2-§. Hayvonot dunyosidan foydalanish, muhofaza qilish, muhofaza
etiladigan tabiiy hududlarning davlat tomonidan boshqarilishi va
nazorat etish tartibi hamda yuridik javobgarlik masalalari
Albatta, hayvonot dunyosini ekologik muhofaza qilish va undan
foydalanish to‘g‘risidagi qonunlarni buzganlik uchun intizomiy,
ma’muriy, fuqarolik va jinoiy javobgarliklar mavjud. Shuningdek,
hayvonot dunyosini muhofaza qilishning huquqiy chora-tadbirlari 1997-
yil 26-dekabrda qabul qilingan «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va
undan foydalanish to‘g‘risida»gi qonunning 39-moddasida ham bayon
etilgan.
183
Intizomiy-huquqiy javobgarlik – bu hayvonot dunyosining ekologik
ahamiyatini hisobga olib, undan turli maqsadlarda foydalanish yoki
muhofaza qilish qoidalari buzilgan hollarda qo‘llaniladigan jazo. Huquqiy-
intizomiy javobgarlik aynan hayvonot dunyosi muhofaza qilinayotgan,
qo‘riqlanayotgan, ko‘paytirilayotgan, saqlanayotgan qo‘riqxona xodimla-
riga nisbatan qo‘llaniladi.
Intizomiy-huquqiy javobgarlik bevosita mehnat intizomi buzilishi
oqibatida vujudga kelib, aynan shu xodim ishlayotgan korxona,
muassasa, tashkilot rahbari tomonidan qo‘llaniladi.
Intizomiy
javobgarlik
O‘zbekiston
Respublikasi
«Mehnat
Kodeksi»ning 181-moddasi talabi asosida sodir etilgan huquqbuzarlik
uchun qo‘llanilishi lozim.
Fuqarolik-huquqiy javobgarlik – hayvonot dunyosini huquqiy-
ekologik muhofaza qilishda katta ahamiyatga ega. U yetkazilgan zararni
qoplash yoki to‘lash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Shuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasining «Hayvonot dun-
yosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi qonunining
40-moddasida shunday deyiladi: Qonunga xilof ravishda tutilgan hayvo-
not dunyosi obyektlari, ulardan olingan mahsulot, qonunga xilof ravishda
tutish quroli va vositalari, shu jumladan transport vositalari qonun hujjat-
larida belgilangan tartibda olib qo‘yilishi yoki musodara qilinishi lozim.
Qonunga xilof ravishda tutilgan hayvonlarni va ulardan olingan
mahsulotni aybdor shaxslardan olib qo‘yish imkoni bo‘lmagan taqdirda,
ularning qiymati qonun hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorlar va tartib-
da undiriladi.
Hayvonot dunyosidan foydalanish va uni muhofaza qilishning huqu-
qiy chora-tadbiri sifatida ma’muriy-huquqiy javobgarlik ham belgilanadi.
Mazkur javobgarlik turi ma’muriy-ekologik huquqbuzarlikni sodir
etgan subyektlarga nisbatan qo‘llaniladi.
Ushbu javobgarlik turi O‘zbekiston Respublikasining «Ma’muriy
javobgarlik to‘g‘risida»gi kodeksida aniq ko‘rsatilgan. Ushbu Kodeksi-
ning 90-moddasiga muvofiq, ov qilish, baliq tutish yoki baliq zaxiralarini
muhofaza etish qoidalarini, shuningdek hayvonot dunyosidan foyda-
lanishning boshqa turlarini amalga oshirish qoidalarini buzish, –
fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan ikki baravari-
gacha, mansabdor shaxslarga esa – ikki baravaridan uch baravarigacha
miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Tegishli ruxsati bo‘lmay turib yoki taqiqlangan joylarda yoxud
taqiqlangan muddatlarda, taqiqlangan qurollar yoki usullar bilan ov
184
qilish yoki baliq tutish, shuningdek ov qilish yoki baliq tutishning
boshqa qoidalarni muntazam ravishda buzish, –
shu huquqbuzarliklarni sodir etish quroli va ashyolarini musodara
qilib yoki musodara qilmay, fuqarolarga eng kam ish haqining ikki
baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – uch
baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoxud shu
huquqbuzarliklarni sodir etish quroli va ashyolarini musodara qilib yoki
musodara qilmay, uch yilgacha muddatga ov qilish huquqidan mahrum
etishga sabab bo‘ladi.
Mazkur Kodeksning 92-moddasida esa boshqacha sodir etilgan
ekologik huquqbuzarlik uchun javobgarlik holati bayon etilgan. Unga
ko‘ra, hayvonlar yashaydigan muhitni va ularning ko‘chish yo‘llarini
muhofaza qilish qoidalarini, zoologik va botanik kolleksiyalarni vujudga
keltirish, to‘ldirish, saqlash, ulardan foydalanish va ularni hisobga olish
qoidalarini, zoologik va botanik kolleksiyalar bilan savdo qilish
qoidalarini, shuningdek hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlarini,
zoologik va botanik kolleksiyalarni boshqa joyga jo‘natish va chet elga
olib ketish qoidalarini buzish, xuddi shuningdek hayvonlarni
o‘zboshimchalik bilan boshqa yerga ko‘chirish, iqlimlashtirish yoki
chatishtirish, –
fuqarolarga eng kam oylik ish haqining uchdan bir qismidan bir
baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – bir baravaridan uch
baravarigacha miqdorda jarima solinishiga sabab bo‘ladi.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida»gi kodeksning 93-moddasiga
muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi «Qizil kitobi»ga kiritilgan hayvonlar
va o‘simliklar turlarini saqlashga zarar keltiradi deb topilgan hayvonlar
yoki o‘simliklarni qonunga xilof ravishda O‘zbekiston Respublikasiga
olib kelish, – fuqarolarga eng kam oylik ish haqining ikki baravaridan
besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – uch baravaridan yetti
baravarigacha miqdorda jarima solinishiga sabab bo‘ladi.
E’tiborli tomoni shundaki, ushbu Kodeksda noyob yoki yo‘q bo‘lib
ketish xavfi ostida turgan hayvonlarni yo‘q qilib yuborish, o‘lja qilish
yoxud shunday hayvonlarning soni kamayib ketishiga yoki yashash
muhiti buzilishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan harakatlar uchun
javobgarlik va jazo choralari ham ko‘rsatilgan.
O‘zbekiston Respublikasi «Qizil kitobi»ga kiritilgan hayvon turlariga
mansub noyob yoki yo‘q bo‘lib ketish xavfida turgan hayvonlarni yo‘q
qilib yuborish, o‘lja qilish yoxud ularning tuxum, uvildiriq qo‘yadigan
inlarini, boshpanalarini yo‘q qilish, inlari, uyalari va boshqa yashirinish
185
joylarini buzish yoxud shunday hayvonlarning qirilib ketishiga, soni
kamayib ketishiga yoki yashash muhiti buzilishiga sabab bo‘ladigan
boshqa harakatlar sodir etish yoxud bunday hayvonlarni ovlash
ruxsatnomasida ko‘rsatilgan shartlarni buzgan holda o‘lja qilish, – shu
huquqbuzarliklarni sodir etish quroli bo‘lgan ashyolarni musodara qilib
yoki musodara qilmay, fuqarolarga eng kam oylik ish haqining ikkidan bir
qismidan ikki baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – ikki baravaridan
besh baravarigacha miqdorda jarima solinishiga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘l-
lanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, shu
huquqbuzarliklarni sodir etish quroli bo‘lgan ashyolarni musodara qilib,
fuqarolarga eng kam oylik ish haqining ikki baravaridan besh barava-
rigacha, mansabdor shaxslarga esa – uch baravaridan yetti baravarigacha
miqdorda jarima solinishiga sabab bo‘ladi.
Hayvonot dunyosini muhofaza qilishning huquqiy chora-tadbiri
sifatida sodir etilgan ekologik-huquqbuzarlik (jinoyat) uchun jinoiy-
huquqiy javobgarlik belgilanishidir.
Albatta, jinoiy-huquqiy javobgarlik boshqa huquqiy javobgarlik tur-
lariga nisbatan ancha og‘ir shaklda, ya’ni hayvonot dunyosining o‘lishiga,
qirilib ketishiga, kamayib qolishi yoki boshqa holatlarda sodir etilgan eko-
logik huquqbuzarlik uchun qo‘llaniladi. Sodir etilgan bunday huquq-
buzarlik uchun O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul
qilgan Jinoyat kodeksining 202-moddasida aniq javobgarlik va jazo chorasi
belgilangan. Unga ko‘ra, ovchilik, baliqchilik yoki hayvonot dunyosining
boshqa turlarini ushlash qoidalarini buzish, noyob hayvonlarni tutishning
belgilangan tartibi yoki shartlarini yoxud o‘simliklarning dori-darmon,
oziq-ovqat va manzarali (dekorativ) turlarini yig‘ish yoki tayyorlash, shu-
ningdek, maxsus qo‘riqlanadigan tabiiy hududlardagi hayvonot va o‘simlik
olamidan foydalanish tartibini buzish ko‘p miqdorda zarar yetkazilishiga
sabab bo‘lsa, eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha bo‘lgan
miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti
oygacha qamoq bilan jazolanadi.
O‘sha qilmishlar:
a) hayvonlar, parrandalar, baliq, hayvonot va o‘simlik dunyosining
«Qizil kitob»ga kiritilgan boshqa turlarini nobud qilish bilan;
b) ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda;
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan
bo‘lsa, –
186
eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yetmish besh
baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish
ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha qilmishlar:
a) xavfli retsidivist tomonidan;
b) shaxsning o‘z xizmat mavqeidan foydalanib;
v) yer, suv yoki havoda ishlatiladigan mexanizatsiyalashtirilgan
vositalardan foydalanib;
g) portlash qurilmalari, zaharli kimyoviy moddalar yoki boshqa
yalpi qirib yuboradigan yoki nobud qiladigan usullarni qo‘llagan holda;
d) uyushgan guruh tomonidan;
ye) juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan bo‘lsa, –
eng kam oylik ish haqining yetmish besh baravaridan yuz
baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan
mahrum qilish bilan jazolanadi.
«Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish
to‘g‘risida»gi qonun talablarini buzganlik uchun javobgarlik ushbu
qonunning 39-moddasiga ko‘ra amalga oshiriladi.
Shuningdek, «Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida»gi va
«Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish
to‘g‘risida»gi qonunlarida ko‘rsatilgan.
Ushbu qonunning 49-moddasiga asosan, muhofaza etiladigan tabiiy
hududlar to‘g‘risidagi qonun xujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar
belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
– tabiat-qo‘riqxona fondi hududlari va obyektlaridan o‘z o‘rnida
foydalanmaslikda, alohida muhofaza etiladigan hududlarni barpo etish va
ular ishini yo‘lga qo‘yish loyihalarining talablarini buzganlikda;
– muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, ularning muhofaza etiladigan
tegralari
doirasida
man
etilgan
xo‘jalik
faoliyati
bilan
shug‘ullanganlikda;
– muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning obyektlari va muhofaza
etiladigan tegralarida oldindan ekologik ekspertiza o‘tkazmay turib yoki
bunday ekspertiza xulosalarini buzgan holda xo‘jalik faoliyatini yo‘lga
qo‘yganliqda;
– muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda falokatlarning ekologik
oqibatlari va boshqa zararli ta’sirlarning oldini olish va ularni bartaraf
etish choralarini ko‘rmaganlikda;
– muhofaza etiladigan tabiiy hududlar barpo etish to‘g‘risidagi
iltimosnomalarni qarab chiqish muddatlari va tartibini buzganlikda;
187
– muhofaza etiladigan hududlardan foydalanish talablarini
buzganlikda;
– muhofaza etiladigan tabiiy hududlardan foydalanishda kimyoviy,
fizik, biologik va o‘zga xil ta’sirlar yo‘l qo‘yiladigan me’yordan oshib
ketganlikda, bunday hududlarini istifoda etish uchun berilgan
ruxsatnomalarning talablarini buzgalikda;
– muhofaza etiladigan tabiiy obyektlarning tabiiy majmuilari hamda
ularning tarkibiga kiritishni mo‘ljallab asrab qo‘yilgan joylarni
buzganlikda, ularga shikast yetkazganlikda yoki ularni yo‘q qilganlikda;
– muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning chegarasini o‘zboshim-
chalik bilan o‘zgartirganlikda, bunday hududlarni o‘zboshimlik orqali
boshqa ehtiyojlar uchun ajratib berganlikda aybdor bo‘lgan shaxslar
intizomiy, fuqarolik, ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortiladilar.
O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida muhofaza etiladigan tabiiy
hududlar to‘g‘risidagi qonunlarni o‘zgacha tarzda buzganlik uchun ham
javobgarlik belgilanishi mumkin.
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, o‘zga yuridik va jismoniy
shaxslar muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning ish tartibini buzish
orqali yetkazgan zararlarining o‘rnini qonunlarda belgilangan hajmda va
tartibda qoplashga majburdilar.
Umuman olganda, «Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘-
risida»gi qonun va talablarni buzganlik uchun intizomiy, mulkiy
(fuqarolik) ma’muriy va jinoiy javobgarliklar qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |