Intizomiy-huquqiy javobgarlik – ko‘proq holatda mehnat intizomini
buzish oqibatida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan jazo turi.
Shuning uchun ham u, asosan, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat
Kodeksining
1
181-moddasiga binoan:
1) xayfsan;
2) o‘rtacha oylik ish haqining o‘ttiz foizidan ortiq bo‘lmagan
miqdorda jarima.
Ichki mehnat tartibi qoidalarida xodimga o‘rtacha oylik ish haqining
ellik foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda jarima solish hollari ham
nazarda tutilishi mumkin. Xodimning ish haqidan jarima ushlab qolish
Mehnat kodeksining 164-moddasi talablariga rioya qilingan holda ish
beruvchi tomonidan amalga oshiriladi;
3)
mehnat shartnomasini bekor qilish (100-modda ikkinchi
qismining 3 va 4-bandlari).
1
Ўзбекистон Республикасининг Меҳнат кодекси. – Т., 2010.
188
Ushbu moddada nazarda tutilmagan intizomiy jazo choralarini
qo‘llash taqiqlanadi.
Fuqarolik-huquqiy javobgarlik – muhofaza etiladigan tabiiy
hududlar
to‘g‘risidagi
qonun
va
talablarni
buzganlik
uchun
qo‘llaniladigan jazolardan biri.
Bu, asosan, yetkazilgan zararni qoplash, tiklash va qaytarish bilan
ko‘proq bog‘liq va Fuqarolik kodeksi
1
bilan tartibga solinadi.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning holatiga zararli ta’sir
o‘tkazayotgan korxonalar, tashkilotlar, sexlar, qurilmalarning faoliyati
zararli ta’sir ko‘rsatayotgan manbalar, shu jumladan muhofaza etiladigan
tabiiy hududlar hamda ularning muhofaza qo‘riqlanma tegralari
tashqarisidagi manbalar bartaraf etilgunga qadar to‘xtatib turiladi yoki
cheklab qo‘yiladi.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga yetkazilayotgan zararni
bartaraf etishning imkoni bo‘lmasa, korxona, tashkilot, sex va quril-
malarning faoliyati to‘xtatiladi hamda ularning faoliyat yo‘nalishi
o‘zgartirilganidan va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga zararli ta’siri
to‘la bartaraf qilinganidan keyingina faoliyatlari amaldagi qonunlarga
muvofiq qayta tiklanishi mumkin.
Ma’muriy-huquqiy javobgarlik – O‘zbekiston Respublikasining
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining
2
82-moddasiga ko‘ra
«Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar» tartibini buzganlik uchun
qo‘llaniladi. Unga asosan, davlat qo‘riqxonasi tartibini buzish, –
fuqarolarga eng kam oylik ish haqining bir baravaridan uch
baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – uch baravaridan besh
baravarigacha bo‘lgan miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Davlat milliy tabiat bog‘lari, buyurtma qo‘riqxonalari, tabiat
yodgorliklari, suvni muhofaza qilish tegralari, kurort tabiiy hududlari,
botanika bog‘lari, dendrologiya va hayvonot bog‘lari, qo‘riqlanma
(oraliq) tegralar, o‘rmonlarning taqiqlangan mintaqalari, baliq xo‘jaligi
tegralari va muhofaza etiladigan o‘zga hududlar tartibini buzish –
fuqarolarga eng kam oylik ish haqining uchdan bir qismidan bir
baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – bir baravaridan uch
baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
1
Ўзбекистон Республикасининг Фуқаролик кодекси. – Т., 2011.
2
Ўзбекистон Республикасининг Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги
кодекси. – Т., 2010.
189
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan
huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil
davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, –
fuqarolarga eng kam oylik ish haqining uch baravaridan besh
baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – besh baravaridan yetti
baravarigacha bo‘lgan miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Jinoiy-huquqiy javobgarlik – O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat
Kodeksida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning tartibini (rejimini)
buzganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksi
1
204-moddasiga
asosan:
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning rejimini buzish ko‘p
miqdorda zarar yetkazilishi yoki boshqacha og‘ir oqibatlarga sabab
bo‘lsa, –
eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima
yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud ikki
yilgacha axloq ishlari bilan jazolanadi.
Muhofaza etiladigan tabiiy hudud yoki obyektlarni qasddan nobud
qilish yoki ularga shikast yetkazish ko‘p miqdorda zarar yetkazilishi
yoxud boshqacha og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, –
eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha
miqdorda jarima yoki olti oygacha qamoq yoxud besh yilgacha
ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Shuni alohida ta’kidlash o‘rinliki, muhofaza etiladigan tabiiy
hududlarning ish tartibini ta’min etish masalalariga doir korxonalar,
muassasalar, tashkilotlar, fuqarolar, davlat idoralari o‘rtasidagi nizolar
sud yoki xo‘jalik sudi tomonidan qarab chiqiladi.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlardagi tabiiy zaxiralardan
foydalanish va ularni muhofaza qilish masalalariga doir nizolar yer, suv,
o‘rmon, yer osti boyliklari, atmosfera havosini muhofaza qilish,
hayvonot va o‘simlik dunyosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunlarda
belgilangan tartibda hal etiladi.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga doir munosabatlar bilan
bog‘liq mulkiy nizolar qonunlarda belgilangan tartibda sud yoki xo‘jalik
sudi tomonidan hal etiladi.
1
Ўзбекистон Республикасининг Жиноят кодекси. – Т., 2013.
190
Do'stlaringiz bilan baham: |