Microsoft Word экология лотин doc


-§. O‘simlik dunyosini va o‘rmon boyliklarini ekologik-huquqiy



Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/106
Sana29.12.2021
Hajmi1,31 Mb.
#78764
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   106
Bog'liq
2014-xolmominov-ekologiya-huquqi-lot-unlocked

 
3-§. O‘simlik dunyosini va o‘rmon boyliklarini ekologik-huquqiy 
muhofaza qilishda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning roli  
va vazifalari 
 
O‘simlik  dunyosini  va  o‘rmon  boyliklarini  muhofaza  qilish  va 
ulardan  oqilona  foydalanishni  tartibga  solishda  huquqni  muhofaza 
qiluvchi organlarning o‘rni alohida ahamiyatga ega. 
Huquqni  muhofaza  qiluvchi  organlardan  biri  bo‘lgan  prokuratura 
«O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi 


 
176
va  «O‘rmon  to‘g‘risida»gi  qonunlarning  ijrosi  ustidan  nazoratni  amalga 
oshiradi,  ma’muriy  va  jinoiy  ishlarni  qo‘zg‘atadi,  ushbu  resurslariga 
yetkazilgan zararni qoplash da’vosini qo‘zg‘atadi. 
Huquqni  muhofaza  qiluvchi  organlardan  bo‘lgan  bojxona  organlari 
«Qizil 
kitob»ga 
kiritilgan 
o‘simliklar 
dunyosi 
va 
o‘rmon 
mahsulotlarining  respublikamizdan  tashqariga  olib  chiqib  ketilishining 
oldini  oladi  va  ekologik  xavfli  moddalarning  mamlakatimiz  hududiga 
kitirilishiga yo‘l qo‘ymaydi. 
Huquqni  muhofaza  qiluvchi  organlardan  biri  bo‘lgan  ichki  ishlar 
organlarining  o‘simlik  dunyosini  huquqiy  ekologik  muhofaza  qilish  va 
ulardan  foydalanishdagi  vazifalari  juda  keng.  Ichki  ishlar  organlari, 
asosan,  O‘zbekiston  Respublikasida  «Qizil  kitob»ga  kiritilgan,  yo‘qolib 
ketish  xavfi  bo‘lgan  o‘simliklarni  muhofaza  qilishda  katta  ishlar  olib 
borishlari  lozim.  Ichki  ishlar  organlarining  hududiy  profilaktika 
inspektorlari,  qo‘riqlash  xizmati  bo‘limi  va  YPX  xodimlari  O‘zbekiston 
iqlimida  ma’lum  sharoitlardagina  uchraydigan,  fan  olamida  «Endem» 
deb  yuritiladigan,  respublikamizning  bebaho  milliy  boyligi  hisoblangan 
o‘simliklar  dunyosini  ekologik-huquqiy  muhofaza  qilishga  yordam 
beradilar. 
Zero,  ichki  ishlar  organlarining  asosiy  vazifalari  ushbu  turdagi 
o‘simliklar  dunyosini  yo‘qolib  ketishining  oldini  olish,  yong‘indan 
saqlash, har qanday transport bilan ularni noqonuniy terib boshqa joyga 
olib  borib  sotish,  turli  kasalliklar  tarqalishining  oldini  olishdan  iborat 
bo‘lishi kerak. 
Mazkur  vazifalarni  amalga  oshirishda,  ichki  ishlar  idoralari 
xodimlarining  faoliyatini  yanada  takomillashtirish  choralari  to‘g‘risidagi 
normativ-huquqiy hujjatlar dastur bo‘lib xizmat qiladi. 
O‘rmon  boyliklaridan  foydalanish  va  uni  ekologik-huquqiy 
muhofaza  qilishda  ham  ichki  ishlar  organlarining  faoliyati  juda  keng. 
Ichki ishlar organlarining  yong‘in xavfsizligi xizmati bo‘limi o‘rmon va 
o‘simliklar dunyosi mavjud bo‘lgan joylarda yong‘in xavfini oldini olish, 
unga  qarshi  kurashish,  yong‘inga  qarshi  tegishli  tadbirlar  o‘tkazish  va 
yong‘in chiqqanda tezlik bilan o‘chirish vazifasini bajaradi.  Profilaktika 
inspektorlari – mavjud o‘rmonlar va u yerdagi barcha tabiat boyliklarini 
ekologik  muhofazasiga  alohida  e’tibor  beradilar,  o‘rmonlarni  qirqish  va 
ulardan noqonuniy foydalanishlarga qarshi tadbirlar olib boradilar. 
DYHXX  xodimlari  –  turli  maqsadlarda  noqonuniy  (ordersiz) 
kesilgan  daraxtlarni  transport  vositalari  orqali  olib  ketish  jarayonini 
nazorat qiladilar va ularning davlatga qaytarilishini ta’minlaydilar. 


 
177
Ichki  ishlar  organlarining  qo‘riqlash  xizmati  o‘rmon  boyliklari 
mavjud  bo‘lgan,  davlat  ahamiyatiga  ega  o‘rmon  hududlarni  qo‘riq-
laydilar,  muhofaza  qiladilar  va  yong‘in  xavfsizligini  ta’minlaydilar. 
Xullas,  ichki  ishlar  organlari  o‘rmon  boyliklarini  muhofaza  qilishda 
bevosita  O‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  xo‘jaligi  bosh  boshqarmasi, 
Sog‘liqni  saqlash  vazirligi,  Ichki  ishlar  vazirligi,  Tabiatni  muhofaza 
qilish  davlat  qo‘mitasi  tomonidan  qabul  qilingan  barcha  normativ-
huquqiy hujjatlarga, ko‘rsatma va buyruqlarga asosan amalga oshiradilar. 
Shuningdek,  ichki  ishlar  organlari  O‘zbekiston  Respublikasi 
«O‘rmon  to‘g‘risida»gi  qonun  talablarini  amalga  oshirishda  bir  qator 
boshqa vazifalarni ham bajarishga ko‘maklashadilar. 

Download 1,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish