Intizomiy-huquqiy javobgarlik – bu yer to‘g‘risidagi qonunlarni va
ekologik talablarni buzganlik uchun qo‘llanilib, asosan yerdan
foydalanuvchilarning bajarishi va amalga oshirish lozim bo‘lgan
majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarmaslikdan kelib chiqadi. Intizomiy-
huquqiy javobgarlik korxona rahbari tomonidan qo‘llaniladi. Bu
javobgarlik asosan mehnat qonunlari asosida amalga oshirilib, ko‘proq
yer boyliklaridan oqilona foydalanish va uni ekologik holatlarini saqlash
paytidagi mehnat intizomining buzilishi oqibatida vujudga keladi.
Ma’muriy-huquqiy javobgarlik – bu intizomiy javobgarlikka
nisbatan og‘irroq bo‘lib, yer bilan bog‘liq bo‘lgan huquqbuzarliklar
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi
kodeksi
1
da ko‘rsatilgan.
Jumladan, ushbu qonunga asosan quyidagi huquqbuzarliklar uchun
ma’muriy javobgarlik belgilangan.
Yerlardan xo‘jasizlarcha foydalanish, obyektlar qurish paytida
unumdor qatlamni olmaslik, yer maydonlaridan boshqa maqsadlarda
foydalanish,
yerlarni
foydalanishdan
chiqarishga,
hosildorlik
pasayishiga, tuproqning buzilishi yoki yo‘q bo‘lib ketishiga olib
keladigan boshqa harakatlarni sodir etish, shuningdek tanazzulga yuz
tutgan qishloq xo‘jaligi yerlarini konservatsiyalashning belgilangan
tartibini buzish, –
fuqarolarga eng kam oylik ish haqining bir baravaridan uch
baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – uch baravaridan besh
baravarigacha bo‘lgan miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
1
Ўзбекистон Республикасининг Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги
кодекси. – Т., 2010.
89
Qishloq xo‘jaligi va boshqa yerlarni yaroqsiz holga tushirish, ularni
ishlab chiqarish chiqitlari va boshqa chiqindilar, kimyoviy va radioaktiv
moddalar hamda oqova suvlar bilan isloflantirish, –
fuqarolarga eng kam oylik ish haqining bir baravaridan uch bara-
varigacha, mansabdor shaxslarga esa – uch baravaridan besh baravarigacha
bo‘lgan miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi (MJTK 65-m).
Yer berish tartibini buzish, xuddi shuningdek fermer va dehqon
xo‘jaligi yuritish uchun yakka tartibda uy-joy qurish va turar-joy
binosiga xizmat ko‘rsatish, jamoa bog‘dorchiligi va polizchiligi uchun
fuqarolarga yer berilishiga to‘sqinlik qilish, –
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining uch baravaridan yetti
baravarigacha bo‘lgan miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi (MJTK
66-m).
Vaqtincha egallab turilgan yerlarni o‘z vaqtida qaytarib bermaslik
yoki ularni o‘z o‘rnida foydalanish uchun yaroqli holga keltirish
yuzasidan majburiyatlarni bajarmaslik, –
eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda
jarima solishga sabab bo‘ladi (MJTK 67-m).
Tasdiqlangan yer tuzilishi loyiha hujjatlaridan tegishli ruxsat
bo‘lmay turib chetga chiqish, xuddi shuningdek tegishli organlar bilan
kelishmay turib obyektlarni joylashtirish, loyihalashtirish, qurish va
ularni foydalanishga topshirish, davlat yer kadastri yuritish qoidalarini
buzish, yerlardan foydalanish to‘g‘risidagi hisobotlarni buzib ko‘rsatish,
axborotlarni berishdan bo‘yin tovlash yoki noto‘g‘ri axborot berish, –
fuqarolarga eng kam oylik ish haqining uchdan bir qismidan bir
baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – bir baravaridan uch
baravarigacha bo‘lgan miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi
shunday
huquqbuzarliklar
ma’muriy
jazo
chorasi
qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, –
fuqarolarga eng kam oylik ish haqining bir baravaridan uch
baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – uch baravaridan yetti
baravarigacha bo‘lgan miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi (MJTK
68-m).
Egalikdagi va foydalanishdagi yerlarning chegara belgilarini,
o‘rmonlardagi cheklov belgilarini yo‘q qilish yoki shikastlantirish, –
fuqarolarga eng kam oylik ish haqining bir baravaridan ikki
baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – uch baravaridan besh
baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi (MJTK 69-m).
90
Shuningdek, o‘rmon fondi yerlaridan foydalanish qoidalarini
buzganlik uchun ham ma’muriy javobgarlik belgilangan. MJTKning 77-
moddasiga ko‘ra, tegishli ruxsat olmay turib imorat solish, yog‘ochni
qayta ishlash, omborlar va boshqa inshootlar qurish maqsadida o‘rmon
fondi yerlaridagi daraxtni kundakov qilish, o‘rmon fondi yerlarida
pichanzorlar va yaylovlarni shikastlantirish, o‘zboshimchalik bilan
pichan o‘rish va mol boqish, drenaj tizimlarini va yo‘llarni yo‘q qilish
yoki shikastlantirish, –
fuqarolarga eng kam oylik ish haqining uchdan bir qismidan bir
baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – bir baravaridan uch
baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi
shunday
huquqbuzarliklar
ma’muriy
jazo
chorasi
qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, –
fuqarolarga eng kam oylik ish haqining bir baravaridan uch
baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – uch baravaridan yetti
baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Fuqarolik huquqiy javobgarlik – bu asosan yer egalari va yerdan
foydalanuvchilarning ko‘rgan va yetkazgan zararlarini qoplash bilan
bog‘liq.
Bu masala O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksini 86-moddasida
quyidagicha ko‘rsatilgan. Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchast-
kalari ijarachilariga va mulkdorlariga yetkazilgan zararning o‘rni (shu jum-
ladan boy berilgan foyda) quyidagi hollarda to‘la hajmda qoplanishi
kerak
1
:
– yerlar olib qo‘yilgan, qayta sotib olingan yoki vaqtincha egallab
turilganda;
– davlat qo‘riqxonalari, zakazniklar, milliy tabiat bog‘lari, tabiat
yodgorliklari, madaniy-tarixiy yodgorliklar, suv havzalari. Suv ta’minoti
manbalari, kurortlar tevaragida, daryolar, kanallar, suv tashlamalari,
yo‘llar, truboprovodlar, aloqa liniyalari va elektr uzatish liniyalari
bo‘ylab muhofaza, sanitariya va ixota zonalari belgilanishi munosabati
bilan ularning huquqlari cheklanganda;
– suv havzalari, kanallar, kollektorlar, shuningdek qishloq xo‘jaligi
ekinlari va dov-daraxtlar uchun zararli moddalar chiqaradigan boshqa
obyektlar qurish va ulardan foydalanishning ta’siri hamda yuridik va
jismoniy shaxslarning hosil kamayishiga va qishloq xo‘jaligi mahsu-
lotining sifati yomonlashuviga olib boradigan boshqa xatti-harakatlari
oqibatida yerlarning sifati yomonlashgan taqdirda.
1
Ўзбекистон Республикасининг Ер кодекси. – Т., 2011.
91
Zararning o‘rni olib qo‘yilayotgan yer uchastkalari ajratib berila-
digan korxonalar, muassasalar va tashilotlar tomonidan, shuningdek
faoliyati yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilar
va mulkdorlarining huquqlari cheklanishiga yoki yaqin atrofdagi
yerlarning sifati yomonlashuviga olib borgan korxonalar, muassasalar va
tashkilotlar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanadi.
Jinoiy-huquqiy javobgarlik – boshqa huquqiy javobgarliklarga
nisbatan ancha xavfli va og‘irroq.
Ushbu jinoiy huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun jinoiy javob-
garlik O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga
1
asosan
qo‘llaniladi.
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksini 197-moddasiga
asosan, yer, yer osti boyliklaridan foydalanish shartlarini yoki ularni
muhofaza qilish talablarini buzish og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, – eng
kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda
jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha
ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Xullas, ushbu qonunlarda ko‘rsatilgan jazo va ko‘rsatib o‘tilgan qo-
nun talablarining asosiy maqsadi yer bilan bog‘liq huquqbuzarliklarning
oldini olish, unga qarshi kurashish va fuqarolarni tarbiyalashdan
iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |