Davlat qo‘riqxonalari va ularning huquqiy tartibi. O‘simlik va hay-
vonot dunyosini muhofaza qilish, ularning nodir va tugab borayotgan
turlarini saqlab qolish, sonini ko‘paytirishda qo‘riqxona va xalq xiyobon-
larning ahamiyati kattadir. Qo‘riqlanadigan yerlarning umumiy maydoni 2
million gektardan ortiq. Respublikada qo‘riqlanadigan 11 tabiiy-hududiy
obyekt, shu jumladan 9 qo‘riqxona mavjud. Bular Chotqol, Qizilqum,
Baday-to‘qay, Nurota, Zarafshon, Hisor, Surxon, Zomin, Kitob qo‘riq-
xonalaridir. Bu qo‘riqxonalarda bioekologik tadqiqotlar olib boriladi.
Ta’kidlash joizki, davlat qo‘riqxonalarining ta’rifi va vazifalari
O‘zbekiston Respublikasining «Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar
to‘g‘risida»gi qonunida aniq ko‘rsatib berilgan. Mazkur qonunning 18-20-
moddalari ushbu jarayonga bag‘ishlangan. Jumladan, 18-moddaga ko‘ra,
davlat qo‘riqxonalarini tashkil etish: tabiiy obyektlar va majmualarni
muhofaza qilishning qattiq rejimiga ega bo‘lgan, tipik ekologik tizimlar,
o‘simliklar va hayvonlarning irsiy fondini saqlab qolish hamda o‘rganish
193
uchun mo‘ljallangan, umumdavlat ahamiyatiga molik muhofaza etiladigan
tabiiy hududlar davlat qo‘riqxonalari hisoblanadi.
Davlat qo‘riqxonalari maxsus vakolatli davlat organining taqdimno-
masi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori
bilan davlat tabiatni muhofaza qilish ilmiy-tadqiqot muassasasi shaklida
tashkil etiladi. Davlat qo‘riqxonalari bunday qo‘riqxonalar to‘g‘risidagi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan
nizom asosida faoliyat ko‘rsatadi.
Shuningdek, 19-moddada davlat qo‘riqxonalarining rejimi ham aniq
ko‘rsatilgan.
Davlat qo‘riqxonalarining hududida har qanday faoliyat taqiqlanadi,
ilmiy-tadkikot faoliyati va atrof tabiiy muhit monitoringini yuritish bundan
mustasno. Davlat qo‘riqxonalarida yong‘inga karshi tadbirlar o‘tkazilishiga
yo‘l qo‘yiladi.
Davlat qo‘riqxonalari hududida hamda ularning qo‘riqlanma zonalari-
da tirik organizmlarning yangi va kenja turlarini iqlimlashtirish maqsadida
joylashtirish taqiqlanadi.
Davlat qo‘riqxonalarining yoki ular kaysi davlat organlarining
tasarrufida bo‘lsa, shu davlat organlarining xodimi hisoblanmaydigan fuqa-
rolarning davlat qo‘riqxonalari hududida bo‘lishiga ularda ana shu organlar
yoki davlat qo‘riqxonasi ma’muriyati bergan ruxsatnoma bo‘lgan taqdirda
yo‘l qo‘yiladi.
Tabiat bog‘lari:
Tabiat bog‘lari bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ekologik-huquqiy
muammolar O‘zbekiston Respublikasining «Muhofaza etiladigan tabiiy
hududlar to‘g‘risida»gi qonuni bilan tartibga solinadi.
Qonunning V bo‘lim 23-25-moddalari bevosita mazkur masalaga
bag‘ishlangan. Ushbu qonunda tabiat bog‘larining ta’rifi va aniq vazifa-
lari ko‘rsatib berilgan.
Ekologik, madaniy va estetik qimmatga ega bo‘lgan tabiiy obyektlar
va majmualarni tabiatni muhofaza kilish yo‘nalishidagi, rekreatsiya,
ilmiy va madaniy maksadlarda saqlab qolish hamda ulardan foydalanish
uchun mo‘ljallangan muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tabiat bog‘lari
hisoblanadi.
Tabiat bog‘lari maxsus vakolatli davlat organining taqdimnomasiga
binoan tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki
mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlari bilan davlat tabiatni muho-
faza qilish muassasasi shaklida tashkil etiladigan milliy tabiat bog‘lari va
mahalliy ahamiyatga molik tabiat bog‘lariga bo‘linadi.
194
Tabiat bog‘lari bunday bog‘lar to‘g‘risidagi, ular qaysi davlat organ-
larining tasarrufida bo‘lsa, shu davlat organlari tomonidan tasdiqlanadigan
nizomlar asosida faoliyat ko‘rsatadi.
Davlat tabiat yodgorliklari:
O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi
respublika hududida 400 dan ortiq tabiat yodgorligini hisobga olgan.
Bulardan atiga 80 ga yaqini jonsiz tabiat yodgorliklaridir. Jonsiz tabiat
yodgorliklari orasida xilma-xil karst relyefi shakllari, shu jumladan,
arxeologik ahamiyatga ega bo‘lgan g‘orlar va ungurlar, shuningdek nodir
buloqlar, sharsharalar, ilmiy jihatdan katta ahamiyatga ega bo‘lgan qoyalar
va geologik ochilmalarni muhofaza qilish muhim vazifalardan hisoblanadi.
Ayniqsa, yer osti landshaftlari, ularning betakror, sehrli va maftunkor
manzaralari jiddiy muhofazaga muhtojdir.
Shuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabr-
da qabul qilingan «Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida»gi
qonunida VI bo‘lim 26-28-moddalari aynan ana shu masala, ya’ni davlat
tabiat yodgorliklarining huquqiy-ekologik ahamiyati va ularni muhofaza
qilish masalasiga bag‘ishlangan.
Jumladan, 26-moddaga ko‘ra, davlat tabiat yodgorliklarining turlari
quyidagilardir: Noyob, o‘rnini to‘ldirib bo‘lmaydigan, ekologik, ilmiy,
madaniy va estetik jihatdan qimmatli tabiiy obyektlari bor muhofaza
etiladigan tabiiy hududlar davlat tabiat yodgorliklari hisoblanadi.
Davlat tabiat yodgorliklari quyidagi turlarga bo‘linadi:
– tabiiy suv obyektlarini saqlab qolish uchun mo‘ljallangan gidrologik
(botqoq, ko‘l, daryo va boshqa) yodgorliklar;
– ayrim o‘simliklarni saqlab qolish uchun mo‘ljallangan botanik
yodgorliklar;
– tabiat yaratgan relyef shakllarini saqlab qolish uchun mo‘ljallangan
geomorfologik yodgorliklar;
– qazilma obyektlarni saqlab qolish uchun mo‘ljallangan paleontologik
yodgorliklar;
– geologik va mineralogik hosilalarni saqlab kolish uchun
mo‘ljallangan geologik va mineralogik yodgorliklar.
Tabiiyki, respublikamiz hududidagi tabiiy, tarixiy va arxeologik
yodgorliklar hozirgi paytda aynan muhofazaga, tiklanish (restavratsiya)ga
juda muhtoj.
Ekologik, ilmiy, estetik, madaniy jihatdan noyob, o‘rnini to‘ldirib
bo‘lmas, qimmatli, kelib chiqishi tabiiy bo‘lgan obyektlar davlat tabiat
yodgorliklari deb e’lon qilinadi.
195
Shuningdek, mazkur qonunda, ayrim tabiiy obektlar va majmualarni
saqlab qolish takror ko‘paytirish va tiklash uchun mo‘ljallangan hududlar
(29-34-m.), muhofaza etiladigan lanshadlar (35-41-m.), ayrim tabiiy
resurslarni boshqarish uchun mo‘ljallangan hududlar (42-43-m.) va boshqa
muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning huquqiy holati o‘z ifodasini
topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |