Intizomiy javobgarlikka tortishdan maqsad – shaxsning sodir etilgan
ekologik huquqbuzarlik uchun moddiy va ma’naviy javobgarlikni his
etishi, huquqbuzarlarni tarbiyalash va boshqa xodimlar o‘rtasida shunday
ekologik huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish, ekologik-agrar
qonunlarga hamda mehnat qonunlariga hurmat bilan qarash, ekologiya tizi-
mida olib borilayotgan tadbirlarni amalga oshirishda, ekologik siyosatni
mustahkamlashda mehnat intizomiga qattiq rioya qilishni ta’minlashdir
1
.
Ekologiya sohasida sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun intizomiy
javobgarlikka tortishga subyektning davlat tomonidan belgilangan
ekologik tadbirlarni bajarmasligi hamda amalga oshirmasligi, o‘z mehnat
burchiga sadoqat bilan yondashmasligi oqibatida ekologik tizimga zarar
yetkazishining o‘zi kifoya.
Fuqarolar va mansabdor shaxslar, ijarachilar, fermer, dehqon
xo‘jaliklari, qishloq xo‘jalik kooperativlari (shirkatlari), xususiy
korxonalar, korxona, muassasa, tashkilotlar intizomiy javobgarlikning
subyekti bo‘lishi mumkin.
Ekologiya sohasida huquqbuzarliklar sodir etganlik uchun intizomiy
javobgarlikka tortish asosan mehnat qonunlari bilan tartibga solinadi.
1
Qarang: Холмўминов Ж.Т. Дисциплинарная ответственность за
нарушения сельскохозяйственного законодательства // Хозяйство и право. –
2001. – № 6. – С. 75-78
57
Ekologiya sohasida intizomiy huquqbuzarlikning obyekti – nafaqat
ish tartibi, balki ekologiya sohasida belgilangan ichki tartib va uni
to‘ldirib turadigan tegishli ekologik-huquqiy normalar (dalolatnomalar,
nizom, ustav va boshqalar) hisoblanadi.
Ushbu soha bo‘yicha intizomiy javobgarlikka tortish boshqa yuridik
javobgarliklar turiga qaraganda ancha ta’sirli va ijobiy natija beradi.
Xodimni intizomiy javobgarlika tortish shartlaridan biri huquqbu-
zarning ma’lum aybga ega bo‘lishi, hamda intizomiy huquqbuzarlik
sodir etgan subyektning u yoki bu miqdorda yetkazgan zarari hamda bu
zararning oqibati hisoblanadi.
Ekologiya sohasida qo‘llaniladigan intizomiy javobgarlik mehnat
intizomini buzish oqibatida hamda o‘z xizmat vazifasini yetarli darajada
hamda burchini mas’uliyat bilan bajarmaslik natijasida vujudga keladi.
Jumladan, ekologik huquqbuzarliklar sodir etganlik uchun jazo cho-
rasi
O‘zbekiston
Respublikasining
Mehnat
Kodeksida
batafsil
yoritilgan
1
.
Mazkur qonunning 181-moddasiga binoan, xodimga mehnat
intizomini buzganlik uchun ish beruvchi quyidagi intizomiy choralarni
qo‘llashga haqli:
1) hayfsan;
2) o‘rtacha oylik ish haqining o‘ttiz foizidan ortiq bo‘lmagan
miqdorda jarima. Ichki mehnat tartibi qoidalarida xodimga o‘rtacha oylik
ish haqining ellik foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda jarima solish
hollari ham nazarda tutilishi mumkin. Xodimning ish haqidan jarima
ushlab qolish ushbu Kodeksining 164-moddasi talablariga rioya qilingan
holda ish beruvchi tomonidan amalga oshiriladi.
3) mehnat shartomasini bekor qilish (100-modda ikkinchi qismining
3 va 4-bandlari).
Ushbu moddada nazarda tutilmagan intizomiy jazo choralarini
qo‘llash taqiqlanadi.
Ekologik huquqbuzarliklarni sodir etganda intizomiy jazo chorasi,
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 82-moddasiga asosan ish
beruvchining buyrug‘iga ko‘ra rasmiylashtiriladi.
Intizomiy jazo qo‘llashdan oldin xodimdan yozma ravishda tu-
shuntirish xati talab qilinishi lozim. Xodimning tushuntirish xati
berishdan bosh tortishi unga nisbatan jazo qo‘llashga to‘siq bo‘la
olmaydi.
1
Ўзбекистон Республикасининг Меҳнат кодекси. – Т., 2010
58
Ekologik huquqbuzarliklar uchun intizomiy jazo qo‘llashda sodir
etilgan nojo‘ya xatti-harakatning qay darajada og‘ir ekanligi, shu xatti-
harakat sodir etilgan vaziyat, xodimning oldingi ishi, xulq-atvori hisobga
olinadi va bir oy ichida qo‘llaniladi.
Masalan, ekologiya sohasidagi huquqbuzarliklar uchun intizomiy
javobgarlik yerdan oqilona foydalanmay, unda ekilgan ekin mahsuloti
sifatining yomonlashishi, agrotexnika qoidalarini buzganlik, yerning
meliorativ holatini buzish, suvdan foydalanish talablari va tartibini
buzish, havoni ifloslantirish va boshqa hollarda qo‘llanilishi mumkin.
Intizomiy javobgarlikka tortishning bir qator xususiyatlari mavjud.
U, birinchidan, u boshqa javobgarlik turidan yengilroq tusda ekanligi
bilan, ikkinchidan, faqat korxona, muassasa, tashkilot rahbari tomonidan
qo‘l ostida ishlovchi xodimga nisbatan qo‘llanishi bilan farq qiladi.
Demak, ekologiya sohasida sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun
intizomiy javobgarlikni yakka tartibda emas, balki umumiy yig‘ilish-
larda, ko‘pchilik huzurida muhokama qilib qo‘llash yaxshi natija beradi.
Ekologiya huquqida intizomiy javobgarlikka tortish ko‘proq
tarbiyaviy ahamiyatga ega, ammo bunday javobgarlikka olib keladigan
huquqbuzarlik sodir etilishi oqibatida huquq sohasining belgilangan
huquqiy-ekologik tartibi va normalari buziladi.
Bir so‘z bilan aytganda, ekologiya sohasida qonunchilik va huquqiy
tartibotni mustahkamlash, barcha korxona, muassasa va tashkilotlar,
ularning mulki va tegishli huquqlarini himoya qilish, atrof tabiiy muhitni
barqarorlashtirish, inson salomatligini saqlash va kelajak avlodni
sog‘lom o‘stirishga xizmat qiladi.
Ma’muriy-huquqiy javobgarlik yuridik javobgarlikning bir turi
sifatida ekologiya sohasida sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun ham
qo‘llaniladi.
Ekologiya sohasida ma’muriy huquqiy javobgarlikka tortish uchun
faqat ma’muriy huquqbuzarlikning sodir etilishi kifoya.
Ma’muriy-huquqiy javobgarlikka tortishning asosi va uning
tushunchasi O‘zbekiston Respublikasining «Ma’muriy javobgarlik
to‘g‘risida»gi kodeksida aniq ko‘rsatilgan
1
.
Ushbu kodeksning 10-moddasiga ko‘ra, ma’muriy huquqbuzarlik
deganda qonun hujjatlariga binoan ma’muriy javobgarlikka tortish nazarda
tutilgan, shaxsga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, mulkchilikka,
1
Ўзбекистон Республикасининг Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги
кодекси. – Т., 2010
59
davlat va jamoat tartibiga, tabiiy muhitga tajovuz qiluvchi g‘ayrihuquqiy,
aybli (qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida) sodir etilgan harakat yoki
harakatsizlik tushuniladi.
Ekologiya sohasida sodir etilgan huquqbuzarliklarga asosan
ma’muriy javobgarlikni belgilashdan maqsad – barcha fuqaro va yuridik
shaxslar ekologik qonun talablarini bajarishlari, jamiyat, davlat oldidagi
ekologik mas’uliyatlarni bilishlari va amalga oshirishlari yoki ekologik
huquqbuzarliklarni sodir etganlarni qayta tarbiyalash va tegishli jazo
choralari ko‘rishdan iborat.
Ekologiya sohasidagi ma’muriy huquqbuzarlik uchun javobgarlik
deganda, huquqqa va belgilangan qonunga asosan qarshi qilingan xatti-
harakat oqibatida O‘zbekiston Respublikasi ekologiya tizimiga va
O‘zbekiston Respublikasi ekologik qonunlariga hamda uni amalga
oshirish talablariga rioya etmaslik yoki unga amal qilmaslik, yoinki uni
buzish holatlari tushuniladi.
Ma’muriy huquqbuzarlik o‘z ichiga quyidagi 4 elementni (tarkibni),
ya’ni subyekt, obyekt, subyektiv va obyektiv tomonlarni qamrab oladi.
Ekologiya sohasidagi ma’muriy huquqbuzarlikning subyektlari
jismoniy va yuridik shaxslar hisoblanadi.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 13-moddasiga
asosan, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan paytda o‘n olti yoshga
to‘lgan shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortiladilar.
Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining mansabdor
shaxslariga ekologik huquqbuzarlik uchun ma’muriy javobgarlik alohida
yo‘riqnoma
1
asosida ham qo‘llanilishi mumkin.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda atrof tabiiy muhitni
muhofaza
qilish
va
tabiatdan
foydalanish
sohasidagi
huquqbuzarliklarning bir necha turi ko‘rsatilgan va tegishli jazo choralari
qo‘llanilishi ham batafsil yoritilgan.
Ushbu kodeksning VIII bobi 65-96 moddalari aynan shu masa-
lalarga bag‘ishlangan bo‘lib, bir necha yo‘nalishni o‘z ichiga oladi:
1) yerlardan foydalanish va uni ekologik muhofaza qilish yo‘nalishi
(65–69 moddalar);
2) yer osti boyliklarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish
talablarini buzish (70-71-moddalar);
1
Qarang: Табиатни муҳофаза давлат қўмитаси органлари мансабдор
шахслари томонидан табиий муҳитни муҳофаза қилиш ва табиатдан
фойдаланиш соҳасидаги ҳуқуқбузарлик учун маъмурий жавобгарликни
татбиқ этиш тўғрисидаги йўриқнома. – Т., 1998. – Б. 51.
60
3) suv zaxiralarini muhofaza qilish va suvdan foydalanish bilan bog‘-
liq yo‘nalish qoidalarini buzish bilan bog‘liq yo‘nalish (72-76- moddalar);
4) o‘rmon fondidan foydalanish va uni muhofaza qilish bilan bog‘liq
yo‘nalish (77-80-moddalar);
5) o‘simlik va o‘rmonlarni muhofaza qilish (79-82-84-89-moddalar);
6) muhofaza etiladigan tabiiy hududlar rejimini buzish bilan bog‘liq
yo‘nalish (82-modda);
7) atmosfera havosini muhofaza qilish bilan bog‘liq bo‘lgan yo‘nalish
(85-88-moddalar);
8) ov qilish, hayvonot va o‘simliklar turlarini saqlash bilan bog‘liq
bo‘lgan yo‘nalish (90-95-moddalar);
9) loyihalarni davlat ekologik (sanitariya-ekologik) ekspertizasining
ijobiy xulosasisiz ro‘yobga chiqarish bilan bog‘liq yo‘nalish (96-modda)
va boshqalar.
Yuqorida
qayd
etilgan
moddalarda
ko‘rsatilgan
ekologik
huquqbuzarliklar uchun tegishli jazo choralari mazkur moddalarning
sanksiya qismida ko‘rsatilgan.
O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi
kodeksining 23-moddasiga asosan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir
etganlik uchun quyidagi ma’muriy jazo choralari qo‘llaniladi:
1) jarima;
2) ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki
bevosita shunday narsa bo‘lgan ashyoni haqini to‘lash sharti bilan olib
qo‘yish;
3) ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki
bevosita shunday narsa bo‘lgan ashyoni musodara qilish;
4) muayyan shaxsni unga berilgan maxsus huquqdan (transport
vositasini boshqarish huquqidan, ov qilish huquqidan maxrum etish);
5) ma’muriy qamoqqa olish.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat sanitariya epidemiologiya xizmati
barcha sohalarda, jumladan ekologiya tizimida hamda sanitariya va
gigiyena qoidalariga rioya qilishni, u qaysi mulk shaklida bo‘lishidan qat’i
nazar, barcha korxona, muassasa, tashkilotlar, fuqarolar respublika
hududida sanitariya qoida va talablariga rioya qilishlari lozim. Mazkur
talab O‘zbekiston Respublikasi «Davlat sanitariya nazorati to‘g‘risida»gi va
«Veterinariya to‘g‘risida»gi qonunlarda
1
o‘z ifodasini topgan.
1
Ўзбекистон Республикаси Олий Кенгашининг Ахборотномаси. –1992. –
№ 9. – Б. 335-355.
61
Jumladan, «Davlat sanitariya nazorati to‘g‘risida»gi qonunning 30-
moddasiga asosan:
«Davlat bosh sanitariya vrachi va uning muovini sanitariya qonun va
talablarini buzganlik uchun, gigiyena talablariga rioya etmaganligi,
ushbu masala bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalarni bajarmaganlik uchun
tegishli ma’muriy jazo choralarini belgilashi mumkin», –
mansabdor shaxslarga – ikki oylik ish haqidan oshmagan miqdorda;
boshqa fuqarolarga nisbatan, – bir oylik ish haqidan oshmagan
miqdorda jarima solishi mumkin.
Ushbu ma’muriy javobgarlik natijasida undirilgan jarimalar
Toshkent shahar va viloyat epidemiya fondlariga o‘tkaziladi.
Muxtasar qilib aytganda, ekologik huquqbuzarliklarga nisbatan
ma’muriy javobgarlikni qo‘llash, ekologik qonun va talablarning to‘la
amalga oshishini, tabiiy obyektlarni qonun bilan qo‘riqlashni, ushbu
sohada sodir etiladigan huquqbuzarliklarning oldini olishga va unga
qarshi kurashishga katta yordam beradi.
Fuqaroviy huquqiy javobgarlik ekologiya sohasida sodir etilgan
huquqbuzarlik natijasida yetkazilgan mulkiy zarar oqibatida namoyon
bo‘ladi.
Fuqaroviy-huquqiy (mulkiy) javobgarlikka tortishdan maqsad
ekologiya sohasida sodir etilayotgan huquqbuzarlik natijasida
yetkazilgan moddiy va ma’naviy (mulkiy) zararlarni o‘z vaqtida
qoplashdir.
Yetkazilgan zarar uchun javobgarlikning umumiy asoslari
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksida
1
o‘z ifodasini
topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |