Microsoft Word экология лотин doc



Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/106
Sana29.12.2021
Hajmi1,31 Mb.
#78764
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   106
Bog'liq
2014-xolmominov-ekologiya-huquqi-lot-unlocked

Beshinchidan, Yer kodeksi yangi talab va bozor iqtisodiyoti sharoiti-
da  qabul  qilingan  «Fermer  xo‘jaligi»,  «Dehqon  xo‘jaligi»  va  «Qishloq 
xo‘jaligi  shirkati»  to‘g‘risidagi  qonun  talablarini  hamda  «Yer  kadastri 
to‘g‘risida»gi  yangi  qonunni  qo‘llash,  amalga  oshirishda  alohida 
ahamiyat kasb etib, muhim manba hisoblanadi. 
Oltinchidan, Yer kodeksining eng muhim jihati, barqarordir. Mazkur 
qonunning  barqarorligi  uning  normalari,  prinsiplari  va  ahamiyati  uzoq 
muddatli davrni hisobga olib qabul qilinganligidadir. 
Yer  to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlarining  asosiy  vazifalari  hozirgi  va 
kelajak  avlodlarning  manfaatlarini  ko‘zlab  yerdan  ilmiy  asoslangan 
tarzda,  oqilona  foydalanish  va  uni  muhofaza  qilishni,  tuproq  unum-
dorligini  tiklash  va  oshirishni,  tabiiy  muhitni  asrash  va  yaxshilashni, 
                                                                                                                                                        
1
 O‘sha manba.  – 2004. – № 9. – 134-m. 


 
71
xo‘jalik  yuritishning  barcha  shakllarini  teng  huquqiylilik  asosida 
rivojlantirish  uchun  sharoit  yaratishni,  yuridik  va  jismoniy  shaxslarning 
yer  uchastkalariga  bo‘lgan  huquqlarini  himoya  qilishni  ta’minlash 
maqsadida  yer  munosabatlarini  tartibga  solishdan,  shuningdek,  bu 
sohada qonuniylikni mustahkamlashdan iborat. 
O‘zbekiston Respublikasida yer resurslaridan oqilona foydalanish va 
uni  huquqiy-ekologik  muhofaza  qilish  konstitutsiyaviy  talabi  va  asosiy 
prinsiplari «Yer kodeksi»da o‘z asosini topgan. 
Jumladan, 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan «Yer kodeksi»ning 2-
moddasiga  binoan  yer  to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlari  quyidagi  asosiy 
prinsiplarga asoslanadi: 
–  eng  muhim  tabiiy  resurs,  fuqarolar  hayotiy  faoliyatining  asosi 
bo‘lmish  yer  fondini  asrash,  tuproq  sifatini  yaxshilash  hamda  uning 
unumdorligini oshirish; 
– 
yerlardan 
oqilona, 
samarali 
va 
belgilangan 
maqsadda 
foydalanishni ta’minlash; 
– qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlarni, eng avvalo, sug‘o-
riladigan yerlarni alohida muhofaza etishni, sug‘oriladigan yerlarni ken-
gaytirib  borishni  hamda  ulardan  qat’iy  belgilangan  maqsadda  foyda-
lanishni ta’minlash; 
–  qishloq  xo‘jaligi  yerlarining  unumdorligini  oshirish,  yerlarning 
meliorativ  holatini  yaxshilash  hamda  yerlarni  muhofaza  qilish  tadbirlarini 
amalga oshirishni davlat yo‘li bilan va boshqa tarzda qo‘llab-quvvatlash; 
–  yerga  va  butun  atrof  tabiiy  muhitga  zarar  yetkazilishining  oldini 
olish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash; 
– yerga egalik qilish va undan foydalanish shakllarining xilma-xilligi, 
yer  munosabatlari  ishtirokchilarining  teng  huquqliligini  ta’minlash  hamda 
ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya etish; 
– yerdan foydalanganlik uchun haq to‘lash; 
– yerlarning  holati  haqidagi  axborotning  to‘liq  bo‘lishini  hamda 
undan erkin foydalanishga yo‘l qo‘yilishini ta’minlashga asoslanadi. 
O‘zbekiston  Respublikasining  yer  resurslari  boy  va  o‘ziga  xos 
xususiyatga  ega.  Ekologiya  huquqida  mamlakatimizning  yer  fondi 
toifalarini o‘rganish ham katta ahamiyat kasb etadi. 
Yagona  davlat  yer  fondi  toifalarga  bo‘linishining  huquqiy  holati 
O‘zbekiston  Respublikasining  «Yer  kodeksi»da  ko‘rsatilgan
1
.  Zero,  yer 
                                                
1
 Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси. – 1998. 
– № 5-6. – 82-м. 


 
72
fondining  huquqiy  asosi  mazkur  qonunning  II  bob  8-10-moddalarida 
aniq o‘z aksini topgan. 
Jumladan,  O‘zbekiston  Respublikasida  yer  fondi  yerlardan 
foydalanishning asosiy maqsadiga ko‘ra quyidagi toifalarga bo‘linadi: 
1) qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar – qishloq xo‘jaligi ehtiyoj-
lari uchun berilgan yoki ana shu maqsadga mo‘ljallangan yerlar. Qishloq 
xo‘jaligiga  mo‘ljallangan  yerlar  sug‘oriladigan  va  sug‘orilmaydigan 
(lalmikor) yerlar, haydaladigan yerlar, pichanzorlar, yaylovlar, ko‘p yillik 
mevali dov-daraxtlar va tokzorlar egallagan yerlarga bo‘linadi; 
2) aholi  punktlarining  (shahar,  posyolkalar  va  qishloq  aholi 
punktlarining)  yerlari  –  shaharlar  va  posyolkalar,  shuningdek,  qishloq 
aholi punktlari chegarasi doirasidagi yerlar; 
3) sanoat,  transport,  aloqa,  mudofaa  va  boshqa  maqsadlarga 
mo‘ljallangan  yerlar  –  ko‘rsatilgan  maqsadlarda  foydalanish  uchun 
yuridik shaxslarga berilgan yerlar; 
4)  tabiatni  muhofaza  qilish,  sog‘lomlashtirish,  rekreatsiya  maqsad-
lariga mo‘ljallangan yerlar – alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar 
egallagan,  tabiiy  davolash  omillariga  ega  bo‘lgan  yerlar,  shuningdek, 
ommaviy dam olish va turizm uchun foydalaniladigan yerlar; 
5) tarixiy-madaniy  ahamiyatga  molik  yerlar  –  tarixiy  madaniy 
yodgorliklar joylashgan yerlar; 
6) o‘rmon  fondi  yerlari  –  o‘rmon  bilan  qoplangan,  shuningdek, 
o‘rmon  bilan  qoplanmagan  bo‘lsa  ham,  o‘rmon  xo‘jaligi  ehtiyojlari 
uchun berilgan yerlar; 
7) suv  fondi  yerlari  –  suv  obyektlari,  suv  xo‘jaligi  inshootlari 
egallagan  yerlar  va  suv  obyektlarining  qirg‘oqlari  bo‘ylab  ajratilgan 
mintaqadagi yerlar; 
8) zaxira yerlar (8-modda). 
Hayot rivojlanishi va amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, ba’zi hollarda 
qonunda belgilangan yer toifalari boshqasiga o‘tkazilishi ham mumkin. 
Mazkur  holat  amaldagi  «Yer  kodeksi»ning  9-moddasi  talablari 
asosida  hamda  talab  darajasida  belgilab  qo‘yilgan  huquqiy  normalarga 
to‘la  mos  kelishi  va  javob  berishi  lozim.  Yerlardan  asosiy  foydalanish 

Download 1,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish