Microsoft Word экология лотин doc



Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/106
Sana29.12.2021
Hajmi1,31 Mb.
#78764
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   106
Bog'liq
2014-xolmominov-ekologiya-huquqi-lot-unlocked

Fuqarolik  huquqiy  javobgarlik  –  yer  osti  boyliklarini  huquqiy 
muhofaza  qilishda  ushbu  javobgarlikning  ta’siri  katta.  Bu  javobgarlik 


 
147
O‘zbekiston  Respublikasi  Fuqarolik  kodeksining  479-moddasi1ga 
binoan  «...  yetkazilgan  zarar,  to‘la  miqdorda  zarar  yetkazgan  shaxs 
tomonidan to‘lanishi lozim. Zarar yetkazgan shaxs, bu zararning o‘z aybi 
bilan yetkazilmaganligini isbotlasa, zararni to‘lashdan ozod qilinadi. 
Agar  korxona,  muassasa,  tashkilot  xodimlari  yer  osti  boyliklarini 
qazib olayotgan yoki boshqa ta’mirlash ishlarini olib borayotganda, ya’ni 
mehnat  burchlarini  bajarib  turgan  vaqtlarida,  ularning  aybi  bilan 
yetkazilgan 
zararni 
to‘lashga 
majbur 
bo‘ladilar. 
O‘zbekiston 
Respublikasining  Fuqarolik  kodeksini  480-moddasida  ushbu  talablar 
aniq va ravshan ifoda etilgan. 
Umuman  olganda,  fuqarolik  javobgarligining  mohiyati  shundan 
iboratki, yer osti boyliklariga, ularning sifat va samaradorligiga, ekologik 
holatiga  yetkazilgan  zararni,  har  qanday  holatda  Fuqarolik  qonunlariga 
asosan javobgarlikning mohiyatini belgilaydi. 
Jinoiy huquqiy javobgarlik – O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 
22-sentabrda qabul qilingan Jinoyat kodeksiga asosan amalga oshiriladi. 
Jinoyat  kodeksining  197-moddasiga  asosan,  yer,  yer  osti  boyliklaridan 
foydalanish  shartlarini  yoki  ularni  muhofaza  qilish  talablarini  buzish 
og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, –  
eng kam ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda 
jarima  yoki  uch  yilgacha  axloq  tuzatish  ishlari  yoxud  uch  yilgacha 
ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi, deb ko‘rsatilgan. 
Umuman  olganda,  yer  osti  boyliklarida  ishlash  qoidalarini  buzish 
quyidagi  harakatlarda  ifodalanadi  va  yuqorida  ko‘rsatilgan  ma’lum 
javobgarliklarga sabab bo‘ladi: 
a) yer osti boyliklarini o‘zaro shartnoma ruxsati yoki maxsus ruxsat 
etuvchi guvohnomasi bo‘lmagan shaxs tomonidan o‘zboshimchalik bilan 
ishlash.  Bunday  shaxslarga  qalbaki  guvohnomasi  bo‘lgan  shaxslar, 
guvohnomasining  muddati  o‘tib  ketgan  shaxslar,  yoki  g‘ayriqonuniy 
tarzda guvohnoma olgan shaxslar ham kiradilar; 
b)  maxsus  ruxsatnomasi  bor  oltin  izlovchi  shaxslarning  o‘zlariga 
biriktirilmagan hududlarda yer osti boyliklarini izlashlari; 
v)  oltin  izlovchi  artellarning  a’zolari  tomonidan  o‘zlariga  tegishli 
bo‘lmagan hududlarda yer osti boyliklarini izlashlari; 
g)  xususiy  shaxslar  hamda  maxsus  ruxsatnomasi  bor  oltin  izlovchi 
shaxslar  tomonidan  o‘lja  qilish  maqsadida  yer  osti  boyliklariga  ishlov 
berish qat’iy taqiqlanadi; 
d)  yer  osti  boyliklarida  ishlash  qoidalarini  buzish  xarakterlari  o‘zi 
tugallangan jinoyatni bildiradi; 


 
148
ye)  xususiy  shaxslar  tomonidan  qazilma  boyliklari  topilganda 
yashirib  qolish  va  o‘zlashtirish,  boshqa  oltin  qidiruvchilar  arteliga  yoki 
boshqa shaxslarga topshirish ham jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi. 
O‘zbekiston Respublikasining «Atmosfera havosini muhofaza qilish 
to‘g‘risida»gi  qonuniga  asosan  va  «O‘zbekiston  Respublikasining  Havo 
kodeksi»ni  93-moddasida  atmosfera  havosini  muhofaza  qilish  haqidagi 
qonunlarni va ekologik talablarni buzganlik hamda unga amal qilmaslik 
uchun  ma’muriy,  jinoiy  javobgarliklar  belgilangan.  Albatta,  qonunda 
(ustavga  muvofiq)  atmosfera  havosi  haqidagi  qonunlarni  buzganlik 
uchun intizomiy va fuqarolik javobgarliklari ham mavjud. 
Jumladan, «Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida»gi 1996-
yil  27-dekabrda  qabul  qilingan  qonunning  29-moddasiga  asosan, 
atmosfera  havosini  muhofaza  qilish  to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlarini 
buzishda  aybdor  bo‘lgan  shaxslar  belgilangan  tartibda  javobgar 
bo‘ladilar. 
Korxonalar,  muassasalar,  tashkilotlar  va  fuqarolar  atmosfera  havosini 
muhofaza  qilish  to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlarini  buzish  oqibatida 
yetkazilgan zarar o‘rnini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplashlari 
shart.  Zarar  o‘rnini  qoplash  aybdorlarni  qonun  hujjatlariga  muvofiq 
javobgarlikka tortishdan ozod etmaydi 

Download 1,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish