Microsoft Word экология лотин doc


-§. Atrof tabiiy muhitni xalqaro ekologik muhofaza qilishning



Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/106
Sana29.12.2021
Hajmi1,31 Mb.
#78764
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   106
Bog'liq
2014-xolmominov-ekologiya-huquqi-lot-unlocked

 
2-§. Atrof tabiiy muhitni xalqaro ekologik muhofaza qilishning 
tamoyillari va manbalari.  Xalqaro hamkorlik 
 
Ekologiya huquqida atrof tabiiy muhitni xalqaro ekologik muhofaza 
qilish  tamoyilari  xalqaro  huquqning  asosiy  prinsiplaridan  kelib  chiqadi 
va xalqaro ekologiya huquqiga nisbatan qo‘llaniladi. 
Mazkur  tamoyil  (prinsip)larni  qo‘llashdan  asosiy  maqsad,  tabiiy 
muhitni  va  uning  boylik  manbalarini  saqlash  hamda  ulardan  oqilona 
foydalanishdir. 
Atrof  tabiiy  muhitni  xalqaro  ekologik-huquqiy  muhofaza  qilish 
tamoyillari  asosan  BMT  va  uning  atrof  muhit  bo‘yicha  o‘tkazilgan 
Stokgolm  konferensiyasi  (1972),  Yevropada  xavfsizlikni  ta’minlashning 
yakuniy hujjatida (Xelsinki, 1975) va Umumjahon tabiat xartiyasida hamda 
Rio-de-Janeyro konferensiyasi (1992) qarorlarida aniq ko‘rsatib berildi. 
1.  Tabiatni  muhofaza  qilish  va  uning  mutanosibligini  saqlash 
tamoyili.  Bunga  asosan  barcha  davlatlar  tabiat  va  uning  boyliklarini 
muhofaza  qilishlari  hozirgi  va  kelajak  avlodlar  faravonligini  ko‘zlab 
ekologik  tadbirlarni  birgalikda  amalga  oshirishlari  lozim.  Zero,  tabiatni 
muhofaza  qilish  ishida  barcha  davlatlar  bir-birlari  bilan  hamkorlik 
qilishlari  zarur.  Bunday  ekologik  hamkorliklar  teng  huquqli  va  o‘zaro 
manfaat asosidagi shartnomalarga muvofiq amalga oshirilishi shart. 
2. O‘z hududida tabiat boyliklariga nisbatan suverenitetlik prinsipi. 
Ushbu prinsip dastlab BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1962-yil 14-
dekabrda  qabul  qilingan  «Tabiiy  boylik  manbalari  ustidan  ajralmas 
suverenitet»  qarorida  o‘z  ifodasini topgan. Bu  prinsip har bir  davlat  o‘z 
tabiiy  boyliklarini  o‘z  siyosatiga  muvofiq  erkin  tasarruf  etish  bo‘yicha 
suveren huquqqa ega ekanligini ko‘zda tutadi, boshqa davlatlarga esa bu 
huquqni hurmat qilish majburiyatini yuqlaydi. 


 
198
3.  Inson  ekologik  huquqining  afzalligi.  Bu  prinsipga  asosan 
insonning  yashashi  uchun  qulay  ekologik  sharoit  bo‘lishini  ta’minlash, 
har qanday jarayonda insonning ekologik yashash omili birinchi o‘rinda 
turishi lozim. 
4. Hamma sohada ekologik nazoratni tashkil etish va olib borish. Olib 
borilayotgan  barcha  nazorat  tartibi  xalqaro  huquq  qoidalariga  mos  bo‘lib, 
O‘zbekiston  Respublikasida  «Tabiatni  muhofaza  qilish  to‘g‘risida»gi 
qonunning VII bo‘lim 28-32-moddalari asosida amalga oshirilishi lozim. 
5.  Xalqaro  miqyosda  ekologik  axborotni  erkin  almashinish  tamoyili. 
Mazkur  holat  bo‘yicha  davlat  atrof  tabiiy  muhit  holatini  kuzatib  borish 
xizmati  tabiiy  muhitda  sodir  bo‘layotgan  fizik,  kimyoviy,  biologik 
jarayonlarni,  atmosfera  havosi,  tuproq,  yer  usti  va  yer  osti  suvlarining 
ifloslanish  darajasini,  ifloslanishning  o‘simlik  va  hayvonot  dunyosiga 
ta’siri  oqibatlarini  kuzatib  borish,  manfaatdor  tashkilotlar  va  aholini  atrof 
tabiiy  muhitda  sodir  bo‘layotgan  o‘zgarishlar  haqida  joriy  va  shoshilinch 
axborotlar  hamda  bu  muhit  holatiga  doir  taxminlar  bilan  ta’minlash 
maqsadida tashkil etiladi. 
6. Favqulodda ekologik vaziyat holatida davlatlarning bir-birlariga 
o‘zaro  yordam  ko‘rsatishi.  Davlatlarning  o‘zaro  kelishuvlari  asosida 
favqulodda  ekologiya  vaziyati  va  ekologiya  ofati  mintaqalarida  shu 
vaziyatni  keltirib  chiqargan  ishlar  to‘xtatilib  qo‘yiladi,  atrof  tabiiy 
muhitga  zararli  ta’sir  etuvchi  faoliyat  (aholiga  xizmat  ko‘rsatish  bilan 
bog‘liq  faoliyat  bundan  mustasno)  taqiqlanadi,  tabiiy  muhitni tiklash  va 
sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari ko‘riladi. 

Download 1,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish