan  foydalanishning  va 
undan 
foydalanish 
borasida 
belgilangan 
tartibni 
boshqacha 
buzilishlarining oldini olish; 
–  hayvonlarning  yashash  muhiti,  ularning  urchishi  shart-sharoitlari 
va ko‘chib yurish yo‘llari muhofaza qilinishini tashkil etish; 
–  xo‘jalik  va  boshqa  faoliyatni  amalga  oshirish,  transport  vosita-
laridan foydalanish paytida hayvonlar nobud bo‘lishining oldini olish; 
– alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar barpo etish; 
–  kamyob  va  yo‘qolib  ketish  xavfi  ostida  turgan  hayvon  turlarini 
tutqunlikda urchitish; 
– hayvonlar kasalikka chalinganda, ularning tabiiy ofatlar va boshqa 
sabablar  oqibatida  nobud  bo‘lishi  xavfi  tug‘ilganda  ularga  yordam 
berish; 
–  hayvonot  dunyosini  muhofaza  qilish  tadbirlarini  asoslashga 
qaratilgan ilmiy-tadqiqotlarni tashkil etish; 
–  hayvonot  dunyosini  muhofaza  qilish  bo‘yicha  boshqa  tadbirlarni 
o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi. 
Hayvonot dunyosidan foydalanuvchi subyektlar yuridik va jismoniy 
shaxslar,  fuqarolar  hamda  jamoat  birlashmalari  hayvonot  dunyosini 
hamda  uning  yashash  muhitini  muhofaza  qilish  sohasida  ham  e’tiborli 
huquq va majburiyatlarni amalga oshirishlari zarur.  
Shu bilan birga, hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foy-
dalanish  sohasida  davlat  boshqaruvining  olib  borilishi  ham  katta 
ahamiyatga ega. 
Hayvonot  dunyosini  muhofaza  qilish  va  undan  foydalanish  ustidan 
davlat  nazorati  mahalliy  davlat  hokimiyati  organlari,  O‘zbekiston 
Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan qonun 
hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 
Hayvonot  dunyosi  obyektlaridan  foydalanish  umumiy  va  maxsus 
foydalanish tartibida amalga oshiriladi. 
Hayvonot  dunyosi  obyektlaridan  umumiy  foydalanish  jismoniy 
shaxslar  tomonidan  qonun  hujjatlarida  belgilangan  tartib  bepul  amalga 
oshiriladi. 


 
181
Hayvonot  dunyosi  obyektlaridan  maxsus  foydalanish  O‘zbekiston 
Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  belgilagan  tartibda  beriladigan 
ruxsatnomalar asosida haq evaziga amalga oshiriladi. 
Hayvonot dunyosidan foydalanuvchilar qonunda ko‘rsatilgan huquq 
va  majburiyatlarini  talab  darajasida  amalga  oshirishlari  shart.  Ana 
shunday  holatlar  «Hayvonot  dunyosini  muhofaza  qilish  va  undan 
foydalanish  to‘g‘risida»gi  1997-yil  26-dekabrda  qabul  qilingan 
qonunning  16-moddasida  aniq  ko‘rsatilgan.  Jumladan,  hayvonot 
dunyosidan foydalanuvchilar:  
–  hayvonot  dunyosi  obyektlaridan  ularni  berib  qo‘yish  shartlariga 
muvofiq foydalanish; 
–  tutib  olingan  hayvonot  dunyosi  obyektlariga  va  ulardan  olingan 
mahsulotga nisbatan mulkdorlik huquqiga egadirlar. 
Ov qilish yoki baliq ovlash xo‘jaligini yurituvchi yuridik shaxslar: 
–  yuridik  shaxslarga  hayvonot  dunyosi  obyektlaridan  belgilangan 
normalarda foydalanish uchun ruxsatnomalar berishga; 
–  yuridik  va  jismoniy  shaxslar  hayvonot  dunyosi  obyektlaridan  ov 
qilish maqsadida belgilangan normalar doirasida foydalanishi uchun ular 
bilan shartnomalar tuzishga; 
–  ov  va  baliq  mahsulotini  qayta  ishlash  hamda  hayvonot  dunyosi 
obyektlaridan buyumlar ishlab chiqarishga; 
–  hayvonot  dunyosi  obyektlaridan  ishlab  chiqarilgan  mahsulot  va 
buyumlardan foydalanish hamda ularni sotishga; 
–  sun’iy  ravishda  yetishtirilib,  tabiiy  yashash  muhitiga  chiqarib 
yuborilgan hayvon turlaridan foydalanishga haqlidirlar. 
Hayvonot dunyosidan foydalanuvchilar: 
–  hayvonot  dunyosidan  foydalanishning  belgilangan  normalari  va 
muddatlariga rioya etishlari; 
– hayvonot dunyosining muhofaza qilinishini ta’minlashlari; 
–  hayvonot  dunyosidan  tabiiy  gallarining  butligi  buzilishiga  yo‘l 
qo‘ymaydigan va foydalanishga berib qo‘yilmagan hayvonlarning saqlab 
qolinishini ta’minlaydigan usullar bilan foydalanishlari; 
– hayvonlarning yashash muhiti buzilishiga yo‘l qo‘ymasliklari; 
–  hayvonlar  miqdorini  hamda  ulardan  foydalanish  hajmlarini 
hisobga olishlari; 
–  hayvonot  dunyosini  tiklash  va  takror  yetishtirishga  qaratilgan 
tadbirlarni amalga oshirishlari shart.  
Hayvonot dunyosidan foydalanuvchilar qonun hujjatlarida belgilangan 
boshqa huquq va majburiyatlarga ega bo‘lishlari mumkin. 


 
182
Shuningdek,  «Hayvonot  dunyosini  muhofaza  qilish  va  undan 
foydalanish  to‘g‘risida»gi  qonunning  24-moddasiga  asosan,  hayvonot 
dunyosi obyektlarining miqdorini tartibga solish kvotalar asosida amalga 
oshiriladi.  Kvotalar  O‘zbekiston  Respublikasi  Tabiatni  muhofaza  qilish 
davlat  qo‘mitasi  tomonidan  hisobga  olish  ma’lumotlari  va  O‘zbekiston 
Respublikasi  Fanlar  akademiyasining  xulosalari  asosida  qonun 
hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanadi.  
Xullas,  hayvonot  olamidan  foydalanish  huquqi  mustaqil  tartiblar 
majmui hisoblanib, u ekologik huquqning bir qismidir. Demak, hayvonot 
dunyosini  huquqiy-ekologik  muhofaza  qilish  va  undan  foydalanish 
deganda qonunda  belgilangan  va uning  ekologik  ahamiyatini  saqlashga, 
jamiyatning  iqtisodiy,  ilmiy,  madaniy,  estetik,  tabiiy,  tarbiyaviy  va 
boshqa  ehtiyojlarini  qondirishga  yo‘naltirilgan  davlat  va  ijtimoiy 
huquqiy- ekologik tadbirlarning uyg‘unligi tushuniladi. 
Hayvonot  dunyosidan  foydalanish  turlaridan  ov  qilish  va  baliq 
ovlashni huquqiy tartibga solish katta ahamiyatga ega. 
Hayvonot  dunyosini  muhofaza  qilish  va  undan  foydalanish  to‘g‘ri-
sidagi  qonunning  18-moddasida  ov  qilish  bilan  bog‘liq  masalalarning 
huquqiy  izohi  berilgan.  Unga  asosan,  tabiiy  erkinlik  holatida 
yashaydigan  yovvoyi  hayvonlarni  tutish  maqsadida  izlash,  iziga  tushish 
va quvlab borish, tutishga intilish yoki tutish (otish, tutib olish) ov qilish 
deb hisoblanadi. 
Ta’kidlash  lozimki,  mazkur  qonunda  ov  qilish  va  baliq  ovlashning 
man qilingan usullari ham yoritilgan. Ov qilish va baliq ovlashda umum-
xavfli  qurollar  va  usullarni  qo‘llash  man  etiladi.  Falokatga  uchragan  va 
o‘zi uchun notabiiy sharoitda turgan hayvonlarni ov qilish man etiladi. 

Download 1,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish