3-§. Ekologik huquqbuzarliklarga qarshi kurashish va ularning
oldini olish borasidagi ichki ishlar organlarining roli va vazifalari
O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan
«Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunining 3-moddasida
tabiatni muhofaza qilishdan maqsad ko‘rsatilgan va unga asosan tabiatni
muhofaza qilishdan maqsad:
– inson salomatligi uchun, ekologik muvozanatni saqlash uchun,
respublikani samarali va barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish
manfaatlari yo‘lida tabiatdan oqilona va uni ishdan chiqarmaydigan qilib
foydalanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
– jonli tabiatning turlari va genetik fondi boyligini saqlab qolish;
– ekologiya tizimlari, landshaftlar va noyob tabiat obyektlari xilma-
xilligini saqlab qolish;
– ekologiya xavfsizligini ta’minlash;
– tabiat obyektlari bilan bog‘liq madaniy merosni asrab qolishdir - deb
ta’kidlanganligi, O‘zbekiston Respublikasining Muhofaza etiladigan tabiiy
hududlar to‘g‘risida qonunining 1-moddasiga binoan, qonunning maqsadi
quyidagi tartibda ko‘rsatib o‘tilgan, ya’ni: muhofaza etiladigan tabiiy
hududlarni tashkil etish, muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi
munosabatlarni tartibga solishdan iborat ekanligi, shuningdek, ushbu
qonunning 2-moddasida asosiy vazifalari tipik, noyob, qimmatli tabiiy
obyektlar va majmualarni, o‘simliklar va hayvonlarning irsiy fondini
saqlab qolishdan, inson faoliyatining tabiatga salbiy ta’sir ko‘rsatishining
oldini olishdan, tabiiy jarayonlarni o‘rganishdan, atrof tabiiy muhit monito-
ringini olib borishdan, ekologik ma’rifat va tarbiyani takomillashtirishdan
iborat ekanligi ichki ishlar organlari zimmasiga ham katta mas’uliyat
yuklatilganligini ko‘rsatib turibdi.
Zero, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Huquqiy tarbiyani
yaxshilash, aholining huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish,
1
Qarang: Шоимов Н.Б. Экология соҳасидаги жиноятлар учун
жавобгарликни
кучайтиришнинг
баъзи
жиҳатлари
//
Ўзбекистон
Республикаси ИИВ Академиясининг Ахборотномаси. –2012. – №2. – Б. 29-33.
67
huquqshunos kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, jamoatchilik
fikrini o‘rganish ishini yaxshilash haqida»gi 1997-yil 25-iyun farmoni va
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining «Jamiyatda huquqiy
madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi to‘g‘risida»gi qarorida huquqiy
va ekologik-huquqiy muammolarni hal etishda ichki ishlar organlarining
faoliyatiga alohida e’tibor qaratilgani va IIV bir qator vazifalarni
bajarishi zarurligi ko‘rsatib berilgan.
Ekologiya sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish va ularni
oldini olishda barcha huquqni muhofaza qiluvchi organlar qatori, ichki
ishlar organlarining ham faoliyati va vazifasi ancha kengdir.
Ichki ishlar organlarining ekologik huquqbuzarlik va jinoyatlarga
qarshi kurashish, ularning oldini olish bilan bog‘liq ko‘rsatmalar
O‘zbekiston Respublikasi IIVning nizom va bir qator buyruqlarida aniq
ko‘rsatilgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV tashkilotchiligi doirasida, boshqa muta-
saddi tashkilotlar hamkorligida respublikamizda har yili ikki bosqichda
«Toza havo», «Yo‘l harakat xavfsizligi» oyligi, «To‘r» kabi ekologiya
borasidagi tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Ushbu tadbirlarni amalga
oshirishda asosan ichki ishlar xodimlari faol ishtirok etib, tadbir davomida
ekologiya sohasidagi sodir etilishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarliklarning
oldini olishga qaratilgan huquqiy chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan hozirgi vaqtda atrof-
muhitni muhofaza qilishga qaratilgan bir qator samarali chora-tadbirlar
amalga oshirilmoqda, atrof-tabiiy muhitni muhofaza qilish samara-
dorligini oshirish, ekologik munosabatlarni tartibga solish maqsadida bir
qancha qonun va qonunosti hujjatlar qabul qilindi.
Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahka-
masining 2013 yil 27 maydagi 142-sonli qaroriga asosan «2013-2017
yillarda O‘zbekiston Respublikasida atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha
harakatlar Dasturi to‘g‘risida»gi
1
va 2011-yil 31-oktabrdagi «2011-2015-
yillarda O‘zbekiston Respublikasi atrof tabiiy muhit monitoringi Dasturi
to‘g‘risida»gi 292-sonli qarori hamda «Orolbo‘yi genofondini muhofaza
qilish xayriya jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida»2gi qarorlari qabul
qilinganligini alohida ta’kidlash lozim.
Xulosa qilib aytganda, ichki ishlar organlari ekologiya sohasidagi
huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish va ularga qarshi
1
Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. – 2013.– № 22. –
282-м.
68
kurashishlari uchun ekologik huquqiy targ‘ibot ishlarini olib borishlari,
fuqarolarning ekologik ongi, ma’naviyati va madaniyatini oshirishga
ko‘maklashishlari hamda ushbu ishni boshqa huquqni muhofaza qiluvchi
organlar hamkorligida olib borishlari maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |