Microsoft Word экология лотин doc


«Yer resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilishning



Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/106
Sana29.12.2021
Hajmi1,31 Mb.
#78764
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   106
Bog'liq
2014-xolmominov-ekologiya-huquqi-lot-unlocked


§. «Yer resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilishning 
ekologik-huquqiy tartibi
» tushunchasi 
 
Tabiat boyliklari  orasida  yer,  yer  resurslari  alohida  xususiyatga  ega 
bo‘lib,  qanday  davlat  bo‘lmasin  uning  iqtisodiy  qudrati  yer  resurslari 
bilan  bog‘liqdir.  Jumladan,  mustaqil  O‘zbekistonimiz  xalqi  hayoti, 
turmush  tarzi,  faoliyati  va  farovonligining  tub  asosi  yer  resurslaridan 
oqilona  foydalanishga  tayanadi.  Shu  sababli  uni  muhofaza  qilish  o‘ta 
muhim ahamiyat kasb etadi. 
O‘zbekiston  Respublikasining  umumiy  yer  maydoni  44,9  million 
gektar  bo‘lib,  qishloq  xo‘jalik  tarmog‘iga  ajratilgan  yerlar  28  million 
gektar  (ya’ni  butun  hududning  62  foizini  tashkil  etadi).  Shundan,  23 
million gektar sahro yerlarda joylashgan yaylovlardir, 0,7 million gektar 
lalmi haydaladigan, 4,3 million gektarni esa sug‘oriladigan yerlar tashkil 
etib,  bu  15  foiz  hududni  o‘z  ichiga  oladi.  Qishloq  xo‘jalik 
mahsulotlarining 95 foizi ana shu toifaga kiradigan yerlardan olinadi. 
O‘zbekiston  Respublikasida  yer  bilan  bog‘liq  munosabatlar 
O‘zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasi,  «Yer  Kodeksi»
1
  va  ana 
shu  qonunlarga  asoslanib  chiqarilgan  boshqa  qonun  va  qonunosti 
hujjatlar bilan tartibga  solinadi. Bunday  hujjatlar  jumlasiga  O‘zbekiston 
Respublikasi  Prezidenti  Farmonlari,  Vazirlar  Mahkamasining  qarorlari, 
O‘zbekiston  Respublikasi  Tabiatni  muhofaza  qilish  davlat  qo‘mitasi, 
Qishloq  va  suv  xo‘jaligi  vazirligining  tegishli  qarorlari  hamda  ayrim 
buyruqlari kiradi. 
Shuningdek,  yer  bilan  bog‘liq  munosabatlarni  tartibga  solishda 
O‘zbekiston  Respublikasining  «Qishloq  xo‘jaligi  kooperativi  (shirkat 
xo‘jaligi)»
2
,  «Dehqon  xo‘jaligi»
3
,  «Fermer  xo‘jaligi»
1
,  to‘g‘risidagi 
                                                
1
 Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси. – 1998. 
– № 5–6. – 82-м. 
2
 O‘sha manba.. – 1998. – № 5–6. – 84-m. 
3
 O‘sha manba. – 1998. – № 5–6. – 88-m. 


 
70
qonunlari  hamda  O‘zbekiston  Respublikasining  Jinoyat  kodeksi, 
Ma’muriy  javobgarlik  to‘g‘risidagi  kodeks,  Soliq  kodeksi  va  boshqa 
qonunlar alohida ahamiyat kasb etadi. 
Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasining yerdan foydalanish 
va  uni  muhofaza  qilish  bilan  bog‘liq  suv,  o‘rmon,  tog‘-konga  taalluqli 
munosabatlar,  shuningdek  o‘simlik  va  hayvonot  dunyosi,  atmosfera 
havosidan  foydalanish  va  ularni  muhofaza  qilish  bilan  bog‘liq  boshqa 
maxsus qonunlari bilan ham tartibga solinadi. 
Shuni  alohida  aytish  lozimki,  O‘zbekiston  Respublikasidagi  yer 
maydonini  huquqiy-ekologik  muhofaza  qilish  va  undan  oqilona  foyda-
lanishni ta’minlovchi asosiy manba «Yer kodeksi» hisoblanadi. Shunday 
ekan, mazkur Kodeksining ayrim xususiyatlarini sanab o‘tish o‘rinlidir. 
Birinchidan,  Yer  kodeksi  O‘zbekiston  Respublikasi  xalqi  hayoti, 
faoliyati va farovonligining asosi sifatida yerdan oqilona foydalanish va 
uni huquqiy muhofaza qilishning asosini tashkil etadi. 
Ikkinchidan,  u  yangi  ijtimoiy  tuzum  –  bozor  munosabatlarini  mus-
tahkamlash  uchun  yangi  huquqiy  zamin  tayyorlab,  qishloq  xo‘jaligida 
agrar islohotlarni amalga oshirishda alohida ahamiyat kasb etdi. 
Uchinchidan,  Yer  kodeksi  iqtisodiy,  siyosiy  va  ijtimoiy  hayotda 
sodir  bo‘lgan  o‘zgarishlarni  hamda  qishloq  xo‘jaligi  sohasidagi  isloho-
tlarni yanada chuqurlashtirishda asosiy huquqiy manba hisoblanadi. 
To‘rtinchidan,  1990-yil  20-iyundagi  O‘zbekiston  Respublikasining 
«Yer  to‘g‘risida»gi  qonunidan  batamom  farq  qilib,  hozirgi  sharoitda 
yerdan foydalanish va uni huquqiy muhofaza qilish bilan bog‘liq bo‘lgan 
barcha muammolarni to‘laroq aks ettiradi. 

Download 1,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish