Microsoft Word экология лотин doc



Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/106
Sana29.12.2021
Hajmi1,31 Mb.
#78764
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   106
Bog'liq
2014-xolmominov-ekologiya-huquqi-lot-unlocked

Ma’muriy-huquqiy  javobgarlik.  Atmosfera  havosini  muhofaza  qilish 
to‘g‘risidagi  qonun  va  talablarni  buzganlik  uchun  ma’muriy  javobgarlik, 
O‘zbekiston  Respublikasining  «Ma’muriy  javobgarlik  to‘g‘risida»gi 
kodeksida
1
 ko‘rsatilgan. Ushbu qonunda atmosfera havosini muhofaza qilish 
bilan  bog‘liq  bo‘lgan  85-88-moddalarda  aniq  ma’muriy  javobgarlik  hollari 
ko‘rsatilgan. 
Mazkur  ekologik  huquqbuzarlikning  obyekti  atrof-muhit,  ifloslantiri-
layotgan  obyektlar  yoki asosan  atmosfera havosi hisoblanadi.  Subyekti  esa 
korxona, muassasa, tashkilotlar yoki yuridik va jismoniy shaxslar bo‘lishlari 
mumkin. 
Mazkur  huquqbuzarliklarni  sodir  etgan  ushbu  sohadagi  yuridik  va 
jismoniy shaxslarga nisbatan quyidagi turdagi mamuriy jazo ko‘llaniladi: 
1) jarima; 
2) ma’muriy  huquqbuzarlikni  sodir  etish  quroli  hisoblangan  yoki 
bevosita shunday narsa bo‘lgan ashyoni musodara qilish; 
3) ma’muriy  huquqbuzarlik  sodir  etish  quroli  hisoblangan  yoki 
bevosita  shunday  narsa  bo‘lgan  ashyoning  haqini  to‘lash  sharti  bilan  olib 
qo‘yish; 
4) muayyan  shaxsni  unga  berilgan  maxsus  huquqdan  (transport 
vositasini boshqarish va ov qilish huquqlaridan) mahrum etish;  
5) ma’muriy qamoqqa olish. 
O‘zbekiston  Respublikasi  «Ma’muriy  javobgarlik  to‘g‘risidagi»  ko-
deksning  85-moddasida  ifloslantiruvchi  moddalar  va  biologik  organizm-
larni  atmosfera  havosiga  chiqarib  tashlash,  unga  zararli  fizikaviy  ta’sir 
ko‘rsatish  yoki  atmosfera  havosidan  belgilangan  talablarni  buzgan  holda 
foydalanish,  86-moddasida  atmosferaga  chiqariladigan  zararli  moddalarni 
tozalash  inshootidan  foydalanish  qoidalarini  buzish,  shuningdek  undan 
foydalanmaslik,  87-moddasida  chiqindilarda  ifloslantiruvchi  moddalar 
normativdan ortiq bo‘lgan transport va boshqa harakatlanuvchi vositalar va 
qurilmalarni  tayyorlash  hamda  foydalanishga  chiqarish,  88-moddasida 
atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya qilmaslik uchun ham 
javobgarliklar ko‘rsatilgan.  
                                                
1
  Ўзбекистон  Республикасининг  Маъмурий  жавобгарлик  тўғрисидаги 
кодекси. – Т., 2010. 


 
151
Yuqorida  ko‘rsatilgan  talablarni  buzganlik  uchun  fuqarolarga  eng 
kam  oylik  ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha,  mansabdor 
shaxslarga  esa  –  besh  baravaridan  o‘n  baravarigacha  miqdorda  jarima 
solishga sabab bo‘ladi. 
Jinoiy-huquqiy  javobgarlik.  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat 
kodeksi
1
ning  atmosfera  havosini  muhofaza  qilish  bilan  bog‘liq  2-
moddasida  sodir  etilgan  jinoiy  huquqbuzarlik  uchun  jazo  tizimi 
ko‘rsatilgan. 
Atrof  tabiiy  muhit  (atmosfera  havosini)ning  ifloslanganligi 
to‘g‘risidagi  ma’lumotlarni  qasddan  yashirish  yoki  buzib  ko‘rsatish 
uchun ham jinoiy javobgarlik ko‘rsatilgan. 
Jumladan,  Jinoyat  kodeksining  194-moddasiga  asosan,  maxsus 
vakolatga ega mansabdor shaxslar tomonidan zararli ekologik oqibatlarni 
keltirib  chiqargan  halokatlar  yoki  atrof  tabiiy  muhitning  radiatsiyaviy, 
kimyoviy, bakteriyaviy ifloslanganligi yoxud odam hayoti yoki sog‘lig‘i, 
tirik  tabiat  uchun  xavfli  bo‘lgan  boshqacha  tarzda  ifloslanganligi 
haqidagi  yoxud  aholi  salomatligining  holatiga  doir  ma’lumotlarni 
qasddan  yashirilishi  yoki  buzib  taqdim  etilishi  aholining  ommaviy 
kasallanishi, hayvonlar, parrandalar yoki baliqlarning qirilib ketishi yoki 
boshqacha og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, –  
eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha 
miqdorda  jarima  yoki  besh  yilgacha  muayyan  huquqdan  mahrum  qilish 
yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. 
O‘sha qilmishlar odam o‘lishiga sabab bo‘lsa, – 
uch  oydan  olti  oygacha  qamoq  yoki  muayyan  huquqdan  mahrum 
qilib uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. 
O‘zbekiston  Respublikasining  Jinoyat  kodeksida  ko‘rsatilgan 
ikkinchi  jinoyat  turi  bu,  atrof-tabiiy  muhitni,  jumladan,  atmosfera 
havosini ifloslantirganlik uchun jazo chorasini ko‘rsatilishidir. 
Ushbu  masala  Jinoyat  kodeksini  196-moddasi  quyidagicha  o‘z 
ifodasini  topgan.  Ushbu  moddaga  asosan,  yerlarni  ifloslantirish  yoki 
buzish, suv yoki atmosfera havosini ifloslantirish odamlarning ommaviy 
ravishda  kasallanishi,  hayvonlar,  parrandalar  yoki  baliqlarning  qirilib 
ketishi yoki boshqacha og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, – 
eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha 
bo‘lgan miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum 
qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. 
                                                
1
 Ўзбекистон Республикасининг Жиноят кодекси. – Т., 2013. 


 
152
O‘sha qilmishlar odam o‘lishiga sabab bo‘lsa, – 
uch  oydan  olti  oygacha  qamoq  yoki  muayyan  huquqdan  mahrum 
qilib, uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. 

Download 1,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish