7. Xalqaro ekologik-huquqiy kelishmovchilik va nizolarni tinch
yo‘llar bilan hal etish. Xalqaro miqyosda kelib chiqadigan ekologik-
huquqiy nizolar, davlatlarning o‘zaro kelishuviga asosan tuzilgan bitim
yoki shartnoma asosida tinch yo‘l bilan hal etiladi.
Shuningdek, hozirgi davrda yana bir qator tamoyillarni shakllanish
jarayoni kechmoqda:
– boshqa davlatlarning ekologik masalalar bilan bog‘liq bo‘lgan
ishlariga aralashmaslik;
– ekologik muammolarni hal etishdagi hamkorlik;
– tinchlik va ekologik xavfsizlikni saqlashga sodiqlik;
– ekologik muammolarni hal qilishni ko‘p tomonlama kelishuv
asosida rivojlantirish;
– ekologik baho berish va boshqalar.
Xalqaro ekologiya huquqida atrof tabiiy muhitni xalqaro huquqiy
muhofaza qilish obyektlarini o‘rganish juda katta ahamiyatga ega.
199
Atrof tabiiy muhit xalqaro ekologik-huquqiy muhofazasi obyekti bo‘lib,
bunga yerning butun sayyora muhiti, jahon ummoni va uning tabiiy
boyliklari bo‘lgan atmosfera havosi, yer atrofi kosmik fazosi, o‘simlik va
hayvonot dunyosi, suv boyliklari, yerning genetik fondi va boshqalar kiradi.
Xalqaro huquqda xalqaro ekologik-huquqiy nuqtai nazardan barcha
jahon tabiiy boyliklari asosan ikki turkumga bo‘linadi:
1) ichki davlat (milliy) tabiiy boyliklari;
2) xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan tabiiy boyliklar.
Ichki davlat (milliy) tabiiy boyliklari mustaqil davlatlarning bevosita
yuridiksiyasi ostida bo‘ladi. Zero, ularning huquqiy-ekologik holatini
belgilashda davlatning ichki ekologik-huquqiy va boshqa normalari katta
ahamiyatga ega bo‘ladi. Hozirgi paytda mustaqil Respublikamizning ushbu
boyliklarini muhofaza qilishga oid bir qancha bitim va shartnomalar qabul
qilinmoqda.
Xalqaro
ahamiyatga
ega
bo‘lgan
tabiiy
boyliklar
milliy
yuridiksiyaning amal qilish chegaralari doirasidan tashqari holatda bo‘lib,
turli davlatlar hududida bo‘ladi. Ushbu obyektlar, odatda barcha davlatlar
o‘rtasida foydalaniladi.
Masalan, ochiq dengiz, kosmos, havo basseyni, Antarktida, dengiz
tubi, daryolarning suv resurslari, ko‘chib va uchib yuradigan hayvonot
turlari hamda davlatlar o‘rtasidagi chegara doirasidan tashqari holatda
foydalanadigan barcha obyektlar shular jumlasidandir.
Shuningdek, xalqaro miqyosda gi «xalqaro Qizil kitob»ga kirgan bar-
cha hayvonot va o‘simliklar dunyosining turlari ham alohida obyektlar
bo‘lib, ularni muhofaza qilishda xalqaro hamkorlik kerak bo‘ladi.
Masalan, Antarktida. U oltinchi qit’a sifatida hech qanday davlat va
xalqaro tashkilot yurisdiksiyasiga kirmaydi. Uni muhofaza qilish barcha
davlatlarning o‘zaro kelishuvi asosida amalga oshiriladi. Hozirgi paytda
Antarktida qit’asidan foydalanish va muhofaza qilishning asosiy prinsiplari
1959-yilda imzolangan «Antarktida to‘g‘risida»gi shartnomaga asosan
tartibga solinadi. Unga asosan, erkin ilmiy-tekshiruv faoliyati olib borish,
har qanday harbiy xarakterdagi zararli tadbirlarni o‘tkazmaslik, tirik
mavjudotni qo‘riqlash kabi muammolarni xalqaro birgalikda hal etishga
alohida e’tibor berilgan.
Xullas, xalqaro tabiiy boyliklarning ekologik muhofazasi va ulardan
foydalanish huquqiy-ekologik holati xalqaro huquq normalari bilan
tartibga solinadi.
Xalqaro huquqda atrof tabiiy muhitni ekologik-huquqiy muhofaza
qilish manbalari bu xalqaro hamjamiyat davlatlarning atrof-tabiiy
200
muhitni ekologik-huquqiy muhofaza qilishga va undan oqilona
foydalanishga qaratilgan o‘zaro hamkorligi faoliyatini erkin amalga
oshirishdir.
Atrof tabiiy muhitni xalqaro ekologik-huquqiy muhofaza qilishning
manbalarini ikki guruhga bo‘lish mumkin. Birinchi kategoriya
Do'stlaringiz bilan baham: |