Microsoft Word Economic theory lecture 4



Download 160,02 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana03.04.2023
Hajmi160,02 Kb.
#924550
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Economic theory - lecture 4



4-mavzu. TOVAR-PUL MUNOSABATLARI RIVOJLANISHI BOZOR 
IQTISODIYOTI SHAKLLANISHI VA AMAL QILISHINING ASOSIDIR 
 
Ijtimoiy-iqtisodiy shakllarning turli tarixiy davr sharoitidagi mazmuni, o‘rni, ro‘li 
va ijtimoiy oqibatlari ko‘p jihatdan turlicha bo‘ladi, lekin ularning umumiy belgilari 
saqlanib qoladi. Shu sababli mavzuni ijtimoiy xo‘jalik, ya’ni ijtimoiy ishlab chiqarish 
shakllarini ko‘rib chiqichdan boshlab, tovar va uning xususiyatlari, tovar qiymatining 
miqdori, uni aniqlashga bo‘lgan yondashuvlar, pulning vujudga kelishi, mohiyati va 
vazifalarini yoritishga harakat qilamiz. 
4.1. Natural va tovar ishlab chiqarishning belgilari hamda farqlari 
Kishilik jamiyatining rivojlanishida ijtimoiy xo‘jalikni tashkil etishning ikkita 
umumiy iqtisodiy shakli ajralib turadi. Umumiy iqtisodiy shakllarning tarixan 
birinchisi natural ishlab chiqarish hisoblanadi. Ijtimoiy xo‘jalikning bu shaklida 
yaratilgan mahsulotlar ishlab chiqaruvchining o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun, 
xo‘jalik ichki ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan. Iste’mol hajmi va tarkibi ko‘pincha 
ishlab chiqarish hajmi va tarkibiga mos kelgan, ularning bir-biri bilan bog‘lanishi bir 
xo‘jalik doirasida amalga oshganligi sababli juda oson kechgan. Bunday munosabatlar 
eng avvalo ibtidoiy jamoada, keyinchalik dehqon xo‘jaligida hukm surgan. Natural 
ishlab chiqarish shakli barcha iqtisodiy jarayonlarni bir xo‘jalik doirasida qat’iy 
cheklab qo‘yadi, tashqi aloqalar uchun yo‘l ochilmaydi. Ishchi kuchi muayyan 
xo‘jalikka juda qattiq biriktirib qo‘yiladi va ko‘chib yurish imkonidan mahrum bo‘ladi. 
Natural xo‘jalik ishlab chiqarish maqsadlarini nihoyatda cheklab, ishlab chiqarish hajm 
jihatidan juda oz va turi jihatidan kam bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishga bo‘ysungan. 
Shuning uchun ham jamiyat asta-sekinlik bilan tovar ishlab chiqarishga o‘tadi.
Tovar ishlab chiqarish natural xo‘jalikning rivojlanishi, mahsulotlar turi va 
miqdorining o‘sishi natijasida vujudga keldi.
Tovar ishlab chiqarish, ya’ni tovar xo‘jaligida kishilar o‘rtasidagi iqtisodiy 
munosabatlar buyum orqali, ular mehnati mahsulini oldi-sotdi qilish orqali namoyon 
bo‘ladi. Tovar ishlab chiqarishning natural ishlab chiqarishdan farqi shundaki, bunda 
tovar yoki xizmat o‘zining iste’moli uchun emas, balki bozorga sotish uchun yaratiladi. 
Natural va tovar xo‘jaliklarining bir-biridan farqini 4.1-jadval orqali ko‘rish mumkin. 

Download 160,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish